doimo kuchsiz dalilni kuchli dalilga aylantirishni Yani biror bir narsani tasdiqlash
Yoki rad etish maqsadida xoxlagan narsani olib isbotlashdsh iborat deb o‘rgatardi.
Shu o‘rinda Protogorning fikriga quloq tutsak: “Hamma narsaning o‘lchovi
insondir.” Men narsalarni qanday tasavvur qilsam u shunday, u qanday tasavvur
qilsa narsalar u tasavvur qilganday. Bitta shamol ikki marta esmaydi lekin shu
shamolda kimdir sovuq qotsa kimdir sovuq qotmaydi. Kimdir ko‘proq sovuq qotsa,
kimdir unchalik darajada sovuq qotmaydi. Shu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘iladi:
shamol o‘z holicha sovuqmi? yoki nimagadir nisbatan olganda sovuqmi? Bu savolga
javob berish bilan yuqoridagi fikrlarni inkor qilish mumkin. Agar biz shamol o‘z
holicha sovuq deydigan bo‘lsak unda u hammaning tasavvuriga bog‘liq bo‘lmagan
bo‘ladi. Agar biz nisbatan sovuq deydigan bo‘lsak ham xato bo‘ladi. Chunki shu
shamol kimgadir issiq tuyulishi mumkin
1
. Umuman Protogor o‘z davrining yirik
notiqlardan biri bo‘lib, u notiqlik san’atiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning sofizmlari
xozir ham mantiqda o‘z ahamiyatiga ega.
Tantanali notiqlikning eng yorqin vakillaridan biri Gorgiyning Shogirdi Isokrat
(eramizdan avvalgi. 436-338 y.y) bo‘lib, Afinada ritorika maktabiga asos solgan.
1
Бертран Рассел, История западной философи и её связи с политическими и социальными условиями от Античности до наших дней, М., «Академический Проект», 2006 г., с.109
21
Aytish lozimki, bu maktabda ritorika faqat notiqlik san’atiga o‘rgatuvchi fan
bo‘libgina qolmay, balki haqiqatni anglash va tarqatish vositasi vazifasini o‘tagan.
Isokrat o‘zi nutq so‘zlamagan, balki notiqlikdan saboq bergan va Yunoniston
bo‘ylab tarqatilgan nutqlarni yozgan.
Isokrat uslubi o‘z hashamdorligi bilan ajralib turadi. U nutqning ohangiga,
chiroyli Shakliga alohida e’tibor qaratadi.
Isokrat maktabining tajribasi IV asrdagi ommaviy notiqlikka katta ta’sir
o‘tkazdi. Bu davrda notiqlar ijtimoiy hayotda yetakchi o‘rinni egalladi. Notiq xalq
yig‘inlarida nutq so‘zlar, o‘z qaror loyihalarini muhokamaga qo‘yar va shu tariqa
davlat (polis)ning siyosiy yo‘lini belgilab berardi. Davlatni boshqarish ana shunday
siyosiy arboblar – “demagoglar” (xalq sardorlari) qo‘liga o‘tdi.
Notiqlik san’atini yana ham yuksak bosqichga ko‘targan Buyuk zotlardan biri
Demosfendir. Demosfen (eramizdan avvalgi 384 - 322) Afina shahrida badavlat
xonadonda dunyoga kelgan. Biroq etti - sakkiz yoshlarida otasi vafot etadi. Uning bor
mol -mulki unga va besh yoshli singlisiga qoldiriladi. Demosfenning ta’lim -
tarbiyasi onasi va vasiylar ko‘lida qoladi. Vasiylar va uning tog‘alari juda noinsof
insonlar bo‘lib, ular bolalarning o‘qishi va tarbiyasi bilan shug‘ullanishmaydi. U juda
nimjon bo‘lib o‘sadi va balog‘atga etganda otasidan qolgan mol - mulkdan hech narsa
qolmaydi. Demosfen merosni qaytarib olish maqsadida notiqlik san’atini o‘rganishga
kirishadi. U notiqlik san’atini o‘rganish uchun o‘z davrining meros ishlari bo‘yicha
advokati Isey maktabida ta’lim oldi. Dars olishning dastlabki yillarini yo tamoman
yolg‘izlikda yoxud birgina muallim nazorati ostida mashq qilib o‘tkazdi. Yosh
notiqning birinchi nutqi kulgili xolda, to‘palon, kulgi, kiyqiriq, xushtak chalib,
masxaralash bilan qarshi olinadi. U o‘z nutqini tugatolmay minbardan tushishga
majbur bo‘ladi. Demosfenning nutqini bunday kutib olinishi tabiiy xol edi. Unda
jismoniy kamchiliklar mavjud edi – ovozi past va nutqi yomon bo‘lgan, "R" xarfini
talaffuz etolmas, g‘uldirab mujmal gapirar edi.kifti asabiy ravishda titrab turgan,
Demosfen o‘z nutqining kamchiliklarini boshqa takrorlamaslik uchun noto‘g‘ri talaffuz
etayotgan so‘zlari ustida qayta - qayta mashq qila boshladi. Demosfen ovozini o‘stirish
uchun og‘ziga mayda toshlarni solib, dengiz qirg‘og‘ida nutq so‘zlardi va to‘lqin
22
shovqin-suronni bosib ketishiga harakat qilardi. Kiftning titrashidan qutulish uchun
shiftga qilichni shunday ildiradiki, uning o‘tkir uchi kiftga Yaqin turadi va kifti
titragudek bo‘lsa, qilichning uchi tegib og‘ritardi. Shu yo‘sinda olib borilgan
uzluksiz mashqlar Demosfenga jismoniy kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon
bergan. Nihoyat bunga erishadi. U hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamagan, xar
doim yozilgan nutqni oldindan yodlab olar edi. Uning maxoratiga, irodasiga xatto
dushmanlari ham tan berishgan. Demosfen o‘zidan tajribaliroq bo‘lgan
opponentlarining jamoatda chechanlik bilan qilingan qochiriqlariga nisbatan
ta’sirchanligini his qilagani bois, shunday chiqish usulini ishlab chiqdiki, unda
xozirjavob aytishuvga deyarli o‘rin qolmasdi. Raqiblarining qiyqiriqlari va tanbexlari
bepisandlikka uchrar yoki oldindan tayyorlab qo‘yilgan matnlar bilan yo‘qqa
chiqarilardi. Demosfen o‘zining nutqlarida jamoat chiqishida asosan odamlarning
ruhiyati, ularning ixtiyori va hissiyotiga tasir qilishga kuch berar edi. Bunday ta’sir
Demosfen ovozining to‘g‘ri yo‘lga ko‘yilgani, jo‘shqin va jumboqli iboralar bilan zo‘r
berib ishlangan nutqning matni orqali amalga oshirilar edi. A’lo darajada ishlangan
mimika va xatti - harakat bilan uygun xar bir ibora bosqichma - bosqich omma
ruhiyatini notiqqa kerak bo‘lgan tarafga shunday yunantirilgan ediki, xatto
insonlarning o‘zlari ham Demosfen nutqining tasiri ostida garchi avvalida notiqning
g‘oyalariga qarshi kayfiyatda bo‘lsalarda, bilmagan xolda uning tarafiga o‘tib qolgan
paytlarini sezmay qolardilar. "Notiqlikning darajasi asosini nima belgilab beradi?"
deb berilgan savolga Demosfen qat’iy "Birinchidan ifodalash, ikkinchidan ifodalash
va uchinchidan yana ifodalash"
1
deb javob beradi.
Demosfen nutqlari juda ham jo‘shqin va shiddatkorligidan, dushmanlari uni
«yovvoyi hayvon» deb atashardi. U nutq so‘zlashda maksimal ifodalilikka
erishishga harakat qilardi.
30 yoshida u ilk siyosiy nutqini so‘zlaydi. Shu vaqtdan boshlab, u Afinaning
qizg‘in siyosiy xayotiga kirib boradi. Ko‘p o‘tmay u siyosiy arbob darajasiga etadi.
Demosfen birinchi bo‘lib, notiqlik tirbunasini dramatik estradaga aylantirdi.
1
Демосфен // Всемирная история по новейшим сочинениям профессоров Беккера, Реймонда, Лависса, Иегера,
Шиллера, Кеммеля (Шпамера), Дюрюи, Костомарова, Иловайского, Соловьева и многих других. Т.1.: Древнее
время. - СПб., 1902.
23
Demosfendan yaxshi, kuchli notiq uchun eng muhim omil nima? deb so‘rashganda, u
"imo - ishora" deb javob beradi.
Chiroyli so‘zlash san’atiga katta uslubiy hissa qo‘shgan Buyuk faylasuf
Arastudir. (eramizdan avvalgi 384-322 y) Arastu o‘zining "Tonika" asarida
dialektika, falsafa, mantiq fanlarining notiqlik bilan bog‘liq xususiyatlarini ko‘rsatsa,
Dostları ilə paylaş: |