Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
Ritorika

Ijtimoiy - siyosiy nutq
Siyosiy, iqtisodiy mazmundagi ma’ruzalar, siyosiy 
nutq, Diplomatik nutq, xarbiy vatanparvarlik nutqi, siyosiy sharx, mitinglardagi 
nutqlar, agitator nutqi. 
2.
Akademik nutq
Ilmiy doklad, ilmiy ma’ruza, ilmiy ma’lumot, oliy ta’lim 
O‘qituvchilarining ma’ruzalari. 
3.
 
 Xuquq tartibot tashkilotlari dagi nutq
Prokuror yoki qoralovchi nutqi, 


57 
jamoatchi qoralovchi nutqi, himoya yoki oqlovchi nutqi, jamoatchi oqlovchi 
nutqi, o‘z - o‘zini himoya qilish nutqi.
 
4.
 
Ijtimoiy va urf - odatlarga asoslangan nutq
yubiley va
 
maqtov nutqi, 
dasturxon atrofidagi tilaqlar, ta’ziyadagi nutq.
 
5.
Diniy nutq- 
Amri mu’ruflar, naxiy munkar, machitlardagi ma’ruzalar. 
Ijtimoiy - siyosiy nutq - 
Siyosiy nutq, diplomatik nutq, xarbiy vatanlarvarlik nutqi, 
siyosiy sharx, mitinglardagi nutqlar, agitator nutqi, davlat arbobining, siyosiy 
arbobning, siyosiy sharxlovchining, siyosatchinnig nutqi bo‘lib, u o‘zida iqtisodiy, 
ijtimoiy- siyosiy, madaniy - ma’rifiy, axloqiy - ma’naviy, xayotiy mazmundagi, ilm 
va fandagi yutuqlar xususida bo‘lishi mumkin. Qaysi mazmundagi doklad, ma’ruza, 
sharx bo‘lishidan katiy nazar, unda asosiy maqsad, echimiki kutadigan masalalar 
ko‘tarilishi kerak. Aytilgan fikrlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, u boshqalar 
tomonidan o‘rganilishi, mushoxada qilinishi yoki tanqidga uchrashi mumkin. 
Akadsmik nutq - 
Ilmiy doklad, ilmiy ma’ruza, ilmiy ma’lumot, oliy ta’lim 
O‘qituvchilarining ma’ruzalari bo‘lib, unda u yoki bu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy 
ma’lumotlar aniq, ravshan beriladi. 
Xuquq tartibot tashkilotlaridagi nutq
- Prokuror yoki qoralovchi nutqi, 
jamoatchi qoralovchi nutqi, himoya yoki oqlovchi nutqi, jamoatchi oqlovchi nutqi, o‘z 
- o‘zini himoya qilish nutqi. Sud jarayoni o‘ziga hos bir munozara maydoni bo‘lib, 
unda umuminsoniy axloq mezonlariga mos keladigan, xalq va davlat, ayni paytda
ayblanuvchi va jabrlanuvchi manfaatini himoya qiladigan adolat xaqiqat 
tushunchalari xukumron bo‘ladi. Bu jarayondagi barcha vositalar, jumladan nutq 
ham ana shu adolat va xaqiqatning tantanasiga qaratilgan bo‘ladi. yuqorida keltirilgan 
huquq tartibot tashkilotlaridagi nutqlar tomonlar manfaatini himoya qilish mohiyatidan 
kelib chiqib, muayyan o‘ziga hoslikka ega. Bu o‘ziga hoslik nutqda til birliklarini 
tanlash, gap qurilishi, sudda hakamlik qilishga nisbatan murojaatning o‘ziga hos 
lingvistik usullardan foydalanishda ko‘rinadi. 
Ijtimoiy va urf - odatlarga asoslangan nutq 
- yubiley va maqtov nutqi, 
dasturxon atrofidagi tilaqlar, ta’ziyadagi nutq bo‘lib, urf - odatlarga asoslangan xolda 
fikr bildiriladi. Masalan tug‘ilgan kun munosabati bilan bo‘ladigan tantanalarda 


58 
notiq o‘z nutqida u insondagi fazilatlar, chiroyli va ibratli xatti- harakatlari, 
erishilgan yutuqlari haqida fikr bildiradi. Taziyada ham insonning qilgan yaxshi 
amallari haqida sanab o‘tiladi. Dasturxon atrofida bildiriladigan tilaqlarga she’rlar, 
rivoyatlardan, ibratli so‘zlardan foydalanish mumkin. Ijtimoiy va urf-odatlarga 
asoslangan nutq o‘zining tasirchanligi bilan boshqa nutqlardan tubdan farq qiladi. 
Diniy nutq - 
Amri mu’ruflar, Naxiy munkar, machitlardagi ma’ruzalar o‘z 
ichiga oladi. Bunday nutqlar diniy bilimga ega kishilar tomonidan obrazli qilib
mimikalardan foydalanilgan xolda fikr bildirilsa nutq yana ham ta’sirchan chiqadi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin