Tormoz sistemasidagi tormoz patruboklari g’idirak silindr va bosh silindr o’rtasida moy kiritilish yo’lagini ochadi. Umumiy holatda, korriziya (yoki zanglash) holatini oldini olish uchun po’latli truba va egiluvchan shlang qo’llaniladi. Shlangning ichki qismi 300kgf/cm2 bosimga chidamli bo’lish kerak va biroz kichik nosozlik paydo bo’lgan holatlarda uni darhol qayta almashtirish talab etiladi. Shlang quvurini (2.55-rasmda ko’rsatilgan) xavfsizlik tartibiga rioya qilgan holatda o’rnatish kerak.
Ishqalanuvchi tormoz mexanizmi
Ishqalanuvchi tormoz mexanizmi tormozlanish kuchini paydo qilish uchun bosh silindrdan keladigan moy rezervuaridagi bosimni qabul qiladi va strukturaviy jihatdan mexanizm ikkiga: barabanli tormoz va diskli tormizga bo’ladi.