Sensor 2. kanal turi (old g’ildirak, mustaqil nazorat, Orqa g’ildiraklar; nazoratini tanlang)
(Old g’ildiraklar: avtomatik boshqaruv; Orqa g’ildiraklar: uzatmali boshqaruv boshqaruv)
ABSning bunday turida tormoz magistral yo’lining H boshqaruviga ega, 2 ta kanal avtomobilning old g’ildiragida va yana bitta kanal esa orqa g’ildirakda joylashgan. Orqa g’ildiraklar uzatmali boshqaruv boshqaruvi asosida nazorat qilinadi.
Tormoz magistral yo’li X boshqaruvida, 2 ta kanallar avtomobilning orqa g’ildirakdagi bosimini nazorat qilish uchun kerak, chunki har bir orqa g’ildirak turli xil tormoz magistral yo’liga ega.
Ikki sensor ikki kanal turi (Orqa g’ildiraklar: past nazorat tanlang) (Old g’ildiraklar: avtomatik boshqaruv; Orqa g’ildiraklar: uzatmali boshqaruv boshqaruv)
Tormoz magistral yo’li H boshqaruvli avtomobil faqat orqa g’ildirak bosimi kuchini nazorat qilishga mo’ljallangan. G’ildirakni aylanish tezligini aniqlovchi datchik orqa g’ildirak tezligini aniqlash uchun o’rnatiladi. Kuchli tormoz berilganda, old g’ildiraklar qulflanib qolishi natijasida, avtomobilina boshqaruvchanlik xususiyatini yo’qotadi va to’xtash masofasi oshib boradi. Ushbu boshqaruv avtomobilinani ravon to’xtashiga yordam beradi.
2.86-rasm. G`ildiraklarni avtomatik tormozlash.
ABS g’ildirak aylanish tezligini aniqlovchi datchiklardan iborat. Uning vazifasi avtomobil g’ildiraklarining qulflanib qolish jarayonini ATTBM (Boshqaruv Moduli)ning nazorat signali bo’yicha aniqlaydi va GBT(Gidravlik Boshqaruv Boshqaruvi) tormoz bosimini ATTBMdan kelgan signal bo’yicha har bir avtomobilina g’ildiragiga uzatadi.