Ikkinchimuomala. Korxonaning ishchi va xizmatchilariga ish haqi hisoblanadi: Ishchilarga - M mahsulotni ishlab chiqargani uchun 16000 so’m
Ishchilarga - M mahsulotni ishlab chiqargani uchun 14000 so’m
Jami 30000 so’m
Tsexning umumishlab chiqarish xodimlariga 6000 so’m
Hammasi 36000 so’m
Ish haqini hisoblash korxona xodimlariga o’tgan davr uchun to’lanishi lozim bo’lgan summani aniqlashni anglatadi. Bunday korxona oldida, birinchidan, ishchi va xizmatchilarga ish haqini to’lashga doir majburiyatlar yuzaga keladi. Shuning uchun muomala summasi «Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisob - kitoblar» schyotining kreditida aks ettirilishi kerak chunki bu schyot passiv bo’lib, unda korxonaning xodimlar oldidagi majburiyatlarining ko’payishi aks ettiriladi. Ikkinchidan, ish haqining hisoblanishi ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun mazkur operatsiyani ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga olinadigan schyotlarning debetiga olib borish kerak.
Mahsulot tayyorlaganligi uchun ishchilarga hisoblangan ish haqining summasi bevosita
«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetida hisobga olinadi, chunki u to’g’ri xarajatdir, shu bilan bir vaqtda u mahsulot ishlab chiqarishning tahliliy schyotlari debetida ham - M mahsuloti bo’yicha 16000 so’m va N mahsuloti bo’yicha 14000 so’m aks ettirilgan. Asbob - uskunalarning ishini ta’minlovchi ishchilarga hamda tsexning xizmat qiluvchi va boshqaruvchi xodimlariga ish haqini hisoblanishi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotining debetida aks ettiriladi. Uni to’g’ridan - to’g’ri «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetiga olib borish mumkin emas, chunki ayrim ishlab chiqarilayotgan (M va N) mahsulotlari o’rtasida qanday taqsimlanish ma’lum emas. Ular - egri xarajatdir.
Ikkinchi muomalaning yozuvi:
D-t «Asosiy ishlab chiqarish» sch. 30000
D-t «Umumishlab chiqarish xarajatlari» 6000 K-t «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan
hisob-kitoblar» sch. 36000