Toshkent – 2019 №1 Laboratoriya ishi Oqsilning sho`rlanishi


Endi tuproqning nam sig’imini aniqlash kerak



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə24/26
tarix06.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#86850
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Endi tuproqning nam sig’imini aniqlash kerak. Buning uchun uzunligi18 – 20 sm va diametri 3-5sm li shisha nay olib, uning bir uchi doka bilan mahkam berkitiladi; so’ngra uni tarozida tortib, sof vazni aniqlanadi. Keyin 3̷̷̷ 4 qismiga
Tuproq solib, tuproq bilan birgalikdagi vazni aniqlanadi. Nihoyat, nay baland devorli kristallizatorga joylanadi va ichidagi tuproq yuzasiga teng kelguncha unga suv quyiladi. Nay suvli kristallizator ichida 1–3 kun turgandan keyin olinadi va ichidagi ortiqcha suv oqib bo’lguncha shtativga mahkamlab qo’yiladi. Suv tomchilari oqib tugagandan keyin nayning aylanasi filtr qog’oz bilan quritiladi va tarozida tortiladi. Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yozib boriladi:



Tuproqning turi

Bo’sh nay
(silindrning)
vazni (g)

Tuproq to’ldirilgan nay (silindr) ning vazni (g)

Sof tuproqning va
zni (g)

Tuproqqa suv quyilgandagi vazni(g)

Shimilgan suvning vazni (g)

1-O’lcha-
shda

2-O’lcha-
shda



Bo’z tuproq va x.k

130,435

354,620

224,185

398,860

398,860

44,240

Eslatma:tuproqning nam sig’imi aniqlashda shisha nay o’rniga temirdan yasalgan mahsus silindrdan foydalanish mumkin.
Jadval ma’lumotlariga asoslanib, tuproqqa qo’shimcha shimilgan suv miqdori prosent hisobida aniqlanadi. Bu masala quyidagi proporsiya bilan yechiladi:

224,185 – 44,240 X= 44,240x100 ̷ 224,185 = 19,73 %


100 - X

Demak, 100 g tuproq 19,73 g suv shimar ekan. Shunday qilib, bu tuproq tarkibida ilgari bo’lgan va keyin shimilgan suvning umumiy miqdori 23,24+19,73=42,97 % bo’ladi. Tuproq tarkibida 23,24 g suv borligini aniqlab oldik. Endi bu tuproqning sof (suvdan tashqari) vaznini aniqlash kerek. Bu quydagicha bajariladi: 100-23,24=76,76 g


Shu tariqa 76,76 g quruq tuproqni suvga to’yintirish uchun unga 42,97 % suv qo’shish kerak bo’lsa , 100 g quruq tuproqni suvga to’yintirish uchun, yani uning to’la nam sig’imini aniqlash uchun:

76,76-42,97 x=42,97x100 ̷ 76,76 = 55,97 g Suv qo’shish kerak.


100-x

O’simliklar normal o’sib rivojlanishi uchun tuproq tarkibida havo ham bo’lishi zarur. Agar havo bo’lmasa, o’simliklarning nafas olish prosessi buziladi va ular nobud bo’ladi. Bunday hodisa yuz bermasligi uchun tuproqni namiqtirishda uning to’la nam sig’imiga nisbatan 60-70 % suv berish kerak. Bu masala quyidagi tenglama yordamida hal qilinadi:


55,97 – 100 X = 55,97 x 60 ̷ 100 = 33,58g


X - 60
Binobarin, 100 g quruq tuproqni to’la nam sig’imining 60 % gacha namiqtirish uchun beriladigan suv miqdori 33,58 g ekanligi aniqlanadi. Lekin tuproq tarkibida 23,24 % suv borligi aniqlangan edi. Shunga asoslanib, 100 g tuproqqa 33,58 g emas, balki o’shadarajaga etish uchun kerakli bo’lgan miqdorda suv beriladi. Buni aniqlash uchun tuproqqa qo’shilishi zarur bo’lgansuv miqdori (33,58g) dan tuproq tarkibidagi suv miqdori (23,24g) ayiriladi. Bu 10,34g ni tashkil qiladi. Demak, vegetasion idishdagi har 100g tuproqqa 10,34g hisobidan qo’shimcha suv quyish kerak ekan.
Endi vegetasion idishga suv quyishdan oldin, undagi tuproq tarkibida qancha suv borligini aniqlash kerak.
Misol uchun vegetasion idishdagi tuproqning vazni 8,971 kg deb olamiz. Agar bu tuproqning 100g-ida 23,24g suv bo’lsa, uning hammasi tarkibida qancha suv borligini aniqlash uchun quyidagicha tenglama tuziladi:

100 – 23,24 X = 8,971x 23,24 ̷ 100 = 2,084 kg


8,971 - X
Quruq tuproqning vaznini aniqlash uchun uning umumiy vaznidan suvning vazni ayiriladi. Bu holda tuproqning sof vazni: 8,971 – 2,084 = 6,887 kg bo’ladi.
Endi quruq tuproqning namligini 60 % ga yetkazish uchun unga qancha suv qo’shish kerakligini aniqlash kerak. Bu masala quyidagicha tenglama bo’yicha yechiladi:
100 – 333,58 X = 6,887 x 33,58 ̷ 100 = 2,310 kg
6,887 - X
Demak, tajriba o’tkazilayotgan tuproqning namligini 60 % ga yetkazish uchun unga 2,310 kg suv qo’shish kerak bo’ladi.
Ammo tenglamani yechishda ma’lum bo’lgan suv miqdorining hammasinibermay, faqat yetishmagan qismini berish zarur. Buning uchun tuproq namligini 60 % ga yetkazishda kerak bo’lgan suv miqdoridan tuproq tarkibidagi umumiy suv miqdori ayriladi. Chunonchi, 2310-2084=226,0 g.
Demak, vegetatsion idishdagi tuproqning namligini to’la nam sig’imiga nisbatan 60:ga yetkazish uchun idishga 226,0 g. Suv quyish kerak. So’ngra idishdagi tuproqqa ivitilgan urug’dan 5 dona ekiladi. Idish ichidagi tuproq namligini doimo 60% darajada saqlash maqsadida idish taroziga qo’yilib, kamaygan suv miqdori hamisha to’ldirib turiladi. Shu tariqa, vegetatsion idishlar mineral, makro va mikroelementlar ta’sirini, tuproq orqali beriladigan gerbitsidlar ta’sirini, sho’r tuproq va boshqa xil tashqi muhit omillarining o’simliklarga ta’sirini tekshirib turish imkonini beradi

BLITS- О‘YIN





Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin