Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari Estetikaning asosiy kategoriyalari


O‘rta asrlar Musulmon SHarqi mutafakkirlarining estetik qarashlari



Yüklə 77,01 Kb.
səhifə4/11
tarix02.06.2023
ölçüsü77,01 Kb.
#122905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Estetikaning falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur taraqqiyotining

O‘rta asrlar Musulmon SHarqi mutafakkirlarining estetik qarashlari

Antik dunyo mumtoz estetikasi yo‘nalishlari va g‘oyalarini O‘rta asrlar Musulmon SHarqi mutafakkirlari davom ettirdilar. Ular qadimgi YUnon faylasuflari va olimlari asarlarini sharhladilar, tanqidiy o‘rgandilar, tarjima qildilar. Arastuni esa ular «Birinchi muallim» deb atadilar. SHu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: nima uchun ajdodlarimiz o‘zimizning SHarqqa, deylik, qadimgi Xitoyga emas, Ovro‘paga–yunonlarga murojaat qildilar?


Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zluq ibn Tarxon Forobiy (873–950). Arastudan keyingi ustoz «Muallimi soniy» – «Ikkinchi muallim» nomini olgan buyuk faylasuf. Uning qarashlarida ezgulik bilan go‘zallik ma’lum ma’noda aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. SHuning uchun uning asarlarida «Go‘zal xatti–harakatlar», «Go‘zal qilmishlar» degan iboralarni uchratish mumkin. Go‘zallikka etishishni u falsafa tufayli ro‘y beradi, deb hisoblaydi. har bir narsa hodisaning go‘zalligi uning o‘z borlig‘ini to‘la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog‘liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go‘zallikni farqlaydi–ichki va tashqi.
Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (980–1037).
O‘rta asrlar nafosatshunosligida Ibn Sinoning «SHe’r san’ati» asari o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Unda qomusiy alloma, Arastu «Poetika»sini sharhlar ekan, o‘ziga xos yangiliklar kiritadi va she’rning keyinchalik mashhur bo‘lib ketgan mana bu qoidasini keltiradi: «SHe’r deb – obrazli so‘zlardan iborat bo‘lgan ritmli, bir–biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralar bir–biriga teng, vaznlari qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir–biriga o‘xshash satrlarga aytiladi». Uning fikriga ko‘ra, she’r taqlidiy fikr natijasi o‘laroq uch xil yo‘l bilan yuzaga keladi. Birinchisi lahn – uyg‘unlik, undan keyin kalom – so‘z keladi (bunda albatta timsolli–obrazli so‘z nazarda tutiladi). Uchinchisi vazn. Mana shu uch yo‘lning bir-birga mos kelishi natijasida she’r paydo bo‘ladi.

Yüklə 77,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin