"Notiqlik san’ati" asarida u butun diqqat e’tiborini bevosita notiqlikka, notiqlik
maxorati va san’atiga, notiqning o‘zini tutishi hamda davlat va jamiyat hayotidagi
o‘rniga qaratadi. Jumladan, notiqlik Arastu fikricha, dialektikani bir qismini tashkil
etadi. Notiqlikdan qiroat fani sifatida ijobiy va shuningdek salbiy ma’noda foydalanish
mumkin. Notiq o‘z maxorati bilan hakiqatni topishga harakat qilsa, u haqiqiy
dialektikaga Yaqinlashishi mumkin. Lekin notiq o‘z notiqligini xaqiqatga qarshi
qaratgan bo‘lsa, u sofistikaga yaqinlashadi. Sofistik dialektika haqiqatni o‘rnatish
uchun emas, balki g‘alabaga erishish uchun safsatabozlik san’atidan foydalanishdir.
Notiqlik - deydi Arastu, haqiqat yo‘lida ko‘llansa, dialektikaning qismiga aylanishi
mumkin
1
. Uning fikricha bo‘lajak notiq kuchli xotiraga, so‘z boyligiga, shuningdek
muayyan hududdagi axvoldan batafsil xabardor bo‘lishi kerak. Notiq qaysi paytda so‘z
urg‘usini kuchaytirish - u, qaysi paytda yumshoqlik bilan nutq o‘qishni bilishi kerak.
Bu juda muhim bo‘lib, ko‘proq tinglovchilar reaksiyasi bilan hamohang keladi.
Arastu o‘z fikrini tinglovchiga etkazishda arzon harakatlar: opponentning ustidan
kulish, fikrni chalg‘itish bilan emas, balki ilmiy metod orqali yondashish kerak deb
hisoblaydi.
Arastuni mantig‘ining asosini sillogizm egallaydi.
Sillogizm - u yoki bu tezisda dalillar yig‘indisini namoyon qiluvchi o‘zaro bir -
biriga bog‘langan aqliy xulosalar blokidir. Sillogizm 3 qismdan: katta asos. kichik asos
va xulosadan tarkib topgan. Sillogizmning turlari - moduslar turli shakllarga ega.
Ulardan eng mashxur modus xattoki o‘zining "Barbara" nomiga ham egadir:
"Barcha odamlar o‘tkinchidir. (katta asos). Suqrot ham odam (kichik asos).
Shunga ko‘ra Suqrot ham o‘tkinchidir."Arastuning (384-322) Ritorika asari ham
1
Аверинцев С. С. Риторика как подход к обобщению действительности // Поэтика древнегреческой
литературы. — М.: Наука, 1981. — С. 15-46
24
o‘sha davrda yaratilgan. Arastuning Ritorikasi uch kitobdan tashkil topgan. Asarning
birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqida fikr
muloxazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga katta ahamiyat
beradi. Uning fikricha, notiq tilidagi turli qorishmalar, Ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va
noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan xar hil tuzilishi so‘zlovchining katta
xatosidir. Arastu notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning
tinglovchi qalbiga tez etishida muhim omil bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot
bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining tinglovchi qalbiga tez etishida muhim
omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashkari, Arastu notiqning auditoriYani o‘ziga
jalb etishi uchun xazil - mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, xar
hil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa nutqining ta’sirchanligi yanada
oshishini, ammo keltirilgan misollar ko‘payib ketib, tinglovchini zeriktirib
ko‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.
Arastu notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib, o‘rgatadi:
1. Materialni kashf etish (xar tomonlama tayyorlash)
2. Materialni joylashtirish Shakli (rejasi)
3. Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish)
4. Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks etgirish.
5. Materialni to‘g‘ri talaffuz etish.
Aristotelning fikrlari bugungi kunda ham o‘z qimmatnni yo‘qotmagan.
Lisiy (taxminan 459 - 380) Sitsiliyada tug‘ilgan. Uning otasi Perklning taqlifiga
binoan Afinaga kelib, shu erda o‘rnashib qoladi. Lisiylar oilasi shaharning ancha
davlatmand oilasi bo‘lishiga qaramay uning a’zolari kelgindi bo‘lganliklari sababli
Afina fuqarosi qatoriga kirolmaydilar. O‘z faoliyatini logograflik bag‘ishlagan Lisiy,
dastavval sud ahillarining va sutga ishi tushgan kishilarning tabiatini chuqur
o‘rganishga kirishadi. Ma’lumki, Afina sudida qatnashgan shaxslarning ko‘pchiligi
murakkab davlat qonunlarini teran bilmagan, aksar unchalik durust taxsil ko‘rmagan
odamlar bo‘lganlar. Shu sababli ular ayyor va ustamon odamlarning sud xay’atini aldab
ketishlaridan hadiksirab, ilmoqdor, dabdabali so‘zlarga chuqur shubha bilan qarar va bu
25
hildagi so‘zlarni to‘qishda, albatta biror odam ko‘maklashgan deb gumon qilardilar.
Ikkinchidan, logograflarning yordamiga muxtoj bo‘lib, ularga murojaat etgan odamlar
orasida jamiyatning turli - tuman fuqarolari bo‘lgan. Binobarin, Lisiy xar bir nutqni
yozishga kirisharkan bu nutqni buyurtma bergan kishining tabiatiga, ijtimoiy
mavqeiga qanchalik monand kelish - kelmasligiga katta e’tibor beradi. U yaxshi
biladiki, qishloqdan kelgan oddiy bir dexqon yoniki o‘rtamiyona shahar fuqarosi hech
qachon kitob iboralarini ishlatib, murakkab qonunning kerakli boblaridan dalil
keltirib, xashamatli nutq so‘zlay olmaydi. Bordi - yu shunday qilsa, aytgan gaplarini
soxtaligi bilinib qoladi. Lisiy san’atining asosiy siri shundaki, u so‘z yozishga kirishar
ekan, o‘z oldiga faqat bir maqsadni quyadi, u ham bo‘lsa so‘zlayotgan kishi haqida
sud xay’atlari dilida eng yaxshi taassurotlar qoldirish, uning xar bir gapi yurakdan
chiqayotgan chinakam samimiy gaplar ekanligiga ishontirishdir. Lisiyning notiq
sifatidagi xususiyatlaridan biri, hamma notiqlar uchun zarur bo‘lgan usul – fikrni
yangicha shaklga solishni juda oson egallaganligidir. Lisiyga buyurtma beruvchi
odam kalandimog‘ aristokrat-mi, bir tiyinni ustidan o‘zini o‘ldiradigan chayqovchimi,
xotinining makriga aldanib pand egan laqma ermi - notiq xar qaysisining tabiatiga,
bilimiga jamiyatdagi o‘rniga mos keladigan, o‘zining monandligi bilan
tinglovchilarni maftun etadigan uslubni topadi va shu yo‘sinda so‘zlovchining va
uning nutqida nomlari zikr qilingan shaxslarning erkin portretini chizishga muyassar
bo‘ladi. Bas, shunday ekan, biz Lisiyning quli bilan yozilgan nutqlarning birontasida
so‘zlovchining tabiatiga yopishmaydigan dabdabali, jimjimador va serxasham iboralarni
sira ko‘rmaymiz. Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik
san’atini egallab olganligidir. U har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli shaklda
qiziqarli hikoya qilishga usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyat –
uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha
so‘zlangan nutq ikkinchi takrorlanmasligi kerak, agarda shu nutqni avvalgi
tinglovchilar bir necha marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini va ifodaliligini
yo‘qotadi. Bu jixatdan, yani xar bir insonni o‘z tilida gapirtish va uning so‘zi orqali
tabiatini ochish, qiyofasini ko‘rsatish borasida Yunon tarixida logograflarning birortasi
Lisiy bilan tenglasha olmaydi.
26
Qadimgi sud qoidalariga ko‘ra sudlashuvchilarning nutqi asosan uch qismdan
iborat bo‘lgan. Birinchi kirish qismida - xox da’vogar bo‘lsin, xox gunohkor bo‘lsin -
sud hayatiga murojat qilib, uning iltifotini qozonishga o‘rinadi, butun nutqning
markazi hisoblangan ikkinchi qismida bo‘lib o‘tgan voqealarning tafsiloti xikoya
qilinadi va nihoyat nutqning xotimasi hisoblangan uchinchi qismida aytilgan gaplar va
keltirilgan dalillarning to‘g‘riligi isbotlanadi, raqibning dalillarini puchga
chiqarib, o‘zini mumkin qadar badnom qilishga kirishiladi.
Lisiy sud ishiga aloqador bo‘lgan voqealarni gapirganida ularni nihoyatda oddiy
so‘zlar bilan qisqa - qisqa xikoya qiladi. Yo‘l - yo‘lakay dalil va da’volarni shu
bayonotga edirib yuboradi. Shu tarzda to‘qilgan nutq naqadar sodda bo‘lmasin, bu
soddalik ostida yashirinib yotgan chinakam tabiiylik va ajoyib samimiyat sud
xay’atining diliga etib boradi va gunoxkorga nisbatan uning hayrixoxligini ortiradi.
Lisiy o‘z davri uchun va o‘zidan keyingi notiqlar uchun arzigudek meros qoldirgan
Buyuk notiqdir.
Akademik suhbat - diologlarning ustasi Suqrot hisoblanadi. (eramizdan
avvvalgi 469-399y), Suqrot dialektikasi " ironiya" ya’ni ilmoqli so‘zlardan tashkil
totgan. Agar shu payttacha baxs yurituvchi taraflar o‘z nutqining kuchi hamda
ishontiruvchanligiga diqqatni jamlash bilan raqiblarining chiqishini mohiyatiga
unchalik e’tibor qaratmagan bo‘lsalar, shu vaqtga kelib esa ritorik arsenalda o‘z -
o‘zidan ham asos ham asosga zidlikka olib keluvchi savollar paydo bo‘la boshladi.
Raqiblar qarshi taraflarning asoslariga quloq sola boshladilar. Baxslar ashaddiy
to‘palonlardan nafis va hozirjavob tomoshalarga aylandi. Misol sifatida quyida Suqrot
maktabi namoyondalaridan birining ishtirokidagi yumoristik diologdan keyatiramiz.
- Shoxdor emasliginga ishonching komilmi?
- To‘liq.
- Uni yuqotmaganingga kelsak - chi?
- Yo‘qotmaganim o‘zim bilan.
- Shoxlarni yuqotmaganmisan?
- Yo‘q
- Demak ular sen bilan ekan.
27
Suqrotning Shogirdi Aflotun diolog san’atini yanada yuqori pog‘onalarga
ko‘tardi. Aflotun diologlari - bu falsafiy drammalar hisoblanadi. Uning dialoglari
chiroyli va aqilli so‘zlarli tanlanishi, ko‘llanilishi, joylanilishi bilan diqqatga sazovor.
Buning isbotini uning “Teetet” asarida ko‘rish mumkin. U bu asarida hamma
fikrlarini Suqrot nomidan dialog shaklida beradi. Chiroyli so‘zlashga juda katta
ahamiyat beradi. Donolik mavzusi asarning asosiy qismini egallagan. Shu bilan bir
qatorda maxmadonalik, bemaza fikrlardan foydalanmaslikka chaqiradi. Umuman,
chiroyli so‘zlash erkin bo‘lishi, nima haqida so‘zlasa ham fikrini aniq e’tirof eta olishi,
ishontira olishi va xaqiqatga xizmat qilishi kerak deb biladi. Faylasuf notiqlarni
shifokorlarga taqqoslaydi. Shifokor kasalga dori - darmon bilan yordam bersa, notiq
o‘zining aqilli va dono fikrlari bilan davolaydi deydi.
Ritorika taraqqiyotining keyingi odimini qadimgi Rim mutaxassislari ko‘yishdi.
Ular Ellada ustalarining tajribayonni o‘z izlanishlarining natijalari bilan to‘ldirgan
xolda o‘rganishdi. Munozara grek polislarida bo‘lganidek Rimda u darajada
tarqalmadi.
Rimliklar uchun jamoatda chiqishning monolog tarzida bo‘lishi muhim edi. Rim
maktabida notiqlik san’ati bilan ritorika birlashdi. Grek ritorikasidan rimliklarga
yumor, mantiq va masalada tortishuv usullari kirib keldi. Notiqlik san’atidan esa
nutq matnini tuzilmasini zo‘rligi, iboralar tuzilmasini be’takrorligi, intonatsiyaning
benuqsonligi, turish, xatti - harakat, mimika va boshqalar kirib keldi.
Tarixga nazar solinsa, eramizdan avvalgi asr boshlarida Rim imperiyasida
quldorlik siyosati kuchaygan bir davr edi. U davr qul va quldor o‘rtasidagi keskin
kurashlar, qo‘llarning noroziligiga sabab bo‘lgan davr sifatida tarixda muxirlanib
qolgan. Ana shunday keskin kurashlar jarayonida ijtimoiy - siyosiy xayotda so‘z
san’atiga e’tibor kuchaydi. Xalq orasida erkin fikrlash demokratik rux faollasha
boshladi. Davlat arboblari shunday sharoitda xarbiy qurol aslaxalardan ko‘ra, notiqlik –
so‘z san’ati bilan qurollanishni afzal deb bildilar. Natijada notiqlik san’atiga ehtiyoj
tug‘ilib, bu san’at tez rivojlana boshladi. Bu davr notiqlik maktablaridan Katon, aka -
uka Grokxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi mashxur notiqlar yetishib chiqdi.
Rim maktabi Ritorika ikki usulga - Osiyo va Attika usuliga bo‘linadi.
28
(Yunoniston janubi sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol
Attika deb ataladi.) Osiyo usuli Rimda eramizgacha 1- asrning 50 yillariga qadar
xukmronlik qilib kelgan. Bu usulning namoyondalari o‘z chiqishlarini yorqin hamda
extirosga to‘la teatr tomoshasiga aylantirar edilar, ularning yordamida o‘z g‘oyalarini
ommaga unumli tarzda etkazganlar. Bu usulning notiqlaridan ko‘proq tanilgan Mark
Dostları ilə paylaş: |