Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
Ritorika

SALOMLASHISH ODOBI
- Salomlashish insonning insonga bildirgan 
hurmati, odamlarning o‘zaro muomala munosabatlarining boshlanishi, bir – biri 
bilan suhbatlashayotgan ikki dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz 
qarab turgan inson ham alik oladi. Salom berish kundalik hayotimizda eng ko‘p 
qo‘llaniladigan udum bo‘lib, xushmuomalalikni talab qiladi. Assalomu-alaykum, 
arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi 
kerak. "Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", 
"Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak. Salomlashish kishilar orasidagi 
o‘zaro hurmat, muomala munosabatlarining avval boshi bo‘lgani uchun uning 
bajarilishida ham alohida qoidalar bor. Salomlashganda Yoki xayrlashganda
aytiladigan “Assalomu alaykum”,”salomatmisiz”,“omonmisiz”, ”yaxshimisiz”, 
“salomat bo‘ling” deyiladi. Bu so‘zlarda,insonlarning bir-biriga hurmat extiromi, 
hayrixoxlik izhori bilan birga bu so‘zlarda chuqur mazmun va mulohaza bor. 
MUROJAAT QILISH
- Murojaat qilish - insondan ko‘p narsani talab 
qilmaydi. U insonni tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar 
majmuasidir. Murojaat qilish har - hil bo‘lib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay 
paytda, suhbatdash bilan o‘rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan xolda bildiriladi. 
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat balki, o‘z
maqsadiga erishish uchun ham qo‘llanadi. Insoniy munosabatlar asosida 
aytilayotgan so‘zlar faqat axloq normalariga bo‘y sunadi, bu esa qarindoshlar 


144 
o‘rtasidagi, sevishganlar o‘rtasidagi, er -xotin o‘rtasidagi, do‘stlar Yoki mansabdor 
shaxs va qo‘l ostidagi inson bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘llaniladigan 
so‘zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular 
– rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin