Topshiriqlari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə12/13
tarix29.03.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#91223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tarix uz - 2021 Oliygoh.uz

To‘g‘ri javob: A.


Manba: 7-sinf. Jahon tarixi 34-bet. (T.O‘.Salimov, F.E.Sultonov.
Toshkent-2017)


  1. Atlantika okeani
    Xaritada yulduzcha bilan belgilangan qadimgi davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping.



    1. Ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan


    2. Panteon ibodatxonasi barpo etilgan

    3. 40 metrli Trayan ustuni qurilgan

    4. Ajanta ibodatxonalari bunyod etilgan

Ushbu test topshirig‘i abituriyentning xaritadan foydalanib o‘zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishini tekshiradi. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Dastlab xaritada yulduzcha ostida berilgan davlatni aniqlaymiz. Bu Qadimgi Yunoniston davlati. Keyin shu davlat tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan voqeani topamiz.


A) Ilk olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan − mil.avv. 776-yilda Yunonistonda. B) Panteon ibodatxonasi barpo etilgan − Rimda. C) 40 metrli Trayan ustuni qurilgan − Rimda. D) Ajanta ibodatxonasi bunyod etilgan − Hindistonda.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: 6-sinf. “Qadimgi dunyo tarixi”. 105-bet. (A.S.Sagdullayev, V.A.Kostetskiy. Toshkent-2017)

  1. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda to‘g‘ri berilgan?





Davlat

Voqea

1.

Usmonli davlati

1914-yilda Bosh qo‘mondon mamlakat flotiga nemis admirali
Sushan boshchiligida Rossiya hududlarini o‘qqa tutishga buyruq berdi

2.

Braziliya

1880-yilda mamlakatda qulchilik bekor qilindi

3.

Avstriya-
Vengriya

1879-yilda Germaniya bilan ittifoq shartnomasi tuzildi

4.

Rossiya

1916-yilda Birinchi jahon urushidan chiqdi

5.

Italiya

1915-yilda Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi

6.

Buyuk Britaniya

1916-yilda Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6


Test topshirig‘i jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Uchinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ushbu test topshirig‘i abituriyentdan turli tarixiy davrlarda va davlatlarda bo‘lib o‘tgan voqealarni tahlil qilish, ularni qiyoslashni talab etadi hamda tahlil asosida jadval qatorlaridagi mos to‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanadi.
1) Usmonli davlati-1914-yilda Bosh qo‘mondan mamlakat flotiga nemis admirali Sushan boshchiligida Rossiya hududlarini o‘qqa tutishga buyruq berdi;
3) Avstriya-Vengriya-1879-yilda Germaniya bilan ittifoq shartnomasi tuzildi.
5) Italiya − 1915-yilda Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin