141
alohida urg‘u berib ta’riflaydi. Vafo va xayoni uyg‘unlikda ko‘rgan shoir «vafosizda
hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q» deb ta’kidlaydi.
MULOYIMLIK. Muloyimlik barcha mutafakkirlar
nazarida kishining
maqbul sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala
madaniyatida muloyimlik
«xilmli», «yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Bu
tushuncha achchig‘lanmaydigan, ehtiyotkor, so‘zini o‘ylab
gapiradigan kishilarga
nisbatan ishlatiladi. Biroq, muloyimlikning kamchiligi shuki, bunday sifat sohiblari
aksar odamlarga yoqmaydi.
BEOZORLIK. Insonlarning tabiatidagi husumat, adovat, g‘azab kabi illatlar
bu kabi odamlardan xoli. Ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olsalar-da
birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalarning
zimmasiga
yuqlamaydilar. Beozor kishilar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz kishilarga qahr
bilan muomala qilmaydilar.
Umuman olganda, axloqiy me’yorlarning muomala madaniyatidagi ko‘rinishlari
talaygina. Biz shulardan ayrimlarigagina to‘htalib o‘tdik. Shunday ekan, muomalada
pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz:
agar axloqshunoslikning me’zoniy tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy
tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq- ular biridan ikkinchisiga o‘tib
turish
xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar bir-biri bilan shu darajada
chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan
aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va
odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.
Dostları ilə paylaş: