Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari Estetikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 77,01 Kb.
səhifə7/11
tarix02.06.2023
ölçüsü77,01 Kb.
#122905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining

Go‘zallik konunlari : 1.Me’yor; 2.Predmetning yaxlitligi;
3.Rang-baranglikning organik birligi(uyg‘unligik);. 4.Predmet tuzilishining maqsadga muvofiqligi; 5. «Buyum qonunining hissiy ifodasi sifatida estetik forma».
Qadimgi YUnonlar uchun jismoniy va ma’naviy barkamol inson go‘zalligining ideali bo‘lgan. Tana va ruh garmoniyasi hammadan ko‘p qadrlangan. Vatani Qadimiy Gretsiya bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari shunchaki sport musobaqasi emas edi, balki kishilardagi jismoniy va ma’naviy fazilatlar bayrami – ko‘rigi bo‘lgan. Masalan: kimki birovni jamiyatga zid hatti-harakatlar bilan badnom qilgan bo‘lsa, bunday kishilarni ko‘rikda qatnashtirmaganlar. Adolat, mardlik, yaxshilik doim go‘zal hisoblangan.
O‘rta asrlarda go‘zallik – real hayotda emas, balki u dunyodagi «osmoniy» olamda deb hisoblaganlar. Tanani «ruh» uchun o‘ldirish jismoniy va ma’naviy garmoniya emas, balki ularni ajratish, bir-biriga zid qo‘yish go‘zallik hisoblangan. Go‘zallikni turli xil toifa va tabaqadagi kishilar ham o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib baholaganlar. Masalan: dehqon nazarida: sog‘lom, baquvvat, yonoqlari naqsh olmadek qiz go‘zal hisoblangan bo‘lsa, dvoryan nazarida: zaiflik, noz, tantiqlik, purvuqorlik jononlarning go‘zalligi sanalgan.
Go‘zallik hamma davrlarda ijobiy hodisa va xususiyat deb tushunilgan. Kishilar u yoki bu predmet, voqea va hatti-harakatlarni go‘zallik deb ataganlarida go‘zallikdagi barcha narsalar, hayotning ijobiy va progmativ belgilarini aks ettiradi va ifodalaydi deb bilganlar. Go‘zallik tabiatda, insoniy munosabatlar, san’atda namoyon bo‘ladi. Go‘zal narsa bizni hamisha zavqlantiradi, yorqin his-tuyg‘ular uyg‘otadi, kayfiyatimizni chog‘ qiladi.
San’atda go‘zallk. San’at - inson jasoratining go‘zalligini uning oliyjanobligini, fidoyiligini aks ettiradi. San’at tabiat va insonni hao‘o‘oniy yuksak badiiy formada aks etirsa, yuksak ideallar uchun kurashsa, u go‘zal bo‘ladi. San’at sotsial yovuzlikni, tubanlikni, razillikni ham fosh etadi. San’at hayotning xunuk jihatlari va hodisalarini tasvirlash bilan bizni go‘zallikka chorlaydi.

Yüklə 77,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin