MASHG’ULOT MAQSADI: Xotira OXK va DXK modulini vazifalarini hamda ishlash tamoyillarini o‘rganish.
NAMUNAVIY MASALALAR YECHIMI VA MUSTAQIL ISH UCHUN MASALALAR Konstruktiv jihatdan istalgan Operativ xotira qurilmasi (OXQ) ikki blokdan tashkil topadi — xotira elementlari va adres deshifratorlari matritsalari. Texnologik qarashlarga ko‘ra matritsa ko‘pincha ikki koordinatali adres deshifratsiya (kodlarni shifrsizlantirish (shifrlangan kodlarni ochish)) siga — satrlar va ustunlar bo’yicha deshifratsiyaga ega. 1-rasmda 8-bitli statik OXQ matritsasi ko‘rsatilgan. Matritsa 8 xotira yacheykasidan iborat bo‘lib, uning sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Xotiraning har bir yacheykasi kirishlar bo‘yicha deshifratorlar tomonidan A0,A1 satrlar va A2 ustunlar bo‘yicha adres liniyalarini tanlash (1-rasm) va tanlangan liniyalar bo‘yicha mantiqiy “1” signali uzatish orqali kirishlar bo‘yicha adreslanadi.
1-rasm. Xotira matritsasining tuzilmaviy sxemasi
Bunda tanlangan xotira yacheykasida ikki kirishli mantiqiy “VA” elementi ishga tushib, kirish D yoki chiqish Y razryad shinalarida axborotni o‘qish-yozib olish zanjirlarini tayyorlaydi.
Bu kabi mikrosxemalarda adresni uzatish uchun ruxsat beruvchi signal bo‘lib CS (chip select – kristallni tanlash) xizmat qilib, u adres hisoblagichi kirishga ruxsat berish (Addr_cnt) yoki ana shunday deshifratorlarning hisoblagich chiqishiga ulangan kirishiga uzatiladi.
Xotira yacheykasiga yozib olishda (2-rasmga qar.) tegishli razryadli shinada “1” yoki “0” o‘rnatilib, W/R kirishida “1” signali o‘rnatiladi va hisoblagich yoki adres deshifratorlari CS signali bilan stroblanganidan so‘ng “VA” elementlari (D1,D2) ishga tushadi. D2 elementidan signalning musbat o‘zgarishi D-triggerning D4 taktli kirishiga kelib tushib, buning natijasida uning D-kirishidagi signal darajasiga bog‘liq ravishda unda “1” yoki “0” yozib qolinadi.
Xotira yacheykasidan o‘qishda WR/RD' kirishida “0” o‘rnatiladi, bunda D1, D3, D5 elementlari ishlab va “CHIQISHGA RUXSAT” bufer elementining kirishi D6 ga ruxsat beruvchi signal kelib tushadi, buning natijasida signal D-triggerning Q-chiqishidan Y razryad shinasiga uzatiladi. Xotira yacheykasining ishlashini tekshirish uchun so‘zlar generatoridan foydalanish mumkin.