107
Tijoriy taqdimot. Savdo hodimlari o‘zlarining tijoratga doir takliflari va
ko‘rgazmalarini seminar yoki muloqot jarayonlari orqali taqdim qiladilar. Masalan,
tibbiyot mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar esa yangifarmuskunalar va
farmmahsulotlarni taqdimot qiladilar.
Boshqaruvchi taqdimoti. Bunda rahbar o‘z hodimlariga korxonaning kelajakdagi
vazifalari va global muammolarini miting, majlisni va yig‘ilish ko‘rinishida taqdim
etadi. O‘rta tabaqa xisoblangan menedjerlar o‘zlarining g‘oyalari, loyihalari va erishgan
natijalarini yuqori tabaqa hisoblangan rahbariyatga taqdim qiladilar.
Pablik rileyshnz va reklama taqdimoti. Mazkur soha mutaxassislari
kompaniyalarning axborot almashish strategiyasi va yangi tarmoqlarning istiqbollariga
doir masalalarni ilgari suradilar. Jamoat arboblari madaniy va ijtimoiy dasturlarni
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir olib boriladigan ishlarni taqdimot qiladilar.
Ilmiy taqdimot. Bunda olimlaro‘zlarining ilmiy g‘oyalarini, tadqiot o‘tkazishga
oid ilmiy zahiralar manbaini taqdimot qiladilar.
Ijtimoiy-siyosiy taqdimot. Bunday taqdimot marosimi ko‘proq siyosatchilar
hamda ijtimoiy soha mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday taqdimot
davra suhbati, debat, breyn ring, yuzma-yuz muloqot hamda matbuot konferensiyasi
ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin. Masalan, deputatlar o‘zlarining saylovoldi
dasturlarini
saylovchilarga taqdim etadilar, davlat arboblari esa taqdimot orqali o‘z
konsepsiyalarini bayon qiladilar. Tashabbuskorlik, tadbirkorlik va liderlikning
elementlari mavjud bo‘lgan barcha sohalarda taqdimot eng samarali vosita vazifasini
bajaradi.
Yuqoridagilardan
kelib chiqqan xolda, taqdimot marosimi - shaxs va jamoat
fikrini, g‘oyasini, qarashlari va konsepsiyalarini omma oldida ko‘rsatish, isbotlash
va ishontirishga asoslangan axborot almashuvning vositasidir.
Taqdimot marosimi paytida taqdim qiluvchi o‘zi ilgari surayotgan
g‘oyalaridan tinglovchilar xulosa qilish son bo‘lishi uchun muayyan imkoniyatlarni
tashkil
qilishi lozimki, toki ilgari surayotgan g‘oyalaringizni tinglovchilar amalda
tadbiq eta olishlari, o‘z faoliyatlariga qo‘llay bilishlari tezlashsin. Shuning uchun
108
ham taqdimot marosimining axborot uzatishning boshqa vositalaridan farq qiluvchi
jihatlari talaygina. Shulardan eng muhimi bilim va ma’lumotlarni uzatish usullaridir.
Avvalo, ma’lumot namadan iborat bo‘lishi lozimligini aniqlab olish lozim. Bir
qarashda bu jarayon juda oddiy ishdek ko‘rinadi, aslida esa ma’lumotni tushunish,
uni o‘zlashtirish bir qadar murakkab jarayondir. Zero,
hech qachon bilmagan,
hayotda to‘qnash kelmagan narsalarni odamlarga tushuntirish muayan mahorat,
bilim va aniqlikni talab etadi. Shuning uchun ma’lumtlarni yetkazishda ayrim
to‘siqlarga duch kelishimiz shubhasiz.
Dostları ilə paylaş: