To‘g‘ri javob: A.
(Manba: 8 sinf. "O‘zbekiston tarixi" 30-bet (U.Jo‘rayev, Q.Usmonov,
G.Jo‘rayeva, N.Norqulov. Toshkent-2019)
Ikkinchi jahon urushi yillarida gitlerchilarga qarshi koalitsiya davlatlarining o‘zaro munosabatlariga oid asosiy masalalar SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya liderlarining qaysi shaharlarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida hal qilingan?
1) Yalta; 2) Minsk; 3) Potsdam; 4) Gdansk;
5) Bag‘dod; 6) Tehron
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 5
D) 2, 4, 6
Test topshirig‘i jahon tarixining eng yangi tarix davriga oid. Ikkinchi qiyinlik
darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Urush yillari gitlerchilarga qarshi koalitsiya davlatlarining o‘zaro munosabatlariga oid asosiy masalalar SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya liderlarining uchrashuvlarida hal qilingan. Urush davomida shunday uchrashuvlar uchta - Tehronda (1943-yil), Qrim (Yalta)da (1945-yil), Potsdamda (1945-yil) bo‘lib o‘tgan.
To‘g‘ri javob: A.
Manba: 10-sinf. “Jahon tarixi”. 72-bet. (Sh.Ergashev, B.Xodjayev, J.Abdullayev, Toshkent-2017)
1990-yil sentabr oyida ikki nemis davlatini bitta − Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma qaysi shaharda imzolangan?
Moskvada B) Berlinda
C) Londonda D) Bonnda
Test topshirig‘i jahon tarixining eng yangi tarix davriga oid. Birinchi qiyinlik
darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. 1990-yil sentabr oyida Moskvada ikki nemis davlatini bitta − Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolangan.
To‘g‘ri javob: A.
Manba: 11-sinf. Jahon tarixi 10-bet. (Sh.Ergashev, B.Xodjayev, J.Abdullayev. Toshkent-2018)
Quyidagilardan 1938-yilda Myunxen kelishuvini imzolagan shaxslarni toping.
1) Nevill Chemberlen; 2) Uinston Cherchill;
3) Vudro Vilson; 4) Benito Mussolini;
5) Paul Gindenburg; 6) Adolf Gitler;
7) Eduard Dalade; 8) Jorj Klemanso
A) 1, 4, 6, 7 B) 1, 4, 5, 8 C) 2, 3, 6, 7
D) 2, 3, 5, 8
Test topshirig‘i jahon tarixining eng yangi tarix davriga oid. Uchinchi qiyinlik
darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Boshlanishi muqarrar bo‘lib qolgan urushni sharqqa qarab yo‘naltirish maqsadida Nevill Chemberlen Adolf Gitler, Benito Mussolini va Eduard Dalade bilan birgalikda 1938-yili Myunxen kelishuvini imzoladi.
Dostları ilə paylaş: |