165
Ritorikaning axloqiy tamoyillari mavzusini zamonasiy pedagogik
texnologiyaning "FSMU " usulida tashkil etish va o‘tkazish
SENARIYSI
Dars mavzusi: (amaliy mashgulot) Ritorikaning axloqiy tamoyillari
Darsning ta’limiy maqsadi: Talabalarga ritorikaning axloqiy tamoyillari xaqida,
yaxshilikning ziynati va yomonlikning illatlari, yaxshi so‘zning qudrati, haqida
ma’lumot berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarli chiroyli so‘zlashning axloqiy
fuknsiyalari. Notiqlik san’atida adolat va haqiqat masalalari. Notiq shaxsiga
qo‘yiladigan talablar haqida fikr bildirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning axloqiy tafakkurini yuqsaltirish,
etikaning mezoniy tushunchasi yaxshilik va yaxshi so‘zning uyg‘unligi ularni inson
xayotidagi o‘rnini xis qilish hamda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini paydo qiluvchi
madaniyatni rivojlantirishdan iborat.
Darsda foydalaniladigan texnologiya:
FSMU texnologiyasi
Darsning borishi:
/. Tashkidiy qism.
2. Talabalarni amaliy mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan
tanishtirish.
Darsni o‘kituvchi kirish so‘zi bilan ochadi. U kirish so‘zida amaliy mashg‘ulotning
mavzusi, maqsadi va borishi bilan talabalarli tanishtirib, bugungi kunda jamiyatda
yaxshilik va yaxshi so‘zning qudrati ularning jamiyat xayotidagi, muomala
madaniyatidagi, oilaviy munosabatlardagi amaliy ahamiyatlarini yoritib berishga
bag‘ishlanganligi haqida fikr bildiriladi.
166
3. FSMU o‘tkazish.
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etish hamda o‘quv jarayonini
baxs - munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini
himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq xolda
baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘rgatadi.
Auditoriya 5 Yoki 6 ta kichik guruxlarga bo‘linadi. Ularga FSMU ning 4 ta
bosqichi yozilgan qog‘oz va baxs uchun vaziyatlar tarqatiladi. Vaziyatdan kelib chiqib,
ular 4 ta bosqich bo‘yicha qog‘ozga o‘z fikrlarini tushiradilar. Guruxdan biri kishi
chiqib o‘zlarini fikrini himoya qiladi, qolganlari ko‘shimcha qilishlari mumkin. Barcha
gurux eshitib bo‘lingandan so‘ng o‘kituvchi tomonidan muammo buyicha fikrlar
umumlashtiriladi.
FSMUning 4 bosqichi:
• F – fikringizni bayon eting.
• S - fikringiz bayon iga sabab ko‘rsating
• M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keyatiring
• U - fikringizni umumlashtiring
1 - vaziyat
Bizga ma’lumki, barcha davr, barcha xalqlar uchun bir hil bo‘lgan
yaxshilikning bo‘lishi mumkin emas. U davr, jamiyat taraqqiyotiga qarab o‘zgarib,
Yangi ma’no kasb eta beradi. Yaxshilik va yomonlik tushunchalari ham xuddi shunday
o‘zgarib boraveradi. Bir paytlar yaxshilik ma’nosini bildirgan hodisa vaqt o‘tishi bilan
yomonlikka aylanishi Yoki teskari bo‘lishi ham mumkin. Inson tafakkurining boshqa
sohalarida bo‘lgani kabi axloqda ham muttasil taraqqiyot sodir bo‘lib turadi.
Natijada yaxshilik va yomonlik xar bir jamiyatda o‘ziga hos xarakter kasb etadi.
Sizning fikringiz?
2- vaziyat
Oldingda o‘lim turganini sezishing g‘am eyishing uchun kifoyadir. Demak, xali
o‘lim kelmagan ekan, o‘z g‘amingni eb qol, odamlarga yaxshilik qilish bilan nomingni
yaxshilar qatoriga ko‘shib ket.
Aqilli kishida uchta xislat bo‘ladi: o‘ziga berilgan savollarga odob bilan javob
167
beradi, birovdan yomonlik kursa ham yaxshilik qiladi, xalqi uchun foydali fikrlarni
olga suradi.
3 – vaziyat
O‘z fursatida qilinmagak yaxshilik - yomonlikka yo‘l ochishi mumkin.
Yomonlarni extiyot qiling! Yomon yo‘k bo‘lsa, yaxshining kadri bilinmay
qoladi! Mexr - yaxshilik, kaxr - yomonlik belgisi. Shunaqa-ku, mabodo teskarisi bo‘lsa-
chi? Tasavvur qiling bir iflos kimsa begunox odamni o‘ldirib qo‘ydi. Siz mexr
ko‘rgazib ming yoqqa yugirdingiz. Bo‘lgan hodisani «tasodifga» yo‘nib uni jazodan
qutqarib qoldingiz. Ertasiga esa u boshqa odamni o‘ldirdi.Sizning mexringiz
yaxshilikka xizmat qildimi, yomonlikkami? Dunyoda soat kapgiridek tebranib
turadigan xaqiqatlar ham bo‘ladi.
4
- vaziyat
Billur guldon bilan tosh to‘qnashsa, toshga balo ham urmaydi, gul idishi
sinadi. negaki guldon bag‘rida gul bor. Yaxshi bilan yomon to‘qnashsa, yomonga
baloyam urmaydi, yaxshining dili vayron bo‘ladi. Negaki yaxshining qalbida ezgulik
bor.
5
- vaziyat
Yomonlikka yaxshilik bilan javob bersang bir xissa savob olasan. Yaxshilikka
yomonlik bilan javob bersang, un xissa gunohga botasan. Negaki, bu dunyoda
yomonlikka yaxshilik qiladiganlardan ko‘ra yaxshilikka yomonlik qiladiganlar o‘n
xissa ko‘p.
6-vaziyat
Bir kuni bir yaxshi kishi ko‘chadan o‘tib borg‘onida bir necha xayosiz kishilar
orqasidan yamon so‘zlar ila so‘kib qoldilar. Bu kishi alarning so‘zini(ng) eshitib,
ko‘lini ko‘tarib: «Yo Rab, bu nodonlarg‘a o‘zing aql bergil va tug‘ri yo‘lga solgil!»-
deb duo qildi. Bu xoldan xabardor bir kishi so‘radiki, «Nima uchun siz ul kishilarning
xaqqiga yaxshi duo qildingiz?»-deb. Ul kishi :»Ey birodar, xar kim o‘zida borini
berur. Menda yaxshilik bor edi, shuni berdim, onlarda yamonlig‘ bor ekan, oni
168
berdilar. O‘zingda yo‘k narsani qaydan olib berursan, xar kim qilganicha topar,
yamonning yamonligi o‘z boshiga etar»,-deb javob berdi.
7 - vaziyat
Yaxshi hamsuhbat xuddi mushku anbar olib yurgan kishiga uxshaydi. Birga bo‘lsang,
mushkidan beradi Yoki o‘zing undan sotib olasan, hech bo‘lmaganda esa, uning xush
bo‘yidan baxramand bo‘lasan. Yomon hamsuhbat esa, xuddi temirchining bosqoniga
o‘xshaydi: yo kiyimingni kuydiradi, Yoki uning badbuy xidi senga ham urib qoladi».
Do‘st tanlashdagi islom ta’limotlari mana shulardan iborat. Ular doimo bizni
yaxshilikka etaqlaydi va yomonlikdan saqlaydi.
8 - vaziyat
Shirinso‘zlik va muloyimlikning shartlaridan biri ovozni pastlatib, mayin gapirishdir.
Shuning uchun Allox ovozni pastroq qilib gapirishga chaqirib, qattiq, baqirib
gapirishni xuddi eshshakning xangrashiga o‘xshatadi: «So‘zlaganda ovozingni
pastrok tushirgin, zero eng yomon ovoz - eshshakning ovozidir» (Lukmon surasi,
39 oyat).
Dostları ilə paylaş: |