Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/86
tarix14.06.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#129910
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Ritorika

XUSHOMADLAR - insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so‘zlari, hatti- 
harakatidan ta’sirlanib, ma’qullashni ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir. Nafis 
shaklga o‘rangan bu ifoda bilan hammamiz ham lazzatlanamiz – har birimizda 
ozgina miqdorda bo‘lsa ham o‘zimizga nisbatan muhabbat hamda g‘urur mavjud. 
Xushomadlar jamoatda yoqimli kayfiyat uyg‘otadigan hissiyotda asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Xushomad yengil, sho‘x, oddiy, tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim. 
Agar xushomadlarni kam, ammo o‘tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga 
ajib bir tarovat qo‘shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik, 
ta’ma, oshirib yuborishlik bo‘lsa, ular kulgulik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi. 
Qo‘pol xushomad doimo o‘rinsizdir va uni ifodalovchi odam yaxshi ko‘rsatmasligi 
aniq. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. Xushomad o‘z vaqtida va joyida 
qo‘llanishi nur ustiga a’lo nurdir. Bunday nazokatga ko‘milgan xushomad hamisha 
odamga lazzat bag‘ishlaydi. U uyatchan odamga ishonch, odamovini ochiq 
bo‘lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. 
PERIKL. Perikl yirik siyosiy arbobgina bo‘lib qolmay, ko‘zga ko‘ringan 
notiq ham edi. Perikl nutqlarining birorta teksti ham bizgacha etib kelmagan. Lekin 
uning usta, ko‘zga ko‘ringan notiq bo‘lganligi haqida Yunon terixchisi Fukidid 
ma’lumot beradi. Perikl nutqi fikrning chuqurligi, formaning soddaligi, samimiyligi 
bilan, tinglovchilar psixologiyasini e’tiborga olganligi bilan xarakterlanadi. 
Periklning tajribasicha, yaxshi notiq faqat yaxshi gapirish bilan kifoyalanmay, balki 
ayditoriYani ham o‘zga jalb eta biladigan kishi bo‘lishi kerak. 
LISIY. Eramizdan avvalgi Y asr oxiri va IY asr boshlarida yashab o‘tgan, 
ko‘zga ko‘ringan sud notiqlaridan biri Lisiy edi. Lisiyning notiq sifatidagi 
xususiyatlaridan biri, hamma notiqlar uchun zarur bo‘lgan usul – fikrni Yangicha 
Shaklga solishni juda oson egallaganligidir. U gapirishi lozim bo‘lgan kishinining 


145 
xarakterini, ijtimoiy axvolini juda ham aniq tasvirlab beruvchi nutq tekstini ishlab 
chiqishga usta ediki, bu nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi. 
Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik san’atini egallab 
olganligidir. U har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli Shaklda qiziqarli hikoya 
qilishga usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyat – uslubidagi aniqlik, 
soddalik va tabiiylik edi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha so‘zlangan nutq 
ikkinchi takrorlanmasligi kerak, agarda shu nutqni avvalgi tinglovchilar bir necha 
marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini va ifodaliligini yo‘qotadi. (Bir kuni Lisiy 
o‘z himoyasidagi kishilardan biriga nutq tekstini yozib beradi. U bundan hursand 
bo‘ladi… «Sen bir narsani unutyapsan, sud sening nutqingni faqat bir marta 
eshitadi»,-deydi. ) Bu juda to‘g‘ri ko‘rsatma. Har bir ma’ruzachi shuni bilishi 
zarurki, bir auditoriyada ikki uch marta bitta ma’ruzani takror o‘qish mumkin emas. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin