Topshiriqlari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/13
tarix29.03.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#91223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tarix uz - 2021 Oliygoh.uz



Tarix fanidan namunaviy test topshiriqlari


TARIX





  1. Quyida berilgan hukmdorlardan qaysi biri “to‘rt iqlim mamlakatlari podshosi” unvonini olgan?

    1. Sargon I B) Tutmos II

C) Navuxodonosor II D) Menes
Test topshig‘i jahon tarixining qadimgi davriga oid. Birinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Sargon I mil.avv. 3-ming yillikning ikkinchi yarmida o‘z hukmronligi ostida Akkad va Shumer shaharlarini birlashtirdi. Qo‘shni mamlakatlarni zabt etib, “to‘rt iqlim mamlakatlari podshosi” unvonini olgan.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: 6-sinf. “Qadimgi dunyo tarixi”. 48-bet. (A.S.Sagdullayev, V.A.Kostetskiy. Toshkent-2017)

  1. Milodiy IV asrda Rim imperiyasini boshqargan imperatorlarni toping.

1) Trayan; 2) Feodosiy; 3) Romul Avgustul;
4) Konstantin
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3
Test topshig‘i jahon tarixining qadimgi davriga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi.
1) Trayan − I-II asrlarda; 2) Feodosiy −
IV asrda; 3) Romul Avgustul − V asrda
4) Konstantin − IV asrda Rim imperiyasini boshqargan.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: 6-sinf. “Qadimgi dunyo tarixi”. 168-169-betlar. (A.S.Sagdullayev, V.A.Kostetskiy, Toshkent-2017)

  1. Qaysi voqeadan so‘ng Veymar Respublikasi o‘z faoliyatini yakunlagan?
    1. prezident Paul fon Gindenburg vafot etgach


    2. Ikkinchi jahon urushi boshlangach

    3. Adolf Gitler hokimiyatdan ketgach

    4. Myunxen shartnomasi imzolangach

Test topshirig‘i jahon tarixining eng yangi tarix davriga oid.Birinchi qiyinlik
darajasidagi test topshirig‘i hisonblanadi. Germaniya prezidenti Paul fon Gindenburg 1934-yil vafot etgandan so‘ng Gitler Germaniyaning fyureri bo‘lib oladi.
Prezident lavozimi bekor qilindi,shu vaqtdan boshlab Veymar Respublikasi amalda o‘z faoliyatini yakunlagan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin