Topshiriqlari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə9/13
tarix29.03.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#91223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tarix uz - 2021 Oliygoh.uz

To‘g‘ri javob: A.


Manba: 9-sinf. Jahon tarixi 144-bet (M.Lafasov, U. Jo‘rayev, E. Xoliqov, D. Qodirova. Toshkent-2019)

  1. XIX asr boshlarida Xiva xonligiga kelgan qaysi rus elchisi o‘zining “Esdaliklar” kitobida o‘zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to‘xtalib, o‘zbeklarni “aql-idrokli, suhbati yoqimli va o‘tkir, qat’iyatli, matonatli, urf-odati oddiy, yolg‘on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar” deb ta’riflagan?

    1. N.I.Muravyov B) N.Ignatyev

C) I.D.Xoxlov D) R.Baziner
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining
XVI-XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davriga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Test topshirig‘i matnida berilgan o‘zbek xalqiga xos xususiyatlar haqidagi ta’rif keltirilgan “Esdaliklar” asari Rossiya elchisi N.I.Muravyov qalamiga mansub.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: 8-sinf. “O‘zbekiston tarixi” 108-bet. (U.Jo‘rayev, Q.Usmonov,
G.Jo‘rayeva, N.Norqulov. Toshkent-2019)

  1. Quyida keltirilgan ma’lumotlar qaysi hukmdor haqida?

"U hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni bekor qildi. Davlat idoralaridagi lavozimlarga dini va mazhabidan qat’i nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlanadigan bo‘ldi."

    1. Akbarshoh B) Shoh Jahon

C) Avrangzeb Olamgir D) Humoyun
Test topshirig‘i Jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Birinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ushbu test topshirig‘i abituriyentdan yuqorida keltirilgan ma’lumot qaysi hukmdorga tegishli ekanligini topish so‘ralglan.Ushbu keltirilgan ma’lumot Boburiy hukmdor Akbarshoh haqida.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: 8-sinf. Jahon tarixi 74-betlar (R.Farmonov, U. Jo‘rayev, Sh.Ergashev. Toshkent -2019).

  1. Quyidagi fikrlar kimga tegishli ekanligini toping. “Hech narsani bilmasligimni bilganim uchun ham meni donishmand deb hisoblashsa kerak”.

    1. Sokrat B) Demokrit C) Geraklit

D) Aristotel
Test topshirig‘i jahon tarixining qadimgi davriga oid. Birinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Afinalik mashhur faylasuf Sokrat o‘zining dono hikmatlari tufayli shaharning eng aqlli kishisi deb e’lon qilingan edi. Bunga javoban Sokrat shunday degan: “Hech narsani bilmasligimni bilganim uchun ham meni donishmand deb hisoblashsa kerak”. To‘g‘ri javob: A.
Manba: 6-sinf. “Qadimgi dunyo tarixi” 113-bet. (A.S.Sagdullayev, V.A.Kostetskiy. Toshkent-2017)

  1. XII-XIII asrlarda Fransiyada tashkil etilgan universitetni belgilang.

    1. Yüklə 0,6 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin