106
4.Taqdimotchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlar.
5.Taqdimot o‘tkazish qoidalari.
6.Notiq imiji.
Bugungi kunga kelib tafakkur madaniyatining sifati, zamonaviyligi, qamrovining
kengligi, ta’bir joiz bo‘lsa jahon andozalariga mos kelishi haqida ko‘plab fikrlar
bildirilmoqda. Tafakkur –
insonning noyob xususiyati, miyaning maxsuli,
obektiv
olamning tushunchalar,
muhokamalar, nazariyalar va hokazolardagi in’ikosining faol
jarayoni bo‘lib, amaliy faoliyatga bog‘liq bo‘lgan inson faoliyatining alohida ma’naviy
shaklidir. Shu bois tafakkur madaniyati insonni jamiyatda mavjud bo‘lgan, ajdodlar va
avlodlar tomonidan yaratilgan qadriyatlarni o‘zlashtirish darajasini, insonning ongi bilan
faoliyati orasidagi o‘zaro aloqadorlikning mustahkamligini, ma’naviy
intellektual
faoliyatining o‘ziga xos shakli, ko‘rinishini ifodalaydi.
Tafakkur madaniyati inson ijtimoiy qiyofasining muhim ta’rifi bo‘lib, uning
sivilizatsiyalashgan xolati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini o‘zlashtirish darajasini
ifodalaydi, insonning ongliligi, bilimdonligi, madaniyatliligidan dalolat beradi. Har bir
shaxsning tafakkur
madaniyati ijtimoiy muhit, uning sharoitlari,
mehnati va turmush
tarzi, boshqalar bilan munosabatda bo‘lishi zaminida shakllanadi, mustahkamlanadi.
Taqdimot marosimi etiketi ushbu masalalarni qo‘llay bilish, ulardan foydalanish
va tafakkurga asoslanib o‘tkaziladigan ta’lim yoki ma’lumot berishning zamonaviy
ko‘rinishidir.
Dostları ilə paylaş: