112
• Chuqur nafas olish va sehrli so‘zlarni aytish kabi hayot sinovlaridan o‘tgan
vositalarni rad etmang.
3.
Tinglovchilarni qiziqtirish. Dastlab tinglovchilarning ayrim alohida urg‘u
berib, iltifot ko‘rsatishingiz «Sizning ishtirok etishingiz, taqdimotning samarali
o‘tishini ta’minlashidan umidvorman», “Siz qatnashsangiz o‘zimni doimo
himoyachim bordek xis qilaman” va hokazo kabi
munosabat tinglovchilarning
sizga nisbatan munosabati va qiziqishini orttiradi. Agar notanish auditoriya bilan
muloqot qilishingizga to‘g‘ri kelsa, avvalo auditoriyaning xolati, kontengenti,
imkoniyatlarini obdon o‘rganing. Noqulay vaziyatdan
chiqish maqsadida
tinglovchilarning manfaatlariga mos keluvchi hazil-mutoyiba so‘zlardan
foydalaning.
4.
Omma – taqdimotchi uchun oyna vositasi. Taqdimotingiz qanday
chiqqanligini auditoriyada o‘tirgan yoki sizni eshitgan ommagina xolis baxolaydi.
Agar taqdimot natijasi qay xolatda ketayotganligini bilishni istsangiz tanaffusni
kutib turishning yoki ishtirokchilar bilan suhbatlashishning xojati yo‘q: siz
tinglovchilarning ko‘zlariga qarang, vassalom. Agar yuz o‘qish san’atidan
habardor bo‘lsangiz, ularning harakatlari, qiyofalaridan
taqdimotni qanday
o‘tkazganligingizni bilib olasiz.
5.
Taqdimotda savol-javob. Taqdimotni yakunlar ekanmiz, uning natijasi bilan
albatta qiziqib ko‘ramiz. Buni bevosita savol-javob jarayoni orqali bilib olish
mumkin. Biroq, savolning bo‘lmasligini tadqiqotni ko‘ngildagidek chiqmaganligiga
yo‘yish mumkin. Chunki savolning bo‘lmasligi:
-Taqdimot hech kimga foyda bermaganligini;
-Taqdimotdagi muammolar bir-biri bilan bog‘lanmaganligi va fikrlar cho‘zilib
ketganligini;
-Siz tinglovchilarning “og‘riq nuqtalari”ga tegib ketganligingizni va ular bu
og‘riqni qaytalanmasligini xoxlaganlarini;
-Sizni tushunmaganlarini;
-Taqdimotingizning tizginini yo‘qotib qo‘yganligingizni bildiradi.
Biroq, savollarning hammasi ham kishini quvontira olmaydi. Muallif savol va
113
javob variantlarni turlarga ajratar ekan, ularning hayotda
uchrashi va aksincha
mutlaqo uchramasligini tushuntirishga harakat qiladi. Shunga ko‘ra savol
berilganda:
- Savollarni yozib oling. Chunki yozishingiz bilan bir paytda javobni o‘ylab
olish uchun imkoniyat yaratiladi.
- Agar savolga javob berishga qiynalsangiz, tinglovchilarga bu savolga javob
topib, ularga albatta yetkazishga va’da Bering. Buning uchun esa tinglovchilarga
yana bir bor o‘zingizni tanishtirib, ish joyingiz manzilini berishni unutmang.
Umuman olganda, taqdimot marosimi etiketiga doir yuqorida qayd etilgan fikr
va tavsiyalarga rioya qilish taqdimot marosimining samarali yakunlanishiga olib
keladi.
Tashqi ko‘rinish – insonning kim va qanday
ekanligi haqida dastlabki
ma’lumotni beruvchi, uning turmush tarzi va hayotida muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan faoliyati.
Insonning tashqi go‘zalligi nafaqat o‘ziga, balki boshqalarning faoliyatiga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zero, tashqi ko‘rinish :
Odamning
o‘tayotgan
kunini
sermazmun
va
xayrli
etadi;
Insonning hayotdan bahramand bo‘lish onlarini shirin qiladi va unga zavq
bag‘ishlaydi;
Odamni
ochiq
ko‘ngilli,
sertakalluf
va
olijanob
etadi;
Insonning hurmatini oshiradi va uning kelajagini belgilaydi.
Imij. Imijni sotib olib bo‘lmaydi. U yaratiladi.
Avvaliga siz imidj ustida
ishlasangiz, keyin u siz uchun xizmat qiladi. -deydi Jan Koto
Imidjning vazifalari: Shaxsni yuksaltiruvchi vazifa.
Shaxs atrofida jozibadorlik fazilati shakllanishi tufayli u o‘zining eng yaxshi
sifatlarini nomoyon etishda jamoaga ma’qul keladi, o‘zini erkin sezadi.
Shaxslararo munosabatlarni qulaylashtirish vazifasi.
Bu vazifaning mohiyati shundan iboratki, kishilarning jozibadorligi ular
uchun muloqotlarda yoqimtoylik va xayrixohlikni vujudga keltirsa bular o‘z
114
navbatida bag‘rikenglik va odobning ma’naviy me’yorini yaratib beradi.
Ruhan davolash vazifasi
Shaxs o‘zining favqulodda o‘zligini anglaganligi tufayli barqaror ko‘tarinki
kayfiyatda yuradi va o‘ziga ishonch xosil qiladi.
Isonning eng yaxshi sifatlarini yoritib beradi.
Munosib imij inson uchun u bilan muomalaga kirishadigan kishilarga uning
eng yaxshi fazilatlarini ko‘zga ko‘rinadigan qilib namoyish etishga,
uni aynan
yoqimtoy qiladigan yoki kishini o‘ziga tortadigan jihatlarini ko‘rib olishiga imkon
yaratadi.
Kishining shaxsiy salbiy xususiyatlarini pardalash.
Pardoz-andoz, libos bezaklari, bichimi, soch turmagi va hokazolar vositasida
insondagi mavjud nuqsonlardan kishilar e’tiborini chalg‘itish mumkin.
E’tiborni o‘ziga tortish.
Jozibador imij kishilar e’tiborini beixtiyor o‘ziga tortadi, boshqalarda yaxshi
ta’ssurot qoldiradi, shu bois ular jozibador imidjga ega kishining gapirayotgan yoki
ko‘rsatayotgan narsalariga ruhan osonroq ishonadilar.
Dostları ilə paylaş: