140
majmuasidir. Murojaat qilish har–xil bo‘lib,
bu insonni qayerda, kim bilan, qay
paytda, suhbatdosh bilan o‘rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi.
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki o‘z
maqsadiga erishish uchun ham qo‘llanadi. Insoniy munosabatlar asosida
aytilayotgan so‘zlar faqat axloq normalariga bo‘y sunadi,
bu esa qarindoshlar
o‘rtasidagi, sevishganlar o‘rtasidagi, er–xotin o‘rtasidagi, do‘stlar yoki mansabdor
shaxs va qo‘l ostidagi inson bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘llaniladigan
so‘zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular
–rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz.
XUSHFE’LLIK. Ushbu axloqiy hatti-harakat me’yoriylik nuqtai-nazaridan
g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda
undagi fuqarolar
muomala madaniyatining Yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l,
shirinsuxan inson o‘zining har bir muvoffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi,
alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi.
Atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham
ko‘tarinki
kayfiyat, tarli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi
hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday
odamlarni hurmat
qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: