Manba: 8-sinf. “Jahon tarixi”. 105-bet. (R.Farmonov, U.Jo‘rayev, Sh.Ergashev. Toshkent-2019)
XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi?
Efiopiya B) Somali C) Liviya
D) Eritreya Test topshirig‘i jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Birinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Italiya Efiopiyani o‘z mustamlakasiga aylantirish maqsadida 1896-yilda bu davlatga hujum qildi. Adua yonida Italiya qo‘shinlari
tor-mor etildi va Efiopiya o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Somali, Liviya, Eritreya esa Italiya mustamlakasiga aylangan.
To‘g‘ri javob: A.
Manba: 9-sinf. “Jahon tarixi” 85-, 123-betlar. (M.Lafasov, U.Jo‘rayev,
E.Xoliqov, D.Qodirova. Toshkent-2019)
Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?
1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi;
taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi;
viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi
A) 2,4 B) 1,4 C) 2,3 D) 1,3 Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining XVI-XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr
tarixiga oid. Uchinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘ladi. Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qoladi. Natijada, devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Bu esa, o‘z navbatida, viloyatlar butun hokimiyat hokimlari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planib qolishiga olib keldi. Bu omillar natijasida ashtarxoniylar hukmronligi davrida markaziy hokimiyat zaiflashgan.