Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari Estetikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 77,01 Kb.
səhifə5/11
tarix02.06.2023
ölçüsü77,01 Kb.
#122905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining

Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al G‘G‘azzoliy (1058–1111), O‘rta asrlar musulmon SHarqi nafosatshunosligida mashshoiyyo‘nlik yo‘nalishi bilan birga tasavvufiy yo‘nalish ham vujudga keldi. Uning buyuk vakili tasavvuf falsafasi asoschisi tengi kam ilohiyotchi Imom G‘azzoliydir. Uning «Ihyo ulum ad din» («Din haqidagi ilmlarning tirilishi») va «Kimyoi saodat» asarlarida estetikaka keng o‘rin berilgan.
G‘azzoliy ularda go‘zallik tushunchasiga alohida to‘htaladi, manfaatsiz go‘zallik, oltinchi sezgi vositasida his etiladigan go‘zallik haqida o‘ziga xos nazariyalarni o‘rtaga tashlaydi. Bularning hammasi muhabbat tushunchasi bilan bog‘liq holda tadqiq etiladi. Zero G‘azzoliy muhabbatni besh turga bo‘ladi. Uning dastlabki uch turi asosan ahloqshunoslikka, so‘nggi ikki turi esa estetikaga taalluqli.
Kamoluddin Behzod (1455-1537). Bu davrda tasviriy san’at o‘zining sharqona ko‘rinishi–miniatyura janrida yuksak darajaga ko‘tarildi. Hirotda »Nigoriston» miniatyura maktabi vujudga keldi. Uning etakchi rassomi Kamoliddin Behzod «SHarq Rafaeli» nomini oldi.


Estetikaning asosiy kategoriyalari


Go‘zallik –estetikaning asosiy kategoriyasidir. Go‘zallik - nafosat olamining mag‘zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil etadi. SHu bois estetikani go‘zallik haqidagi fan, go‘zallik falsafasi ham deb ataydilar.
Estetika his-tuyg‘u, eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi. Estetik orzu esa go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi.
Estetik did bo‘lsa, ko‘p jihatdan shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani xuniklik sifatida idrok etishida namoyon bo‘ladi.
Estetik qarashlar – go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi.
Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan narsani ko‘rsatish ancha oson. Lekin o‘sha narsa nima uchun go‘zal ekanini tushuntirib berish qiyin.
Aflotun fikricha: go‘zallik vujudga kelmaydi va barbod bo‘lmaydi, balki u vaqt va makon tashqarisida amal qiladi. Go‘zallik tuyg‘usidan yuqoriroq tabiatga molik bo‘lgani uchun his tuyg‘u vositasida anglash mumkin bo‘ladi.

Yüklə 77,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin