Sirimni ochib qilma deb sharmsor.
Qo‘lingga tushub fe’li shayton bilan,
Dedi: tovba qildim hazoron-hazor.
Pristupga ma’lum qilmoq uchun,
Olib kirdilar to‘g‘ri aylab qator.
Dedi: nega bosting birovning qizin,
Bobo hoji bo‘lsang, kupes — moldor.
— Urushib edi er-u xotin bular,
Yaroshturg‘ali qilgan erdim guzor.
0 ‘ris to‘ra oldida munkir kelib,
Dedi: tuhmat aylar olurg‘a niqor.
78
Shariatga aylab havola, dedi:
Bu da’voga teyishli qozig‘a bor.
Haqorat qilingan kishilar qolib,
Topib boy so‘zi bunda zo‘r e’tibor.
Qachon kambag‘allarning so‘zi o‘tar,
Agar bo‘lsa aqchang, so‘zing zulfiqor.
N
ihoni sochib siym-u zar suv kabi,
Bosildi mashaqqat bilan bu g‘ubor...
Xaloyiqg‘a qilmas edi ixtilot,
Agar tab’ida bo‘lsa nomus-u or.
Muqimiy, senga ushbu so‘z ne kerak,
Bo‘lak har kimi kor-u a’moli bor.
Va lekin eshitkonga tanbih bo‘lub,
Qolur safhai dahrda yodgor.
79
AVLIYO
Boshlarida shapka gohe, goh dastor avliyo,
Qo‘llarida subha-yu bo‘ynida zinnor avliyo.
«Tavba» deng oxir zamona chiqsa bu yanglig‘ chibok,
Har (xotinga) oshiq-u har (qizga) xushtor avliyo...
Shul erur kashf-u karomatiki bo‘ylab subh-u shom,
Chiqsa har yerdin bir is hozir xabardor avliyo.
Doimo beparda so‘z xalq ichra aytur beibo,
Bo‘lmagay deb qo‘rqaman nogoh sangsor avliyo.
Toza ilkini yuvib, yeydur halol anglab gumon,
Uchrasa har yerdakim makruh-u murdor avliyo.
Gar muqaUid bo‘lsa po‘stun birla toqat qilmasang,
Dostları ilə paylaş: |