110
Ishbilarmonlik muloqotidan farqli o‘laroq, muloqotning taqdimot shaklida
taqdimotchi auditoriya uchun ajratilgan vaqtning aksariyat qismida gapiradi,
auditoriyani esa jim tinglay olishiga erishishi lozim.
Bu taqdimotchidan yuksak
muomala san’ati va etiket madaniyatini talab etadi.
Shu bois taqdimotchi amal qilishi lozim bo‘lgan ayrim xolatlarni
e’tiboringizga tavsiya etamiz.
1.
Taqdimot marosimining mas’uliyatini xis etish. Bunda siz avvalo, taqdimot
o‘tkazish
sizga nasib etganligini, bunday vazifa sizga bildirilgan yuksak
ishonch ekanligini ichdan xis eting. Zero, o‘zining g‘oya va qarashlariga
ishontirish iqtidori so‘z, ilm va muomalada “pishib yetilgan” insonlargagina
nasib etadi.
2.
Taqdim qiluvchi bilan auditoriya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik. Bunda «Men
sizlarsiz, sizlar esa mensiz biror natijaga erisha olmaymiz»
tamoyili ustuvor
ahamiyatga ega. Chunki auditoriya ma’ruzachi yoki taqdim qiluvchidan o‘zi
uchun zarur bo‘ladigan nimanidir kutadi. Anashu narsa yoki g‘oyani
taqdimotchi ayta olishi mumkin.
3.
Taqdimot matnini tayyorlash. Aytmoqchi bo‘lgan fikrlaringizni dastlab
qog‘ozga tushirishingiz, so‘ngra matndagi har bir jumla, har bir g‘oyani
mukammal o‘zlashtirib olishingiz zarur. Bu borada qisqacha tarqatma material,
ko‘rgazmali vositalar tayyorlash hamda turli rasmlar, su’ratlar va chizmalardan
foydalanish, mavzuning asosiy g‘oyasini tashkil
etadigan jihatlarga alohida
urg‘u berish maqsadga muvofiq.
4.
Taqdimotga tayyorgarlik. Har bir taqdimot yuksak saviyada o‘tishiga,
kelajakda samarali hamkorlikni yqlga qo‘yilishini istsangiz katami kichikmi
har bir taqdimotga jiddiy tayyorgarlik ko‘ring, fikru-hayolingiz taqdimot
marosmini o‘tkazish haqida bo‘lsin. Do‘stingiz yoki yaqin hamkasabangizdan
sizni tinglab ko‘rishini iltimos qiling, ma’ruzangizni
diktafon yoki magnit
lentasiga yozib olib so‘ngra uni bir necha bor eshiting, ortiqcha fikrlar bo‘lsa
qisqartiring.
111
5.
Taqdimot marosimi vositalari. Odatda taqdimot marosimlari uchun katta zal
yoki kichik auditoriya tanlanadi. Zalda sahna, minbar va shu kabi jihozlarning
bo‘lishi tabiiy. Siz iloji boricha minbardan kamroq foydalanishga harkat qiling.
Chunki minbar:
A) muloqot
jarayonida
sizni
auditoriya
bilan
ajratib
qo‘yadi;
B) minbardan auditoriyani chalg‘ituvchi va keraksiz ma’lumotlar aytib yuboriladi;
V) ko‘pchilik nazdida minbar juda baland joy hisoblanadi.
Agar minbardan foydalanish talab etilsa, undan zinhor o‘zingizdan oldin
chiqqan ma’ruzachilarni tanqid qilish uchun foydalanmang. Minbarga chiqingda,
bir-ikki minutdan so‘ng uni tark eting: tanglovchilar bu xolatga albatta baho
beradilar.
Taqdimotchining sahnada harakatlanishi: birinchidan - o‘zining jonli muloqot
jarayonida ekanligini eslatib turadi, ikkinchidan - kuchli hayajonlanishning oldini
oladi, uchinchidan – tinglovchilarning diqqatini jalb etadi.
Dostları ilə paylaş: