Savollar |
Yakka javob
|
Tо‘g‘ri javob
| Sizning harakatingiz
|
1.
|
Kechqurun suv bug‘lanishi
|
|
|
Ildiz tukchalari
|
2.
|
Kunduzi suv bug‘lanishi
|
|
|
Erigan moddalarni bir tekisda taqsimlanishi
|
3.
|
Suv shimuvchi hujayralar
|
|
|
О‘zlashtirilgan suv miqdorining bug‘latilgan suv miqdoriga nisbati
|
4.
|
Diffuziya
|
|
|
Shimishga nisbatan bug‘latish yuqori
|
5.
|
Suv muvozanati
|
|
|
Suvni yuqoriga kо‘taruvchi tо‘qima
|
6.
|
Ksilema
|
|
|
Ildiz bosimi, shimish kuchi
|
7.
|
Suvning yuqoriga kо‘tarilishiga sabab
|
|
|
Nisbatan pastroq
|
№ 23 Laboratoriya ishi
Sitoplazmaning sovuqqa chidamliligini oshirishda shakarlarning ro`li.
Asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, qizil karam yoki qizilcha, ustara, qor, kristall holidagi tuz, shisha idishlar, termometr, mikroskop, buyum oynalari, millimetrli qog`oz yoki lineyka.
Bu mashg`ulot uchun qizil karam yoki qizilcha parenximasidan oltita bo`lakka tayyorlanadi. Bu bo`laklarning ko`ndalang kesigi 25 mm2, uzunligi 1-2 sm bo`lishi kerak. Bo`lakka ustidagi rangli shita yuvib tashlanadi. Shtativdagi uchta probirkaning biriga 10 ml suv, ikkinchisiga 10 ml 0,5 n shakar eritmasi quyiladi. Yuqorida tayyorlangan bo`lakchalardan har qaysi probirkaga ikkitadan solinadi. So`ngra probirkalar shtativdan olinib, qor va tuz aralashmasi solingan idishda 20 minut saqlanadi (3 qism qorga 1 qism tuz aralashtirilsa, uning temperaturasi 240 gacha pasayadi).
Oradan 20 minut o`tgach, probirkalar xona temperaturasidagi suvli idishga quyilib, muzi eritiladi, keyin ulardagi suyuqliklarning rangi solishtirib ko`riladi. So`ngra har qaysi probirkadagi bo`laklardan yupqa kesik tayyorlanadi va mikroskopda tekshiriladi. Suvli probirkadagi bo`lakchalarning kesigini tekshirganda, hukayradagi antoyian buyoq chiqib ketgani sababli, hujayralar oqarib qolganligi ko`rinadi, chunki past temperature ta`sirida sitoplazma o`tkazuvchan xususiyatini yo`qotadi va hujayralar rangsizlanadi.
0,5 n (saharoza) eritmada bo`lakcha hujayralarining ba`zilari rangsizlansa, ba`zilarida sitoplazma to`la buzilmaganligi sababli, antosian bo`yoqni o`zida saqlab qolganligi ko`rinadi. 1 n eritmadagi bo`lakcha hujayralari past temperature ta`sirida nobud bo`lmay, tirik qolganligi aniqlanadi. Demak, hujayra tarkibida to`plangan uglevod (shakar) lar qish faslida o`simliklarni past temperatura ta`siridan saqlashda katta ahamiyatga ega ekan.
Eslatma: past temperatura hosil qilish uchun ishlatiladigan tuzlarning ro`yxati berilgan.
№ 24 Laboratoriya ishi
Dostları ilə paylaş: |