Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/86
tarix14.06.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#129910
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
Ritorika

XO‘JA MUAYYAD MEHNAGIY. U o‘z zamonavining alloma notiqlaridan 
biri bo‘lib, dunyoqarashi jihatidan oddiy mehnat ahliga juda Yaqin bo‘lgan. U, 
mavlono Navoiyning shohidlik berishicha, bir qabristonning bechoraxol shayxi 
bo‘lgan. E’tirof etishlaricha, Mehnagiyning voizligi uning donishmandligidan kam 
bo‘lmagan.
MAVLONO RIYOZIY. U behad azobu-uqubatlar bilan g‘ariblikda, ta’qibu 
malomatlar iskanjasida umr kechirgan. Bu xol uning voizlik san’atida ham o‘z aksini 
topgan. Hayotning achchiq-chuchuklarini boshidan kechirgan Riyoziy ham voizgina 
bo‘lib qolmay olim, murabbiy va shoirlik darajalariga ham erishgan. Murosasiz 
kurash va dahanaki janglar, hujum va mudofaalar girdobida chiniqqan Riyoziyning 
nutqlari jo‘shqinligi, jasoratliligi, o‘tkirligi bilan ajralib turgan. O‘sha davrning 
mashhur notiqlaridan biri Mavlono Riyoziyning notiqlik faoliyatida nutqni harakat 
bilan, mimika bilan qo‘shib olib borish ustun bo‘lgan. Navoiying yozishicha, “Va’z 
aytib, minbarda o‘z ash’orin o‘qub, yig‘lab vajdi xol qilur”. 


148 
HUSAYN VOIZ KOSHIFIY. U taxminan 1440-yillarda Xuroson 
viloyatidagi Sabzovor shaxrining Bayxaki kentida tug‘ilgan. Yoshligidanoq voizlik 
– so‘z san’ati bilan mukammal shug‘ullanadi. Natijada Sabzavorda o‘zi yosh 
bo‘lsada ko‘zga ko‘ringan voiz bo‘lib taniladi. Uning o‘g‘li Faxriddin Ali Safiy ham 
olim, shoir, yozuvchi, islom dinining targ‘ibotchisi sifatida butun Xuroson 
muzofatida mashhur bo‘lgan.
Koshifiyning nutqlari o‘zining jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila 
olgan. Aytishlaricha, uning bunday so‘z san’atidagi mahoratini Navoiy bilan birga 
Sulton Husayn Bayqaro ham Yuksak baxolagan va ular o‘z asarlarini axoli o‘rtasida 
rasmiy ijro etish lozim bo‘lgan paytlarda, bu ishga Husayn Voizni munosib 
ko‘rganlar.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin