Toshkent – 019 ritorika muallif


tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardan



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Ritorika

tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardan 
iborat. 
 
Tushunchada 
– predmetlarning umumiy va asosiy belgilari aks ettiriladi. 
Tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. So‘z tushunchaning tashqi formasidir.
Tushunchaning mazmuni - 
bu predmetdagi asosiy belgilarning umumlashmasi 
haqidagi bilimdir. Agar tushunchaning mazmuni voqelikni to‘g‘ri aks ettirsa
voqelikka muvofiq kelsa, bunday tushuncha to‘g‘ri tushuncha bo‘ladi. 
Tushunchaning 
hajmi - muhim 
belgilari tushunchada aks ettan predmetlar doirasi haqidagi bilimdir. 
Hajm jixatdan keng bo‘lgan tushuncha, mazmun jixatdan tor bo‘ladi. M: 
"Daraxt" 
tushunchasi xajm jixatdan 
"olma daraxti" 
tushunchasiga nisbatan keng bo‘lsa-da, 
mazmun jixatdan tor. Chunki 
"olma daraxti" 
tushunchasi mazmunida daraxt 
tushunchasining barcha belgilari bo‘lishi bilan birga, o‘ziga hos belgilari ham mavjud. 
Tushunchalar mazmuniga ko‘ra, 
konkret va abstrakt 
tushunchalarga bo‘linadi. 
Konkret: 
"Toshkent","non", "ob-xavo". 
Abstrakt: 
"Kattalik", "botirlik", "g‘amxo‘rlik" 
kabilardir. 
Ta’rif - 
ta’riflashning to‘rt qoidasi bor. 
1.
Ta’rif mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Ya’ni
 
aniqlanuvchi tushuncha bilan 
aniqlovchi tushuncha teng bo‘lmog‘i kerak. 
2.
 
Ta’rifda aylanma bo‘lmasligi kerak. M: 
"Kulgi qistaydigan narsa – kulgili 
narsadir". 
3.
Ta’rifda inkor bo‘lmasligi kerak. M: 
"yorug‘lik - qorong‘ilikning yo‘qligidir" 
kabi ta’rif yorug‘likning ta’rifini tushuntirib bera olmayli. 
4.
Ta’rif kisqa, ravshan va aniq bo‘lmog‘i lozim. 
Tushuncha ta’rifdan ko‘ra mazmundorroqdir. Ta’rif tushunchani toraytiradi. 


64 
Ta’rifning asosiy vazifasi tekshirish natijalarini yakunlash, olingan bilimlarning, 
nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning qisqa ifodasini berib, mustaxkamlashdir. 
Ta’rifda tushunchaning asosiy belgilari mustaxkamlanadi. Notiq so‘zlayotgan 
paytda quyidagilardan foydalanishi mumkin. 
1.
Ko‘rsatish 
- bevosita idrok qilinayotgan predmet bilan tanishuvning eng sodda 
usulidir. Ko‘rsatish predmetning xususiyatlarini tushunishda birinchi bosqichdir. 
2.
 
Tasvirlash - 
notiq xikoya qilayotgan u yoki bu predmetning belgilarini bir-bir 
sanab ko‘rsatishdan iborat.
 
3.
Tavsiflash - 
bunda notiq predmet yoki voqealarning ba’zi, alohida xarakterli 
belgilarini ko‘rsatadi. 
Buyumlarning va ularning belgilari haqida biror narsani tasdiqlab yoki inkor 
qilib aytilgan fikr 
muhokama 
deb ataladi. 
Aqliy xulosa. 
– Bu tafakkurning shunday formasidirki, uning yordamida u yoki 
bu hildagi muxokamalardan yangi muxokama chiqariladi. Aqliy xulosaning uch turi 
mavjud: 
deduktiv, induktiv va analogiya.
1.
 
Deduktiv aqliy xulosa 
– fikr umumiydan xususiyga qarab rivojlanadi. M: 
Hamma planetalar sharsimon. Er planeta. Demak er sharsimon. 
2.
 Induktiv aqliy xulosa - 
fikr xususiydan umumiylikka qarab boradi. M: 
O‘tgan 
kuni, kecha va bugun rosa yomg‘ir yog‘di. Shu xaftada yomgir ko‘p yog‘di. 
Notiq 
uchun sochilgan faktlarni hamrab olish va ixcham shaqlda ifodalash muhim rol 
o‘ynaydi.
3.
 O‘xshash aqliy xulosa yoki analogiya 
– fikr xususiydan xususiyga qarab 
boradi. Analogiya dalil emas, avtor undan o‘z fikrini tushuntirish uchun, 
shuningdek, extimol xulosalar chiqarish, u Yoki bu voqeani aniqroq xarakterlab 
berish uchun foydalaniladi. M: 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin