Tormoz boshqarmasining ish jarayoni reja


-rasm. Chervyakli rul boshqarmasini sxemasi



Yüklə 49,69 Kb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü49,69 Kb.
#186208
1   2   3   4   5   6   7
Tormoz boshqarmasining ish jarayoni

1-rasm. Chervyakli rul boshqarmasini sxemasi.


1-rul chambaragi; 2-rul vali va «chervyak»; 3-«rolik» va soshka vali; 4-rul soshkasi; 5-o‘rtadagi tortqi; 6-yon sharner; 7-burilish rechagi; 8-avtomobilning old g‘ildiragi; 9-mayatnik richagi; 10-rul tortqisi sharneri.


Reyka-shesternyali rul mexanizmi. Rul valiga mahkamlangan shesternya aylanganda reykani siljishiga sabab bo‘ladi va reyka ko‘ndalang tortqi vazifasini bajaradi.
Rul mexanizmi, valdagi shesternyaning aylanma harakatini, reykaning ilgarilama qaytma harakatiga aylantiradi (2, 3-rasmlar).

2-rasm. Reyka-shesternyali rul boshqarmasini sxemasi.


1-rul chambaragi; 2-val va aylantiruvchi g‘ildirak; 3-rul mexanizmi reykasi; 4-o‘ng va chap rul tortqisi; 5-burilish richagi; 6-buriluvchi g‘ildirak.

Reyka shesternyali rul mexanizmining tuzilishi keltirilgan. Rul chambaragini aylantirilganda shesternya, reykani harakatga keltiradi, undan kuch rul tortqilariga uzatiladi. Rul tortqilari, burilish richaglari orqali boshqariluvchi g‘ildiraklarni buradi.


Reyka-shesternyali rul mexanizmi rul vali bilan tayyorlangan qattiq tishli shesternya va qattiq tishli reykadan tashkil topgan. Val karter ichida joylashgan sharikli podshipniklar aylanadi. Ular halqa va yuqori qopqoq yordamida tortiladi
Tayanch, prujina orqali reykaga siqib qo‘yilgan bo‘lib, unga ta’sir qilayotgan radial kuchni qabul qiladi va yon tomondagi qopqoqga uzatadi, shuning hisobiga juft ilashuvining aniqligi amalga oshiriladi.



3-rasm. Reyka-shesternyali rul boshqarmasini qirqimi.




Vint reykali rul mexanizmi. Vint reykali rul mexanizmi boshqariluvchi o‘qga 25kN dan ortiq og‘irlik tushadigan avtomobillarda kuchaytirgichsiz va 40kN og‘irlik tushadigan avtomobillarda kuchaytirgich bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Bunday rul mexanizmlari, hozirgi zamonaviy dvigatel oldinda joylashgan, old o‘q yetaklovchi va boshqariluvchi bo‘lgan yengil avtomobillar Tiko, Matiz va Neksiyalarda qo‘llaniladi.
Vintli rul mexanizmida, vintning aylanma harakati, gaykani ilgarilama harakatiga aylantiradi, unda reyka qilingan bo‘lib, u sector bilan ilashib turadi. Sektor soshka bilan bitta umumiy valga mahkamlangan. Rul mexanizmida ishqalanishni kamaytirish va vint bilan gayka orasidagi birikmaning yedirilishiga chidamliligini oshirish uchun sharchalar orqali biriktiriladi.
Vint-gayka sektor tipidagi rul mexanizmida uzatishlar soni sector tishlari boshlang‘ich aylana radiusining vint qadamlari nisbatidan aniqlanadi. Shesternyali rul mexanizmlari qatoriga silindrik yoki konus shesternyali, shuningdek, reykali rul mexanizmlari kiradi. Reykali rul mexanizmida uzatma jufti shesternya va tishli reykadan tashkil topgan.
Bunday rul mexanizmi hozirgi zamon yengil avtomobillarida keng qo‘llanilmoqda.

Yüklə 49,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin