Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə44/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

«Materiallar» schyotining sintetik hisobi



Muomala
raqami

Xarid
qiymati

Xaqiqiy
tannarxi




1
2

10000
-

10900
300




Aylanma

10000

11200






«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» sch.


D-t K-t

«Hisob-kitob» sch.


D-t K-t

A materiallar
D-t K-t
B materiallar
D-t K-t




Muomalalardan ko’rinib turibdiki, ularda ta’minot jarayonini tavsiflovchi barcha ko’rsatkichlar aks ettirilar ekan. «Materiallar» sintetik schyoti va uning rivojiga ochiladigan materiallar ayrim (A va B) turlarining tahliliy schyotlar yordamida ta’minot buxgalteriya hisobi oldida turgan har xil vazifalarni bajarish uncha qiyin emas. Ta’minot haqiqiy hajmi to’g’risidagi miqdoriy ko’rsatkich «Materiallar» schyotining debet aylanmasidan (xarid qiymati ustidan) ko’rinib turibdi. U korxona tomonidan shu davr ichida xarid qiymati baholangan 10000 so’mli materiallar tayyorlanganligini ko’rsatmoqda. Tayyorlangan materiallarning sifat ko’rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi.



Barcha tayyorlangan materiallar bo’yicha «Haqiqiy tannarx» ustunning yakuni asosida (undan ko’rinib turibdiki, barcha sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi 11200 so’mni tashkil qilgan ekan). Har bir material turining tannarxi maxsus hisob - kitoblar bilan aniqlanadi.
Yuqorida yoritilgan tartibga asoslangan holda, ushbu hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. Barcha tayyorlangan materiallar bo’yicha trasport xarajatlari 120000 so’mni (11200-
10000) tashkil qilgan.
Trasport xarajatlari hisobidagi baholanishga (xarid qiymatiga) nisbatan, % da: 1200 * 100 / 10000 = 12%
Materiallarga to’g’ri keladigan trasport xarajatlari:
A 8000 * 12 / 100 = 960 so’m.
B 2000 * 12 / 100 = 240 so’m.
Materiallarning haqiqiy tannarxi:
A 8000 + 960 = 8960 so’m.
B 2000 + 240 = 2240 so’m.
Agar korxonada 1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish» va 1610 «Materiallar qiymatidagi og’ishlar hisobi» schyotlaridan foydalanilsa, unda haqiqiy tannarxni rejadagi tannarxdan oshig’i yoki transport tayyorlash xarajatlari va tayyorlov tashkilotlarning ustamasi hisobot davri davomida mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan, sotish uchun hisobdan chiqarilgan va uy – joy - kommunal va boshqa nosanoat xo’jaliklariga berilgan hamda hisobot davrining oxiriga qoldiq bo’lib qolgan xom ashyo va materiallarning hisobdagi (rejadagi) qiymatiga nisbatan mutanosib hisoblanadi.
Tayorlangan materiallarni har bir turining haqiqiy tannarxini mukammal tafsiflash maqsadida ularga kalkulyatsiya tuziladi. Bunday kalkulyatsiya asosida tayorlangan materiallarning faqat har bir turining hamma partiyasinigina emas, balki shu materiallar birligining tannarxi ham aniqlanadi.
Materiallar tannarxining kalkulyatsiyasi (so’m, tiyin)




Xarajatlar moddalari



A materiallari

B materiallari

Jami miqdoriga (4000 kg)

1 kg.ga

Jami miqdoriga (2000 kg)

1 kg.ga

Xarid qiymati

8000

2

2000

1

Transport - tayyorlash xarajatlari

960

0-24

240

0-12

Haqiqiy tannarx jami

8960

2-24

2240

1-12

Materiallar tayyorlashni hisobga olishni 15 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» va 16


«Materiallar qiymatidagi farq» schyotlaridan foydalangan xolda ham amalga oshirish mumkin.
Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)ning hisobi alohida ajratilgan holda yoritiladi. Sarflangan materiallarga to’g’ri keladigan og’ishish va QQSning hissasini aniqlashga doir ularni hisobga olish va hisob - kitoblar mexanizmi keyingi mavzularda chuqurroq o’rganiladi.

Ishlab chiqarishda uch asosiy element - mehnat, mehnat buyumlari va mehnat vositalarining qatnashuvi korxonaning tegishli xarajatlarini yuzaga keltiradi. Korxonaning mahsulot tayyorlash xarajatlariga quyidagilar kiradi: ishchilarga to’lanadigan ish haqi, mahsulot tayyorlashga sarflangan mehnat buyumlarining qiymati va ishlab chiqarishdagi mehnat vositalarining amortizatsiyasi. Undan tashqari korxona ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish uchun umumishlab chiqarish xarajatlarini ham qiladi. Ularga xizmat qiluvchi xodimlarning ish xaqi, umumishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan mehnat buyumlarining qiymati (binolarni isitish va yoritish, ularning tozaligini saqlash va boshqalar), asbob - uskunalar, imoratlar va xo’jalik anjomlarining amortizatsiyasi va ularni tuzatish xarajatlari va boshqalar kiradi.


Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga asosan korxonaning yuqorida keltirgan barcha xarajatlarining umumiy summasi mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va ishlab chiqarish tannarxi deb ataladigan tannarxni hosil qiladi.
BMT metodika bo’yicha u mainal tannarx ya’ni cheklangan, chegaralangan tannarx deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining natijasi - tayyor mahsulot ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarishga xarajatlar qilish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayoni birinchi navbatda ishlab chiqarish hajmi (tayyorlashi lozim bo’lgan mahsulot miqdori) va uning tannarxi nazarda tutadigan rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
Shulardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish jarayonining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin