13330 ИШчи даст. Умумий физика-(2-3 курслар учун- 2015
2.8. Baholash mezoni Talabaning atom, yadpo va elementar zarralar fizikasi boyicha o’zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi.
Joriy nazorat (JN).
Oraliq nazorat (ON).
Yakuniy nazorat (YN).
Talabaning fan boyicha mustaqil ishi JN va ON turlarida baholab boriladi.
Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi boyicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichlari 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari boyicha quyidagicha taqsimlanadi:
- joriy nazoratga 40 ball;
- oraliq nazoratga 30 ball;
- yakuniy nazoratga 30 ball.
1.1. Joriy nazoratda atom, yadro va elementar zarralar fizikasi fanining har bir mavzusi boyicha talabaning bilimi va amaliy ko’nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u laboratoriya mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Bunda talabaning davomati, mashg’ulotdagi faolligi, laboratoriya ishlari yuzasidan tayyorlangan xisobotlarining xulosasi, xatoliklarni hisoblash va grafiklar chizish natijasida fanning asosiy mohiyati, fikrlash qobiliyati va bajarilgan ish boyicha qo’shimcha adabiyotlardan foydalanganligini inobatga olgan holda 6 ta darsda reyting tizimining JN ga ajratilgan 30 foizdan kelib chiqqan holda umumiy 30 ball (saralash bali- 17 ball) bilan baholanadi.
1.2. Joriy nazorat davomida talaba laboratoriya mashg’ulotidan tashqari kunning ikkinchi yarmida 1 ta mustaqil ish topshiradi. Mazkur mustaqil ishlar reyting tizimining ON ga ajratilgan 10 foizdan kelib chiqqan holda umumiy 10 ball.
2. Oraliq nazoratda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo’limi yoki qismi boyicha nazariy mashg’ulotlar o’tib bo’lgandan so’ng, talabaning nazariy bilimlari yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. Ya’ni, ON da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan muayyan bo’limlari boyicha semestr davomida 1-2 marotaba yozma ish o’tkaziladi. Yozma ish reyting tizmining ON ga ajratilgan 30 foizidan kelib chiqqan holda umumiy 30 ball ( saralash bali- 16,7) bilan baholanadi.
3. Yakuniy nazoratda talabaning bilimim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YN semestr yakunida og’zaki so’rov usulida o’tkaziladi. Bu usulda o’tkaziladigan YN da har bir guruh uchun o’tilgan mavzular boyicha 3 ta savoldan iborat biletlar ishlab chiqiladi. Yozma ish reyting tizimining YN ga ajratilgan 30 foizidan kelib chiqqan holda, umumiy 30 ball ( saralash bali-16,7) bilan baholanadi.