142
gapini bo‘lmasdan eshitish nafaqat hurmat belgisi, balki insonning ziynati hamdir.
Suhbatdoshingizni tinglayotganingizda iloji boricha boshqa narsalarga e’tibor
qaratmaslikka harakat qiling, aytayotgan gaplarini tasdiqlash ma’nosida boshingizni
silkitish, “darhaqiqat”, “to‘g‘ri”, “topib aytingiz», “men ham qo‘shilaman”,
“chiroyli ta’rifladingiz” kabi ma’qullash ma’nosidagi so‘zlarni aytishni unutmang.
Sizga gapirayotgan odamga teskari qarab o‘tirish, gapirayotgan paytda biroor
narsani o‘qib turish, bir vaqtning o‘zida boshqa kishi bilan gaplashish, hadeb soatga
qarayverish, esnash, cho‘ntak kavlash yo boshqa
shu kabi mayda-chuyda
harakatlarni qilish suhbatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling.
OHANG - Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning
gramatik qurilishi hali etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim
rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi.
So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum
darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali Yoki
tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish – turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega
bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z Yoki
iboraning o‘zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir etishi
mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi.
Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki
engil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning ma’nosi
umuman
tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish
imkoniyatini yaxshilash darjasida bo‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir.
BAXS – shaxslar o‘rtasidagi u yoki bu mavzudagi tortishuvi hisoblanadi.
Bahs qoidasi: hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o‘zgartirish juda
qiyin masaladir. Agar o‘z qarashlaringizni boshqa birovga o‘tkazishni
istasangiz,
uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato
qilish ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi
bahslarga yakun yasaydi hamda sizdagi bu fikrlashdagi haqqoniyligini o‘zida ham
143
yaratishga harakat qiladi. Shu bilan hamsuhbatingizni o‘zi
ham siz kabi nohaq
bo‘lishini tan olishiga imkon beradi.
SUHBAT – ikki yoki bir necha kishilar o‘rtasidagi muloqotga aytiladi. Barcha
holat va narsalarga yuzaki qaraydigan jamiyatga bir oz hazil va yengillik bilan
hamma narsalar haqida komil ishonch bilan so‘zlash bilan shug‘ullanish – bu olim
odam ham iste’dodli odam ham emin bo‘ladigan san’atdir.
Har kimga ham aqlli
gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka
yo‘l qo‘ymay mashq qilish lozim, odamga moslashish kerak va uzoq tajribaga ega
bo‘lgandan so‘nggina o‘z istiqbolini ko‘rish mumkin. Suhbatdagi har bir so‘z
suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: