43
gapiradigan - aqldan ozgan deb takidlaydi.
1
Navoiy so‘zning hashamdorligidan ko‘ra haqqoniyligini ulug‘laydi.
O‘sha davrning mashxur notiqlaridan biri Mavlono
Riyoziyning notiqlik
faoliyatida nutqni harakat bilan, mimika bilan qo‘shib olib borish ustun bo‘lgan.
Navoiying yozishicha, «Va’z aytib, minbarda o‘z ash’orin o‘qub, yig‘lab vajdi xol
qilur».
2
Navoiy tuturiqsiz gap bilan kishilarning g‘ashiga teguvchilarni aqli past,
nosog‘lom kishilardir deb baholaydi.
"Ulkim, dimog‘ida habt -so‘zida yo‘q pabm"
Ya’ni kimning dimog‘ida illat bo‘lsa, so‘zida bog‘lanish yo‘qdir deb ta’kidlagan.
"Dimog‘i sahih - guftori fasih" ya’ni miya sog‘lom bo‘lsa, gap so‘zi ham yoqimli va
xatosiz bulur.
"So‘zi hisobsiz, o‘zi ixtisobsiz" yoki
"So‘zida parishonlik, o‘zida
pushaymonlik"
3
va boshqalarni keltirish mumkin.
Navoiy ijodida suhbat va nutq odobi qoidalari qiyomiga etkazib bayon etilgan.
Navoiy so‘zning xashamdorligidan ko‘ra, haqqoniyligini ulug‘laydi.
Fikrning xalq
uchun foydali va tushunarli bo‘lsin desang, sodda tilda gapir deydi.
Navoiyning til va nutq odobi, nutq madaniyati, nutq san’ati
haqida aytgan
fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy va noyob
merosi maxorat bilan umumlashtirilgan.
Maktub yozish madaniyati – yozma madaniyatning bebaho bo‘lagi hisoblanadi.
Maktub avvalo fikrlashga,
atrofga razm solib qarashga, yaxshi-yomonni tanishga,
har narsaga mustaqil baxo berishga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, kuzatuvchanlikka
o‘rgatadi. Shular barobarida maktub yozish inson ijtimoiy
faolligining eng yorqin
ko‘rinishlaridan biridir.
Daholarning bir birlari bilan bo‘lgan yozishmalariga nazar tashlasak. Ular
mazmun va mohiyat jihatidan Yuksak darajadagi insonparvarlik, vatanparvarlik,
sadoqat tuyg‘ularining go‘zal madaniy namunaini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada
Abu Rayhon Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari, Ibn Sinoning Bahmanyor al-
1
А.Navoiy. "Махbub ul-qulub" Т.: “Fan” 1987. B.75
2
O‘sha manba B. 84
3
O‘sha manba. B.78
44
Ozorbayjoniyga bitgan maktublari va hokazo
xiradmand va donishmand
kishilarning bir-birlari bilan ilmiy, ma’rifiy va maishiy sohalarga doir maktublari
xalqimizing madaniy yodgorligi sifatida qadrlidir. Ayniqsa,
Hazrat Navoiyning
«Munshaot» deb nomlangan asariga jamlangan maktublar o‘zining ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-ma’rifiy hamda jamoatchilik manfaatlariga ko‘ra Yuksak ahamiyatga ega.
Navoiyning maktublari ko‘proq saltanat valiahdlariga bitilganligi qayd qilinadi.
Xususan, Badiuzzamon Mirzoga yozgan insholaridan Navoiyning o‘z zamonasining
fozil, hokisor va mehribon hukamo kishisi bo‘lganligini ilg‘ash qiyin emas. Navoiy
o‘z xatlarida davr nuqtai-nazaridan turib bebosh shahzodalarni tartibga, shafqatga,
adolatga va hamkorlikka chaqiradi: bu xatlar Navoiyning ijtimoiy va insoniy
qarashlarini ifodalaydi.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning asrimiz boshlarida yozib qoldirgan o‘quvchilar
uchun tuzilgan «Kitobal-ul atfol» darsligi va unda bayon etilgan xat yozish shartlari
va maktub odoblarini xalqimiz muomala madaniyatining ziynati sifatida qadrlash
mumkin. Chunonchi, mazkur darslikning «Xat yozmoq shartlari»da «yozilaturgon
so‘zlar ichig‘a har kim bilmayturgon lug‘at mumkin qadarincha yozmasg‘a va
inchunin, avomcha va ko‘chagi iborat va ayb sanalaturgon kalima va laqablarni
yozmas»likni aytadi. Shuningdek, «Maktubg‘a haqorat, ta’na, hazl, fisq va gunohga
taluq so‘zlar aslo yozilmasun» deb uqtiradi. Behbudiy taklif etgan maktub odobining
go‘zalligini qo‘yidagi matnlar orqali bilishimiz mumkin:
Farzandning otaga yo‘llaydigan maktubida
«
Mehribon otajonim xizmatlarig‘a!
Dostları ilə paylaş: