Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari Estetikaning asosiy kategoriyalari


Qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligi



Yüklə 77,01 Kb.
səhifə3/11
tarix02.06.2023
ölçüsü77,01 Kb.
#122905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining

Qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligi
Qadimgi yunon mumtoz falsafasi haqida gap ketganda ko‘pgina adabiyotlarda uni go‘yo YUnonistonda o‘z–o‘zidan paydo bo‘lib qolgan aqliy yuksaklik, ya’ni, yunonlarning (ovro‘paliklarning) boshqa irqlarga nisbatan buyukligidan dalolat beruvchi hodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi YUnoniston fani va madaniyati Eron, Bobilon, qadimgi Misr va qadimgi Hindiston singari SHarq mamlakatlari erishgan yutuqlardan foydalanib, shu darajaga ko‘tarildi. Qadimgi SHarq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o‘tadi. CHunonchi, Fales, Pifagor, Demokrit, Heraklit, Suqrot, Aflotun singari allomalar ana shu maktab ta’limotidan bahramand bo‘lib, buyuklikka erishganlar.
Suqrot (miloddan avvalgi 469–399 yillar). U jahon falsafasida birinchi bo‘lib antropologik yondoshuvga asos solgan mutafakkir, ungacha falsafaga faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi. U diqqatni kosmos–fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti–harakati, axloqiyligi nuqtai nazaridan o‘rganishga kirishdi.
Aflotun (milodgacha 427–347). Uning estetika borasidagi fikr–mulohazalari asosan «Ion», «Fedr», «Bazm», «Qonunlar», «Davlat» singari asarlarida o‘z ifodasini topgan.
Aflotun Suqrotdan farqli o‘laroq, g‘oyalar muammosini o‘rtaga tashlaydi. Uning nazdida asl borliq ana shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar ham shuncha. G‘oyalarning o‘rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo g‘oyalar, undan keyin narsalar. Atrof–tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g‘oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli.
Arastu (milodgacha 384–322). Uning asosan «Xitoba» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «SHe’riyat san’ati» («Poetika») asarlarida estetika muammolari o‘rtaga tashlangan.
Arastu go‘zallik masalasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Go‘zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon bo‘ladi. Go‘zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko‘ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar ham hajman oson ilg‘ab olinadigan bo‘lishlari kerak, deydi faylasuf – SHunga o‘xshash fabula ham oson esda qoladigan cho‘ziqlikka ega bo‘lishi shart».



Yüklə 77,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin