Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari Estetikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 77,01 Kb.
səhifə6/11
tarix02.06.2023
ölçüsü77,01 Kb.
#122905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining

Gegel ta’biricha: Mutloq ruh-g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir. His-tuyg‘u qobig‘iga ega bo‘lgan mutloq ruh- g‘oya, ya’ni porlab turgan narsagina go‘zaldir. San’at go‘zallikning asl makonidir. Gegel simmetriya tushunchasiga katta e’tibor beradi. Uningcha simmetriya qoidasiga binoan, shunday narsa go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa; shunday daraxt go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgi (olma, anjir, anor)lari to‘la va bevosita ko‘rinsa. SHunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan tarzda ifodalansa.
Arastu: go‘zallikni moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik, mezon-o‘lchovlik kabi miqdorli va makonli tavsiflari bilan bog‘lab mushohada qiladi.. «Garmoniya» asosida go‘zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi, loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi... «o‘ta kichik narsa go‘zal bo‘la olmas edi, chunki, juda oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi.
Go‘zallik – bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik zavqlanish, ma’naviy qoniqish vujudga kelishga imkon yaratayotgan jarayondir.
Go‘zallik ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foyda – u avvalo, insonga, jamiyatga, tarao‘o‘iyotga ma’naviy foyda keltiradi. Go‘zallik inson erkinligining ramzidir.
Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo‘lib, ularni idrok etish: - hayrat va quvonch bag‘ishlaydi; - shaxsning uyg‘un hamohang rivojlanishiga; - unda eng yaxshi insoniy xislat – fazilatlar tarkib topishiga ko‘maklashadi.
Insonning go‘zallikni anglashi o‘zgaruvchan. Go‘zallik hamma vaqt insonning ijtimoiy orzulari bilan qorishib ketganini nazarda tutish lozim. Patriarxat davrida - ko‘p bola tug‘ib o‘stirgan ayol – ayol qomatini ataylab qing‘ir-qiyshiq qiyofasini tasvirlash go‘zallik tushunchasiga mos kelgan. Haykaltaroshlar ayolni qing‘ir qiyshiq qomatini tasvirlagan haykallar yaratganlar.

Yüklə 77,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin