Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining
Qadimgi SHarqdagi estetik qarashlar Somir. Somir insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma’lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. SHubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy estetik darajasida hamda faoliyatida namoyon bo‘lgan. Somirliklar birinchi bo‘lib yozuvni kashf etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar. SHuni alohida ta’kidlash joizki, hech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha bu qadar ko‘p sonli yozma hujjatlar etib kelgan emas.
Bobilon.Bobilon so‘z san’atida «Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni, Agushayya, Gilgamesh, Adan, Etana, «Ishtarning qa’rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari diniy–falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oya – hayot va mamot o‘rtasidagi kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati», «Tushkunlik haqidagi suhbat» deb atalgan dostonlar ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi.
Misr.Estetik tafakkur taraqqiyotiga Qadimgi Misrmadaniyati juda katta hissa qo‘shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar.
Ma’lumki, Nil daryosi qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go‘zallikdir. SHuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Qadimgi Misr san’atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan.
Xitoy. Qadimgi Xitoy estetikasida ikki yo‘nalish alohida ajralib turadi. Bular – daochilik va konfutsiychilik. Daochilik yo‘nalishining muhim belgisi,bu–fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go‘zalligi; jamiyat va inson go‘zalligi darajasi esa ana shu borliq go‘zalligiga qanchalik o‘xshash, yaqin ekanligi bilan belgilanadi. Konfutsiychilik xulqiy go‘zallik muammosini o‘rtaga tashlaydi; axloqiy–estetik ideal uning eng muhim belgisi sanaladi.