Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/86
tarix14.06.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#129910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
Ritorika

Sofistika – antik davrdagi aqliy oqim. Miloddan avvalgi asrlarda 
Yunonistonning ko‘pgina shaharlarida zodagonlar xukmronligi o‘rnatildi. Quldorlik 
demokratiyasi o‘rnatila boshlagan vaqtdan yangi saylov idoralari tashkil etila 
boshladi. Bu idoralar sinflar va erkin xalq partiyalari kurashida katta rol o‘ynagan. 
Bu tashkilotlar sud ishlarida siyosiy, diplomatik masalalarni hal etishda martabali 
maqomga ega notiqlik san’atini egallashda so‘z kuchi bilan raqibning savoliga javob 
berishni ishonarli olib borishda ham asosiy vazifani bajargan. Shu davrda siyosiy 
bilimlar va notiqlik san’atini targ‘ib qiluvchi ustozlar, huquqshunoslar yetishib chiqa
boshladilar. Unga asos solganlar sofistlar (“donishmandlik muallimlari”) bo‘ldi. Ular 
shaharma-shahar yurib, ma’lum haq evaziga ma’ruza o‘qishar va asosan 
tinglovchilarga nutq tuzish, notiqlik sir-asrorlaridan saboq berishar edi. Antik 
demokratiyaning beshigi bo‘lgan Afina shahri ularning faoliyati uchun qulay 


19 
bo‘lgan. Shuning uchun ham ayni Afinada Ritorikarivoj topdi. Sofistlar ichida eng 
mashhuri bo‘lgan Abderlik Protagor insonga bo‘lgan yangicha qarashni ilgari 
suradi. “Inson, - deydi u, - barcha narsalarning o‘lchovidir”. Bunday qarash asosida 
sofistlarning asosiy nuqtai nazari shakllanadi: “har qanday narsa haqida ikki bir-
biriga qarshi fikrni aytish mumkin”.
Sofistlar til boyligini mohirona egallashni va kerak paytda undan foydalanishni 
o‘rgatardi. Sofistlar so‘z va tilning nazariy asoslarini ham ishlab chiqdilar. Ularning 
ilmiy izlanishlari asosida tilshunoslik fanining ikki sohasi – orfoepiya (grammatika) 
va ritorika (notiqlik nutqlarini tuzish haqidagi ta’limot) Shakllandi. Orfoepiya bilan 
asosan Protagor va Prodik shug‘ullangan bo‘lsalar, ritorikaga Gorgiy va Frisimaxlar 
asosiy hissalarini qo‘shdilar. Lekin o‘sha davrda fan alohida soxalarga bo‘linmagan 
edi. Shunga qaramay ilm ahillari siyosiy va huquqiy ishlarni bajarish usullarini 
o‘rganibgina qolmay, balki falsafa va dunyoqarashning umumiy masalalari bilan ham 
shug‘ullanganlar. Masalan Gippiy, deb yozadi Ploton kishilarni astranomiya, 
geometriya va musiqa san’atiga o‘rgatgan. Kritiy esa Empidoklning psixologik 
qarashlarini davom ettirgan. Bunday O‘qituvchilarni o‘sha davrda sofistlar deb 
atashgan. Dastlab "sofist" degan so‘z biror bir kasbning moxir ustasi, Ya’ni shoirlar, 
musiqachilar, qonunshunoslar, donishmandlarga taalluqli edi. Sofistlar yana notiqlik 
san’atini ham tashviqot qilib kelganlar. Keyinchalik sofistlar deb o‘z so‘zlari bilan 
haqiqatni izlovchi kishilarni emas, balki yolg‘onni haqiqatga, mulohazani 
isbotlangan haqiqatga yo‘yuvchi sayoz kishilarni ayta boshlashdi. 
Qadimgi Gretsiya, ya’ni Afinada hurmat va e’tiborga erishish uchun siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy manbalarga tayangan xolda omma ichida chiroyli so‘zlash 
madaniyatiga ega bo‘lish shart bo‘lib qoldi. Buning uchun esa Ritorika va chiroyli 
so‘zlash xususida maktablar paydo bo‘lishini davr talab qilib qoldi.
Eng taniqli maktablardan biri - bu sofistlar maktabi bo‘ldi. Eng taniqli 
ofistlardan biri bu Protogordir. (eramizdan avvalgi 481-411yy) Protogor quyidagi 
falsafiy ta’limotlarni ilgari surdi: “Inson hamma narsaning mezonidir: 
mavjudodlarning mavjudligi, mavjud bo‘lmaganlarning nomavjudligidir.”
1
 Shunga 
1
Бертран Рассел, История западной философи и её связи с политическими и социальными условиями от Античности до наших дней, М., «Академический Проект», 2006 г., с.109 


20 
asoslangan xolda u mutafakkir davrigacha bo‘lgan ritorik maktablarning munozara 
– xaqiqatni izlashning hamda axloqiy tamoyillarni yoqlashning asosiy vositasidir, 
degan ta’limotini rad etdi. Protogor baxsda o‘z oldiga faqat yagona maqsadni ko‘yish 
– auditori yani notiqning xaq ekanligiga ishontirish; va shu maqsadni amalga 
oshirishda xar qanday yo‘ldan foydalanish lozim, deb hisoblar edi. Uni g‘oyasizlik 
va axloqsizlikda ayiblashganda qadimgi grek mutafakkirlari bu ayblovni quyidagicha 
deb bilishadi. 
1. Xar qanday bilish nisbiy va vaqtinchalik ekanligi; 
2. Inson ishonchining komilligi aniq xolatlarga bog‘liqligini; 
Insonlarning hissiy va jismoniy xolatlari “turli davrda turlicha qabul qilishdandir” 
degan izoxlari bilan yo‘qqa chiqaradi. Sofistlarning dastlabki maktablari Sitsiliya oroli 
shaharlarida yuzaga keldi. Protogor sofistlar maktabining asoschilaridan biri edi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin