Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/86
tarix14.06.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#129910
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
Ritorika

Tangrim soyai davlatingizni boshimdin eksik etmagay, aziz qiblagohim! 
Bu aqshom uyg‘a janobi halifamni ziyoratg‘a taklif qildim. Onajonim dedilarki, 
go‘sht va birinj yo‘qtur, marhamat aylab, taomg‘a kerakli nimasalarni olib 
xizmatkordan yuborsalar, hursand bo‘lur edim, afandim. 
qulingiz…» deya murojaat qilish kerakligi uqtiradi. 
Farzandning onaga yo‘llaydigan maktubida esa: 
«Sevikli onam huzuri sharifalarina! 
Parvardigorim doim sizni eson saqlasun. 


45 
Onajon! 
Mehribon opamni uyig‘a borganingizga o‘n kun bo‘ldi. Men sizni ko‘b sog‘indim. 
Boray desam, maktabdan qolurman. Ani uchun iltimos qilarmanki, emdi uyg‘a 
kelsangiz, yo‘lingizg‘a ko‘z tutarman, volidajonim! 
Mushfiq opamg‘a salom aytarmen.» degan samimiy fikrlar bildirilishi maqsadga 
muvofiq. 
Shogirdning ustoziga yo‘llaydigan maktubining odobi qo‘yidagicha aks etishi talab 
etiladi: 
«Janobi ustodi kiromim huzuri anvorlarina! 
Parvardigorim fayzu muhabbatu ustodonalarini bizdin eksik etmagay. 
Boisi donish va saodatim, janobi mavlom! 
Hazrati vohib-al-atoyi o‘tgan aqshom bandangizg‘a bir o‘g‘ul birodar ato etdi. Shul 
sababli bukun janobi volidam xizmatlariga turmog‘im lozim bo‘ldiki, maktabg‘a 
borolmag‘animga janobingizdan afu tilarman, afandim!»
1
Mahmudxo‘ja Behbudiyning mazkur qaydlari xalqimiz azaldan so‘zga, 
matnga, matn mazmuniga jiddiy e’tibor bilan qaraganligidan dalolatdir. 
Bugungi kunda kompyuter texnikasining imkoniyatlari qog‘oz orqali 
maktublar yozish uchun deyarli ehtiyoj qoldirmadi. Endilikda bir-birimizga 
qiladigan yozma muloqotimiz elektron pochta, E.mail, SMS orqali amalga 
oshirilmoqda. Ammo, texnikaning bunday imkoniyati insonning yozma nutq 
madaniyatini yuqsaltirdi, desak xato qilgan bo‘lamiz. Chunki, bugungi kunga kelib 
kundalik faoliyatimizda ishlatilayotgan so‘z boyligimiz shunchalik nochorki, yozma 
matn haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Vaholangki, yozma nutq madaniyatimizga 
ta’sir ko‘rsatuvchi vosita va omillarning o‘zi tahrirga muhtoj. 
Qur’oni karim va Hadisi sharifda ham so‘z va nutq haqida fikrlar berilgan. 
Qur’oni karimda insonning aytilgan so‘zini, xar bir xatti-harakatini, qiladigan ishini, 
tartibga soluvchi qator hukumlar bor. Islom me’yor, mezon va mutanosiblikni 
mushtarak etuvchi bir manzuma sifatida insonning og‘zidan chiqadigan xar bir kalimani 
muayyan asoslar bilan izga soladi. Qur’oni karimda "U biron bir kalimani so‘zlay 
1
Begali Qosimov «Karvonboshi» // Yoshlik. 1990. №1. B.66 


46 
boshlar ekan, yonida uning so‘zlarini taftish qiluvchi nazoratchi turadi" degan oyat 
mavjud. Oyatning mazmuni shundan iboratki, og‘izdan chiqayotgan xar qanday 
so‘zlar odamlar orasida tezlik bilan o‘z bahosini oladi. Shunday ekan, inson yoqimli, 
foydali, zaruriy mavzularda so‘zlamog‘i, behuda va ma’nisiz so‘zlardan extiyot 
bo‘lmog‘i lozim. Hadisi sharifda ta’kidlanishicha: "So‘zning foyda - zararini o‘ylab 
so‘zlagan kishi odamlar oldida Buyuk o‘rin olgani kabi Alloh maolo qoshida ham 
marhamatga tegishli odam bo‘ladilar. Aqli bor odam xar vaqt o‘ziga zarar 
keltiradigan so‘zlardan saqlanur... Musulmon odam, o‘zini Allohga topshirgan kishi 
yolg‘on so‘zlashga yo‘l qo‘ymas. O‘ziga foydali, zararli bo‘lishiga qaramasdan xar 
vaqt to‘g‘ri so‘zlar. Yolg‘on so‘zlamoqlik qo‘lidan ish kelmaydigan tuban kishilar 
odatidir. To‘g‘ri so‘zlaydigan odam o‘z ishini bajaruvchi, ishida sobit turuvchidir. 
Shuning uchun u va’da qilsa, va’dasini amalga oshirur"
1
. 
Mavlono Muin Voiz nutqning ijrochilik tomoniga alohida e’tibor qilgan va 
butun xattig‘harakatlarini, mimikasini ishga sola bilganki, garchi u o‘zini «Muin 
devona» deb e’lon qilgan bo‘lsada, uning «devona sifat» gaplari xalq qalbiga Yaqin 
bo‘lganligidan yig‘ilganlarga manzur bo‘lgan. 
Tasavvufda muomala madaniyati. Tasavvuf – holislik ta’limidir. Tasavvuf – 
muomala madaniyati hamdir. U til va dil yumshoqligiga, o‘zgalardan keladigan 
ranju ozorlarni ham xalimlik bilan, bartaraf qilishga o‘rgatadi. Axmad Yassasiyda 
shunday deyiladi: 
Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor, Ko‘ngli qattiq dilozordan xudo 
bezor.
2
Hadisi sharifda ham so‘z va uning qudrati xakida ajoyib fikrlar keltirilgan: 
"Munofiqning belgisi uchtadir: yolgon so‘zlash, va’dasini ustidan chiqmaslik 
va omonatga hiyonat qilish".
"Tangri nazdid eng yaxshi gap rost gapdir". 
"Qaysi birlaringda jaxlu g‘azab qo‘zisa, darxol u sukut saqlashga o‘tsin." 
"So‘zda sehr bor, she’rda esa xikmat". 
1
Quroni Karim Т."Cho‘lpon" 1992 B.121 
2
Axmad Yassaviy hikmatlar. Т.: G‘ofur G‘ulom 1991.B.9 


47 
 "Quloqqa yomon eshitiladigan gapdan saqlan". "Kishining go‘zalligi uning tilidan 
bilinur". 
"Sizlarning yaxshilaringiz – xushxulq , shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlarigiz 
esa og‘zini to‘ldirib, ezmalik ila ko‘p gapiruvchilaringizdir." "Tilini to‘zatgan kishiga 
tangrini raxmati bulsin".
"O‘z maqomida so‘zlab, fursatni g‘animat bilgan, o‘rinsiz so‘zdan saqlanib, 
salomat yurgan kishiga Tangri rahmu shavqat qiladi."
"Muloyimlik xikmatning boshidir". 
"Odamlar bilan xushmuomala bo‘linglar. Odamlarga qattiq qullik qilib, bexayo 
so‘zlamanglar 
1
". 
Sharq notiqligining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari juda ko‘p bo‘lgan. 
Ulardan bir qismi voizlikdan tashqari, voizlik haqida yozgan asarlari bilan ham 
mashhur bo‘lganlar. Chunonchi, “Abvobul jinon” risolasining muallifi Voiz 
Muhammad Vafil, “Zilolu maqol”ning muallifi Voiz Qazviniy, “Axsanul 
ahodis”ning muallifi Voiz Shirovniy, “Hidoyatul takvil”ning muallifi Muhammad 
Bobir Binni Muhammad Voiz, “Anisud voizin”ning muallifi Mulla Kalon Voiz 
Samarqandiy, “Miftaxun najjox”ning muallifi Qozi O‘shiy va boshqalar shular 
jumlasidandir. Shuningdek, o‘tmishning Baxouddin Valad, Jaloliddin Rumiy, 
Abulfayz Zunnun, Anas Junayd, Shibliy, Sirriy, Ruzbexon Nisaviy, Sheroziy, Xo‘ja 
Muayyad Mexnagiy, Mavlono Irshod, Ibroxim Balxiy, Xotam Asom, Muhammad 
Bobur, Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz Koshifiy, Muin Voiz kabi o‘nlab 
notiqlarning nomini tilga olish maqsadga muvofiqdir. 
Notiqlik san’atining ijtimoiy mavqeini diniy notiqliksiz tasavvur etish qiyin.
Diniy notiqlik. Diniy notiqlik xutba hamda va’z, deb aytiladi. 
Xutba musulmon sharqida keng tarqalgan diniy nutq ko‘rinishlaridan biri 
bo‘lib, uzoq tarixga ega. Xutba nutqining asosiy siyosiy axborot qismida esa xatib 
tinglovchilar davlat Yangiliklari, xalqaro axvol, mahalliy axborotlarni bayon qilgan. 
Tinglovchilarni avvalo, nutqning ana shu qismi qiziqtirganligi shak-shubhasiz, 
albatta. Chunki radio, televideniya va matbuot bo‘lmagan bir davrda xatibning 
1
Axloq odobga doir hadis namulari. Т. “FAN”1990. B 46-48-118 


48 
siyosiy axborotlari eng inobatli va deyarli yagona ma’lumot manbai bo‘lib xizmat 
qilgan. Shuning uchun xutba nutqining ham, xatib notiq shaxsining hurmati va 
e’tibori ham g‘oyat Yuksak bo‘lgan. Xutbaning e’tibori shu qadarki, xatto 
podshoxlar ham o‘z hukmronligini bildirish uchun xutbadan foydalangan. Xutba 
nutqining diniy, ma’lumotni etkazish xususiyatlaridan tashqari axloqiy jihati ham 
borki, bunda xatib o‘z tinglovchilariga axloq-odob masalalarda ham pand-nasihat 
qilgan. Ularning ibratli tomoni shundaki, birinchidan, bu nasihatlarning aksariyati 
oddiy xalqni axloqiy jixatdan tarbiyalash, muayyan miqdorda ularni ongini 
o‘stirishga xizmat qilgan. Ikkinchidan, xutba nutqlari quruq va rasmiy tilda emas, 
aksincha shirador tilda, hikoyat, rivoyat, sarguzasht, hujjat va boshqa ibratli va ayni 
paytda qiziqarli materiallar bilan asoslangan xolda so‘zlangan. Bu esa xutba 
nutqlarining nutqiy va estetik-badiiy qimmatni oshirgan. 
Xatiblar aslida juda katta olim, notiq kishilar bo‘lib, hokimiyat va omma 
o‘rtasida turgan asosiy ma’lumot etkazuvchi vositachi hisoblanganlar. 
Va’z diniy notiqlikka mansub ikkinchi nutq ko‘rinishidir. Va’z nutqlari ham 
asosan masjidlarda va diniy ayyomlardagi marosimlarda so‘zlanib, bu nutq ham 
diniy qobiqda bo‘lgan, albatta. Ammo va’zlar asosan keng ommaga 
mo‘ljallanganligi uchun diniyligi jihatdan xutbaga nisbatan ancha erkin. Va’zlarning 
nechog‘li diniyligi Yoki ma’lumotlarga boyligi quruqligi Yoki badiiyligi va’z 
eshituvchi kishilarning saviyasi va va’z aytuvchi voizning bilimi, mahorati Yoki shu 
kabi omillarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lgan. 
Bugungi kunda voiz-va’zxon ataluvchi kishilar diniy bayramlar va 
marosimlar – Ramazon va Qurbon hayitlari, Amri ma’ruf, Mavlud an-nabiy, Xatmi 
Qur’on kabi islomiy marosimlarda diniylik bilan zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan 
xolda ilm, ma’rifat, shariat va axloq masalalariga doir mavzular asosida suhbat 
quruvchilardir.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin