Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari Estetikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 77,01 Kb.
səhifə1/11
tarix02.06.2023
ölçüsü77,01 Kb.
#122905
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining


8-MAVZU. ESTETIKA NAZARIYASI.


REJA:

  1. Estetikaning falsafiy mohiyati.

  2. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari

  3. Estetikaning asosiy kategoriyalari

  4. Dizaynning estetik mohiyati.



TAYANCH TUSHUNCHALAR


Estetika, nafosat, san’at, badiiy ijod, Estetik tafakkur, estetika tarixi, Suqrot va Aflotun, Arastuning estetik qarashlari, estetik ta’limoti, «mimesis», O‘rta asrlar musulmon SHarqi estetikasi, Ovro‘pa ma’rifatparvarlari estetikasi, Olmon mumtoz estetiksi, Eng yangi davr, estetikasi Estetik mezoniy tushunchalar, estetik bilish, nafosat – estetikasi, go‘zallik tushunchasi, go‘zallik va xunuklik. ulug‘vorlik, san’atda ulug‘vorlik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojeaviylik, fojeaviylik va estetik ideal; kulgililik, kulgili holat, hazil hissi; kulgililikning san’atda namoyon bo‘lishi. estetik tarbiya, san’at, badiiy ijod, dizayn


Estetikaning falsafiy mohiyati

Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi.


«Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (Baumgarten 1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnits (Leibniz / 1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Estetika fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Georg Vilgelm Fridrix Xegel (Hegel / 1770-1831) esa o‘z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo‘llashga urinishlar bo‘ldi. So‘zning o‘z-o‘zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. SHunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu – «san’at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda – «badiiy ijod falsafasi».
Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» iboralariga to‘xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug‘ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Zero bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog‘lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go‘zallik falsafasi» degan ibora bu fani mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. SHuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘‘jizaviylik, hayolilik uyg‘unlik, noziklik singari ko‘pdan-ko‘p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur (element) sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosat deb ataymiz.
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyati hisoblanadi. SHu bois u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go‘zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatga ega bo‘lolmaydi.
San’at estetikaning ob’ekti sifatida o‘ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. SHunga ko‘ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini o‘taydi. U insonni o‘rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko‘makchisi, etakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo‘lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o‘zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi.
SHunday qilib, estetika san’atni to‘la qamrab oladi va uning ich–ichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart–sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi – idrok etuvchiga etib borgunigacha bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero «San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda.
Estetika – falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o‘z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. SHu bois tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun–qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozitsiya v.h. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me’morlik san’atiga tadbiq etib bo‘lmaydi.



Yüklə 77,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin