36-rasm. Gidravlik tormoz tizimining sxemasi. 1-oldg‘ildirak tormoz silindri; 2-old tormoz tizimining quvuri; 3-orqa tormoz tizimining quvuri; 4-orqa g‘ildirak tormoz silindri; 5-asosiy tormoz tizimi bachogi;6-asosiy tormoz silindri; 7-asosiy tormoz silindri porsheni; 8-shtok;9tormoz pedali. G’ildiraklardagi tormozlanishning baravar boshlanishi va tormoz pedalidagi kuch bilan tormoz mexanizmlarini ishga tushiruvchi kuchlarning o‘zaro mosliligini gidravlik yuritmaning ishlash prinsipi ta’minlab beradi.
37-rasm. Diskli tormoz tizimi. 1-korpus; 2-porshen; 3-birikturuvchi trubka;4-oldingi chap g‘ildirak tormoz diski; 5-friksion qoplamali tormozkalodkasi; 6-porshen; 7-oldingi chap g‘ildirak ichki ishchi silindri. Tormoz pedaliga ta’sir etayotgan kuch olinganda pedal prujina ta’sirida o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. Shuningdek, prujina ta’sirida asosiy tormoz silindrining porshenlari ham o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. Tormoz mexanizmidagi prujinalar xisobiga kolodkalar xam avvalgi holatiga qaytib, g‘ildirak silindrlarining porshenlari orqali suyuqlikni trubkalardan asosiy silindrga siqib chiqaradi.
Tormoz tizimi ishlashining ishonchliligini oshirish uchun gidravlik tormoz yuritmasi ikki konturli qilib tayyorlanadi. Masalan: Neksiya, VAZ avtomobillarining ishchi tormoz tizimi ikki konturli qilib ishlangan.
Gidravlik tormoz yuritmasining afzalliklari quyidagilardir: g‘ildi- rak silindrlari porshenlarining o‘lchamlarini o‘zgartirish hisobiga g‘ildi- raklar va ko‘priklarga taqsimlanayotgan tormoz kuchlarining kerakli qiymatini hosil qilish mumkin, tormoz mexanizmlarining ishga tushish vaqti juda kam, FIK yuqori, massa va o‘lchamlari kichkina, yuritmani avtomobilda kompanovka qilish
(joylashtirish) qulay.
Gidravlik tormoz yuritmasining kamchiliklari: uzoq vaqt tormozlanish mumkin emas, chunki suyuqlikning bosimi katta bo‘lgani uchun (10.. 12 MPa), uzoq vaqt tormozlanganda, zichlovchi rezina xalqalar bu bosimni ushlab tura olmaydi, maxalliy nosozlik bo‘lganda butun tormoz tizimi ishlamay olishi mumkin (masalan, trubkalardan bittasi yorilganda), past haroratda (-300S dan past) FIK ning sezilarli pasayadi.