141
alohida urg‘u berib ta’riflaydi. Vafo va xayoni uyg‘unlikda ko‘rgan shoir «vafosizda
hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q» deb ta’kidlaydi.
MULOYIMLIK.
Muloyimlik
barcha mutafakkirlar nazarida kishining
maqbul
sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik
«xilmli», «yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Bu
tushuncha achchig‘lanmaydigan,
ehtiyotkor, so‘zini o‘ylab gapiradigan kishilarga
nisbatan ishlatiladi. Biroq, muloyimlikning kamchiligi shuki, bunday sifat sohiblari
aksar odamlarga yoqmaydi.
BEOZORLIK
. Insonlarning tabiatidagi husumat, adovat, g‘azab kabi illatlar
bu kabi odamlardan xoli. Ular barcha mas’uliyatni o‘z
zimmalariga olsalar-da
birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalarning zimmasiga
yuqlamaydilar. Beozor kishilar matonatli bo‘la turib, o‘zidan
ojiz kishilarga qahr
bilan muomala qilmaydilar.
Umuman olganda, axloqiy me’yorlarning muomala madaniyatidagi ko‘rinishlari
talaygina. Biz shulardan ayrimlarigagina to‘htalib o‘tdik. Shunday ekan, muomalada
pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz:
agar axloqshunoslikning me’zoniy tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy
tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq- ular biridan ikkinchisiga o‘tib
turish xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar
bir-biri bilan shu darajada
chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin,
zero ular xulq va
odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.
Dostları ilə paylaş: