Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix01.04.2017
ölçüsü2,8 Kb.
#13033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

YUQUMLI  ÊÀSÀLLIÊLÀR
«NOSHIR»
TOSHKENT-2012
O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O‘RTA
MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
5720100 – «Davolash ishi» – 5720300 – «Tibbiyot profilaktika ishi»
ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan

2
Mazkur î‘quv qî‘llanmada yuqumli tropik va parazitlar kasalliklarning
tarixi, etiologiyasi patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari
yoritilgan. Shuningdek, shu yuqumli kasalliklarga  mos test savollari va
pedogogik texnologiyalardan namunalar keltirilgan
Ushbu î‘quv qî‘llanma tibbiyot oliy î‘quv yurtlarining yuqori kurs
talabalari uchun mî‘ljallangan bî‘lib, undan  umumiy amaliyot shifokorlari
ham foydalanishlari mumkin.
© «NOSHIR»  nashriyoti,  2012.
ISBN 978-9943-353-85-5
ÓÄÊ: 616-002.8
ÊÁÊ  55.14
Y 91
G.A. Ibadova — Toshkent vrachlar malakasini oshirish
instituti,  bolalar  yuqumli  va  parazitlar  kasalliklari
kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori;
A.G. Valiev — Epidemiologiya, Mikrobiologiya va
yuqumli  kasalliklar  ilmiy  tekshirish  instituti
laboratoriya mudiri, professor;
A.X. Zakirxo‘jaev — Toshkent Pediatriya  tibbiyot
instituti, bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri,
tibbiyot fanlari doktori.
T a q r i z c h i l a r :
Yuqumli kasalliklar: darslik. / M.D.Ahmedova [va boshq.].
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
— Toshkent: Noshir 2012. — 304 bet.
ÊÁÊ  55.14
M u a l l i f l a r:
Ì.D.Àhmedova,  Õ.À. Àbduqodirov, Ì.Ò.Êàrimova,
D.B. Ìirzajonovà

3
SHARTLI  QISQARTMALAR
AG — A gepatiti
ALT — alaninaminotransferaza
VG — V gepatiti
DG — delta gepatit
DSEND  —  Davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati
departamenti
EG — E gepatit
JSST — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
IFA — immun ferment analiz
KBR — komplementni bog‘lash reaksiyasi
MSB — markazlashgan sterilizatsiya bo‘limi
OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi
OISV — odamda immunodefitsitga sababchi virus
ORP — og‘izdan suyuqlik ichirib davolash (oral regidratatsiya)
punkti
PGAR — passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi
PTI — protrombin indeksi
RIA — radioimmun analiz
ROPGA — teskari passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi
CG — C gepatiti
SNP — sanitariya nazorat punkti
SSV — sog‘liqni saqlash vazirligi
SENM — sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi
TB — ta’sir birligi
XB — xalqaro birlik
O‘JE  — o‘tkir  jigar  ensefalopatiyasi
QShA — qishloq shifokorlari ambulatoriyasi
EChT — eritrotsitlarning cho‘kish tezligi
EQFK — epidemiyaga qarshi favqulodda komissiya
g — gramm
nm — nanometr (metrning milliondan bir ulushi)
t/o — tomir orqali

4
MUQADDIMA
Inson tug‘ilganidan to umrining oxirigacha tashqi muhitning
turli  omillariga  duch  keladi.  Ana  shunday  omillardan  biri  —
mikrodunyo  deb  atalmish  ko‘pdan-ko‘p  turlari,  ko‘z  ilg‘amas
mikroblar  olamidir.  Mikroblarning  ayrim  turlari  inson  tanasiga
tushganida,  bu  holatga  befarq qarab  turmaydi.  Boshqa  somatik
kasalliklardan  farqli  o‘laroq,  mikroblar  ta’siri  natijasida  kelib
chiqqan  xastalik  bemordan  atrofdagi  sog‘lom  odamlarga  ham
tarqalishi  mumkin.  Shu  bois  bu  xastaliklar  yuqumli  kasalliklar
deb ataladi. Yer kurrasida uchraydigan yuqumli kasalliklar g‘oyat
ko‘p  bo‘lib, ularni  turli mikroblar  qo‘zg‘atadi.
Yuqumli  kasalliklarning  insoniyat  orasida  kelib  chiqishi,
tarqalishi  va  tugatilishining  o‘ziga  xos  qonuniyatlari  mavjud.
Kuzatuvlardan  ma’lum  bo‘lishicha,  yuqumli  kasalliklarning
butunlay yo‘q bo‘lib ketishi yaqin yillar ichida kuzatilmaydi. Zeroki,
ba’zi  kasalliklar  tugatilayotgan  bo‘lsa,  o‘rniga  yangilari  kelib
chiqmoqda. Shu sababli yuqumli xastaliklar uzoq yillardan beri
tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu darslik yuqumli, tropik
va parazitar kasalliklarning respublikamiz sharoitida tutgan o‘rni,
namoyon bo‘lishi, tarqalish yo‘llari, ularni davolash, epidemiyaga
qarshi tadbirlarni amalga oshirish borasida oliy ta’lim bosqichidagi
talabalarga bilim beradi.
Mazkur î‘quv qî‘llanma ilk marta chop etilganli bois, ayrim
xato va kamchiliklardan xoli bî‘lmasligi mumkin, shuning uchun
kitobning  sifatini  yaxshilashga  qaratilgan  har  qanday  fikr-
mulohazalar  mualliflar  tamonidan  mamnuniyat  bilan  qabul
qilinadi.
Mualliflar

5
I. UMUMIY QISM
YUQUMLI KASALLIK HAQIDA TUSHUNCHA
VA UNING KELIB CHIQISH TARIXI
Qadim  zamonlardan  beri  insoniyatga  yuqumli  kasalliklar
ma’lum.  Ko‘pgina  yuqumli  xastaliklar  qadimda  g‘oyat  keng
tarqalgan, og‘ir kechgan va minglab odamlarning yostig‘ini quritgan.
O‘sha  davrdayoq  olimlar  vabo,  chinchechak,  o‘lat  kabi  ko‘p
uchraydigan kasalliklar yuqumli ekanligini ta’kidlab, ularning tirik
qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkinligini gumon qilganlar. Buqrot
ularni “miazma”lar deb atagan. Hatto kasallikdan saqlanishning
oddiy ehtiyot choralari ishlab chiqilgan.
Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali ibn Sino (980—1037)
uzining “Tib qonunlari” kitobida “Kasalliklardan ba’zilari yuqumli
bo‘ladi” deb ko‘rsatadi. “Bular, deb yozadi u — moxov, qo‘tir,
chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir”.
Undan  besh  asr  keyingina  italiyalik  shifokor  D.Frakostoro
(1483—1553)  “Kontagiyalar  va  kontagioz  kasalliklar”  deb
nomlangan  kitobida  yuqumli  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarini  tirik
mavjudotlar “kontagiyalar” deb atagan.
O‘sha  davrdagi  fan  va  texnika  taraqqiyoti  alohida  yuqumli
kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniq topish imkonini bermagan. Shu
boisdan  yana  bir  necha  asrgacha  bu  kasalliklar  mavhum  bo‘lib
qolavergan.
XVII asrda golland tabiatshunosi Antoniy van Levengukning
mikroskopni  kashf  eshshi  mikroblar  dunyosini  o‘rganishda
olamshumul ahamiyatga ega bo‘ldi. Ana shu kashfiyotdan keyin
ham  ayrim  mikroblar  ma’lum  yuqumli  kasallik  qo‘zg‘atuvchi
(patogen) ekani  isbotlangucha II  asr muddat  o‘tdi. Shu  davrda
ham  ko‘pgina  yuqumli  kasalliklar  alohida  nomga  ega  bo‘lmay,
umumlashgan holda “isitma kasalliklari” yoki bezgak deb atalardi.
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  patogen  mikrob-
larining u yoki bu yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi
ekanligi  isbotlana  boshlandi.  1875-yilda  amyobiaz  kasalligi

6
qo‘zg‘atuvchilari, 1880-yilda esa bezgak va ich terlama, 1898-yilda
leyshmanioz  kasalligi  qo‘zg‘atuvchilari  aniqlandi.  Keyinroq  sil,
qaytalama tif, quturish kasalligi qo‘zg‘atuvchilari ham ma’lum bo‘ldi.
Bu  tadqiqotlarga fransuz  olimi  Lui  Paster (1822—1895),  nemis
olimi  Robert  Kox  (1843—1910),  rus  olimlari  I.I.Mechnikov
(1845—1916),  D.I.Ivanovskiy  (1864—1920),  N.F.Gamaleya
(1859—1949), P.F.Borovskiy (1863—1932) va boshqalar salmoqli
hissa qo‘shdilar.
 XX asrda ko‘pgina rikketsioz va virusli kasalliklarning qo‘zg‘a-
tuvchilari  aniqlandi.  Bu  borada  L.A.Zilber,  M.P.  Chumakov,
A.K.Shybladze va V.D.Solovpev kabi olimlarning xizmatlari katta
bo‘ldi.
Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining aniqlanishi, har bir
kasallikning  kelib  chiqishi,  tarqalishi  xususiyatlari,  patogenezi,
klinikasi  va  profilaktikasini  osonlashtirdi.  Shuningdek,  bu
kasalliklarda immunitet jarayonini o‘rganish uchun ham imkoniyat
yaratildi.  Bu  sohada  erishilgan  yutuqlar  natijasida  birinchidan,
etiologik diagnostikadan tashqari, bemorning qon zardobida paydo
bo‘ladigan maxsus antitelolarni aniqlashga asoslangan serodiagnostika
usullari ishlab chiqildi. Ikkinchidan, immunitet qonuniyatlariga
asoslanib, davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardob
va vaksinalar kashf etildi. Jumladan, difteriya va botulizm kasallik-
larini davolashda hanuzgacha ularga qarshi antitoksik zardob qo‘llanib
kelmoqda.  Bolalarni  ko‘pgina  yuqumli  kasalliklardan  saqlash
maqsadida maxsus taqvim (kalendar) asosida ularni sil, poliomielit
(shol), difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, qizamiq, tepki kasalliklariga
qarshi emlanadi. Virusli gepatit B ga qarshi vaksina ham qo‘llanmoqda.
Yuqumli  kasalliklarni  davolash  sohasida  erishilgan  yutuqlar
antibiotiklar qo‘llanishi bilan bevosita bog‘liq. 1941-yilda dastlabki
antibiotik — penitsillin kashf etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda davolash
jarayonida o‘nlab antibiotiklardan foydalanilmoqda. Ularni ishlatish
natijasida  yuqumli  kasalliklar  soni  ham,  o‘lim  hodisalari  ham
muttasil  kamayib  bormoqda.  Ikkinchidan,  antibiotiklar
qo‘llanganida organizm mikroblardan tez forig‘ bo‘lib, bakteriya
tashuvchilik holati rivojlanishi keskin kamayadi. Bemordan atrofidagi
sog‘lom odamlarga kasallik yuqish ehtimoli sezilarli darajada pasayadi.

7
O‘zbekistonlik olimlar ham yuqumli kasalliklarni ilmiy o‘rga-
nish borasida katta tajribaga ega. Asrimiz boshlarida Turkistonda
yuqumli kasalliklarni o‘rganish shu o‘lkada yashagan rus olimlari
P.F.Borovskiy  (teri  leyshmaniozi  qo‘zg‘atuvchisini  topgan),
A.D.Grekov, N.I.Xodukin, L.M.Isayev va boshqalar tomonidan
amalga oshirilgan bo‘lsa, 1940-yillarga kelib, mahalliy xalq orasidan
yetishib  chiqqan  olimlar  amaliy  tibbiyot  sohasida  katta  ilmiy
izlanishlar  olib  bordilar.  Dastlabki  vaqtlarda  M.S.Sofiev,
S.N.Bobojonov, A.B.Inog‘omovlarning ilmiy ishlari asosan o‘sha
davrda keng tarqalgan parazitar kasalliklarga bag‘ishlangan edi.
Yuqumli kasalliklar bo‘yicha bevosita ilmiy ish olib borgan va
ko‘plab  ilmiy  xodimlar  tayyorlagan  olimlardan  I.Q.Musaboyev,
T.X.Najmitdinov,  V.M.Majidovlarni  ko‘rsatib  o‘tish  lozim.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, Rossiya Tibbiyot
fanlari akademiyasining muxbir a’zosi, professor I.Q.Musaboyev
boshchiligida  tif.paratif  kasalliklari,  ichburug‘,  vabo,  virusli
gepatitlar,  difteriyaning  patogenezini  o‘rganish  va  davolash
usullarini takomillashtirishda katta ilmiy ishlar bajarilmoqda. Bu
olim rahbarligida 120 dan ortiq fan doktorlari va fan nomzodlari
tayyorlangan.
Bolalarda ko‘p uchraydigan yuqumli kasalliklarni o‘rganishda
professorlardan  X.A.Yunusova,  O.S.Maxmudov,  T.O.Daminov,
Sh.N.Nazarovlar  boshliq  ilmiy  jamoalar  keng  ilmiy  tadqiqotlar
olib borilmoqda.
Brutsellyoz xastaligini o‘rganishda professorlar Sh.X.Xo‘jayev,
V.M.Majidov, K.J.Jalilovlarning xizmati katta.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining hamda Rossiya Tibbiyot
fanlari akademiyasining muxbir a’zosi A.O.Obidovning mikrobio-
logiya  va  immunologiya  sohasidagi,  professor—virusolog
S.S.Maxsumovning virusologiyaga oid ilmiy ishlari katta ahamiyatga
ega bo‘ldi.
Yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurashish  barcha  tibbiyot
xodimlarining vazifasi hisoblanadi. Chunki, kasallik tarqalmasligi
uchun uni o‘z vaqtida aniqlab, bemorni alohidalash lozim. Shunga
ko‘ra barcha  tibbiyot xodimlari  bu kasallikning  asosiy belgilari,
ayniqasa dastlabki alomatlarini yaxshi bilmoqlari shart. Tibbiyot

8
xodimlari feldsher-akusherlik punktlari (FAP) da, poliklinika va
qishloq  shifokorlari  qabulga  kelgan  har  bir  bemorda  “yuqumli
kasalligi yo‘qmikan”, degan taxminni yodda tutib ishlashlari kerak.
Bunday kasallikka biroz gumon bo‘lganda ham, darhol bemorni
alohidalash zarur.  Nima sababdan bemorga nisbatan shunday chora
ko‘rilayoganini uning o‘ziga yoki (bola kasal bo‘lgan holda) onasiga
tushuntirish  lozim. Ba’zi  yuqumli  kasalliklarda bemorni  albatta
maxsus shifoxonaga yotqizib davolash talab etiladi. Bunday holda
tibbiyot  xodimi,  yuqumli  kasalliklarni  tashishga  ixtisoslashgan
transport  (epidperevozka)  ga  telefon  orqali  talabnoma  beradi.
Shuningdek,  bemor  bilan  yaqin  muloqotda  bo‘lganlar  ro‘yxati
olinadi.  Ular  ustidan  ma’lum  muddatda  kuzatuv  olib  boriladi,
ba’zan laboratoriyada tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Har bir tibbiyot xodimi o‘zini ham kasallik yuqib qolishidan
muhofaza  qilishi  lozim.  Yuqumli  kasalliklar  bilan  muttasil
ishlaydigan  tibbiyot  xodimlari  rejali  ravishda  ayrim  kasalliklar
(masalan, ich terlama, difteriya) ga qarshi emlanib turishi ham
profilaktika maqsadida o‘tkaziladi. Bemorni yoki u bilan muloqotda
bo‘lganlarni  (laboratoriya  tekshiruvlarida)  tekshirganda  ehtiyot
bo‘lish, o‘z terisini tasodifan jarohatlashdan saqlanish kerak.
Barcha tibbiyot xodimlarining asosiy vazifalaridan biri, aholi
o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borishdir. O‘zini xizmat ko‘rsatadigan
hududda aholi bilan yuqumli kasalliklarning yuqish yo‘llari, undan
ehtiyot  bo‘lish tadbirlari  haqida suhbatlar  o‘tkazib turish  zarur.
Bu maqsadda odamlarni atayin to‘plash biroz mushkulroq. Lekin
mahalla qo‘mitalari, qishloq kengashlari, jamoat tashkilotlari turli
mavzularda o‘tkazadigan yig‘ilishlarda faol ishtirok etib, aholi orasida
yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchani shakllan-
tirib borish kerak. Avvalo, xalqimizning qadimiy an’anasi bo‘lgan
pokizalikka e’tiborni qaratish lozim. Oilada, bog‘cha va maktablarda
bolalarni yoshligidanoq ozoda bo‘lishga, qo‘lni tez-tez yuvib turishga
odatlantirish zarur. Atrof-muhitni toza tutish, oqar suvlar iflosla-
nishiga yo‘l qo‘ymaslik yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim
ahamiyatga egadir. Tashviqot ishlari samarali bo‘lishi uchun, avvalo
tibbiyot xodimining o‘zi turmushda gigiyena talablariga qat’iy rioya
qilishi, pokizalikda boshqalarga namuna bo‘lishi lozim.

9
Respublikada sanitariya-profilaktika tashkilotlarining tizimi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yuqumli kasalliklar
bilan kurashish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan maxsus tashkilot
va  muassasalar  mavjud.  Sog‘liqni  saqlash  vazirining  o‘rinbo-
sarlaridan biri, bu sohaning barcha ishlariga rahbarlik qiladi. U
O‘zbekistonning Bosh sanitariya shifokori hisoblanadi va vazirlik
qoshidagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti
(DSEND)  orqali  ish  olib  boradi.  Infeksiyaga  qarshi  kurashish
ishi sanitariya-epidemilogiya nazorati markaz (SENM) lari orqali
amalga oshiriladi. Ular 3 bo‘limdan iborat:
1.  O‘zbekiston  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  Respublika
sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari. Ular jami 14 ta.
3.  Shahar  va  tuman  sanitariya-epidemiologiya  nazorati
markazlari. Ular jami 220 ta.
Bulardan tashqari,  Respublika, viloyat va  tuman profilaktik
dezinfeksiya stansiyalari, orttirilgan immunitet tanqisligi (O‘ITS-
SPID) ga qarshi kurashish Respublika va viloyat markazlari bor.
Respublika, viloyat, tuman “Salomatlik markazlari” ham yuqumli
kasalliklarga qarshi kurashish shoxobchalari hisoblanadi.
O‘ta xavfli kasalliklar sohasida va respublika hududini karantin
kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi oldini olish masalalari bilan
maxsus  O‘zbekiston  karantin  va  o‘ta  xavfli  yuqumli  kasalliklar
muhofazasi markazi faoliyat ko‘rsatadi.
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli epidemiologiya,
mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmgohi, sanitariya-gigiyena
va  kasb  kasalliklari  ilmgohi,  virusologiya  ilmgohi,  tibbiyot
parazitologiya ilmgohi, mikologiya markazlari yuqumli va parazitar
kasalliklar  bo‘yicha  izlanishlar  bilan  shug‘ullanadigan  ilmiy
dargohlar hisoblanadi. Respublika Fanlar akademiyasi ham yuqumli
kasalliklarning turli jabhalarida faoliyat ko‘rsatuvchi ilmiy mas-
kanlar  hisoblanadi.

10
Yuqumli  kasalliklarning   umumiy  xususiyatlari
Yuqumli (infeksion) kasallik aslida lotincha “infecio” so‘zidan
olingan bo‘lib, “ifloslanish” ma’nosini bildiradi. Inson organizmi
(makroorganizm) bilan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrob (mikroorga-
nizm) ning ma’lum sharoitda o‘zaro ta’siri oqibatida yuzaga keladigan
o‘zgarishlar  infeksion  jarayon  deb  ataladi.  Bu  jarayon  kasallik
alomatlari ko‘rinishida namoyon  bo‘lsa, u yuqumli kasallik  deb
yuritiladi. Xastalik alomatlari yaqqol, yoki biroz sezilarli darajada
ifodalangan bo‘lishi mumkin. Qanday darajada ifodalanishidan qat’i
nazar, yuqumli kasallik bemor organizmida chuqur patofiziologik,
immunologik va funksional o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Ba’zi hollarda kasallik mikroblariga inson organizmi befarq
qaraydi.  Mikrobga  nisbatan  immunoallergik  javob  reaksiyasi
rivojlanmaydi. Kasallik alomatlari bo‘lmaydi. Mikrob esa ma’lum
vaqtgacha biror a’zoga joylashib olib, faqat laboratoriya tekshiruvi-
dagina aniqlanadi. Masalan, difteriya tayoqchasi yoki meningo-
kokklar odam tomog‘ida ma’lum muddatgacha topilib tursa ham,
kasallik alomatlari bo‘lmasligi mumkin. Bunday holat bakteriya
tashuvchanlik holati deyiladi. Odamda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrob
bir  marotabagina  topilib,  kasallik  kuzatilmagan  holat  tranzitor
(tasodifiy — organizmga tushdiyu, chiqib ketdi) bakteriya tashuv-
chilik deb hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular
quyidagilardan iborat:
1. Barcha yuqumli kasalliklar bemor yoki bakteriya tashuvchi-
lardan atrofdagi sog‘lom kishilarga yuqishi mumkin. Kasallikning
atrofdagilarga yuqish ehtimoli kasallik turiga va kechish davriga bog‘liq.
2. Yuqumli kasalliklarda 
o‘ziga xoslik mavjud. Har bir kasallik
ma’lum turdagi patogen mikrob tomonidan qo‘zg‘atiladi. Masalan,
difteriya (bo‘g‘ma)ni difteriya tayoqchasi, qizamiqni — qizamiq
virusi,  vaboni—vabo  vibrioni  qo‘zg‘atadi  (hech  qachon  vabo
vibrioni difteriyani qo‘zg‘atmaydi, yoki aksincha ham bo‘lmaydi).
3. Yuqumli kasalliklar kechishida ma’lum davriylik kuzatiladi.
Patogen  mikrob  odam  organizmiga  tushganidan  so‘ng  ma’lum
muddatgacha  kasallik  alomatlari  ko‘rinmaydi.  Uni  yuqumli

11
kasallikning  yashirin  (inkubatsion)  davri  deb  ataladi.  Bu  davr
muddati  turli  kasalliklarda  turlicha  bo‘ladi.  Masalan,   gri ppda  bir
necha soatdan 2 kungacha, ich terlamada — 2—3 hafta va hokazo.
Keyingi davr kasallik alomatlari namoyon bo‘lgan davr hisoblanadi.
Unda kasallikning umumiy alomatlari ham, har bir xastalikning
o‘ziga xos bo‘lgan klinik alomatlari ham yuzaga chiqadi. Bu belgilar
dastlab paydo bo‘ladi (prodromal davr), rivojlanib avjiga yetadi va
ma’lum  muddatdan  so‘ng  borib,  yo‘qoladi.  Kasallik  alomatlari
kamaya boshlagandan bemor o‘zini durustroq his qila boshlaydi.
Bu tuzalish (rekonvalessensiya) davri boshlanganidan darak beradi.
U ko‘pincha sog‘ayish davri bilan tugallanadi. Ayrim hollarda, bu
davrda kasallik zo‘rayishi mumkin.
Yuqumli kasalliklarda “to‘la sog‘ayish” deganda faqat kasallik
alomatlarining  to‘la  tugashi  emas,  balki  bakteriologik  sog‘ayish
ham  nazarda  tutiladi.  Chunki  bemor  kasalliklar  to‘la  forig‘
bo‘lganida, uning organizmidan patogen mikroblar ajralishi ham
to‘xtash  kerak.  Bemor  tuzalganidan  so‘ng  qilinadigan  tahlilda
(surtma  yoki  ekmalarda)  patog en  mikroblar  2—3  karra
tekshirilganda topilmasligi babakteriologik sog‘ayishdan darak beradi.
Ba’zi kasalliklarda, masalan ich terlama yoki paratiflarda, bemor
tuzalib ketganidan so‘ng ham, uning tanasidan patogen mikroblar
ajralib turadi. U kasallikdan so‘nggi bakteriya tashuvchilik holati
deb ataladi. Bu holat 3 oygacha danom etsa, 
o‘tkir bakteriya tashuv-
chilik,  3  oydan  ortiq  cho‘zilsa  surunkali  bakteriya  tashuvchilik
hisoblanadi.
1. Yuqumli kasalliklardan so‘ng bemor organizmida aynan shu
kasallik mikroblariga nisbatan turg‘unlik — immunitet paydo bo‘ladi.
U orttirilgan immunitet bo‘lib, himoya qobiliyati turli muddatgacha
saqlanib qoladi. Masalan,  gri ppdan so‘nggi immunitet kuchi aynan
shu  turdagi virusga  nisbatan  3 yilgacha  yetadi.  Qizamiq na  ich
terlamadan so‘ng paydo bo‘ladigan immunitet butun umrga yetadi
na odam bu kasalliklar bilan qaytadan og‘rimaydi. Keyingi yillarda
ilmiy tekshirishlar natijasida, yuqumli kasalliklardan so‘ng shaklla-
nadigan immunitet ko‘p jihatdan bemor organizmning genetik na
fenoti pik   xususiyatlariga    bog‘liq  ekanligi isbotlandi.

12
2. Emlash yo‘li bilan keng tarqalgan yuqumli kasalliklarning
oldining olish mumkin. Bolalarni bir necha yuqumli kasalliklarga
qarshi  emlashdan  maqsad,  ularning  oldini  olishdir.  Difteriya,
ko‘kyo‘tal, qizamiq, poliomielit (shol) ga qarshi emlashlar shular
jumlasidandir.
Kasallik  qo‘zg‘atish  xususiyatlariga  ega  bo‘lgan  mikroblar
patogen  mikroblar  deb  ataladi.  Ular  inson  tanasiga  tushganida
ko‘pincha kasallik qo‘zg‘atadi. Kasallikning qanday og‘irlikda kechishi
mikrobning virulentligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Demak, virulentlik
mikrobning patogenlik darajasini ko‘rsatuvchi o‘lchov. Odatda, o‘ta
virulentli xususiyatga ega bo‘lgan mikrob odamda og‘ir kechadigan
kasallik qo‘zg‘atadi. Virulentligi pastroq mikrob yuqqanida kasallik
yengilroq o‘tadi. Umuman olganda, kasallik alomatlarining qay
darajada namoyon bo‘lishiga qarab, yuqumli kasallikning yengil,
o‘rta  va  og‘ir  kechadigan  turlari  farqlanadi.  Yuqumli  kasalliklar
o‘ta og‘ir kechgan hollarda ba’zan o‘lim bilan tugaydi.
Har qanday patogen mikrob tarkibida zaharli modda — toksin
bor. Toksin mikrobning hayot faoliyati oqibatida hosil bo‘lib, atrof-
muhitga tarqalsa, ekzotoksin deb ataladi. Grammusbat mikroblar
asosan  ekzotoksin  hosil  qiladi.  Masalan,  difteriya  tayoqchasi,
botulizm mikrobi. Ekzotoksin tarkibiga ko‘ra oqsil modda bo‘lib,
ferment xususiyatiga ega. Uning ta’sirida moddalar almashinuvi
buzilishi oqibatida odamning hayotiy zarur sistemalari zararlanadi.
Mikrob tanasi parchalanishi oqibatida atrof-muhitga tarqala-
digan toksinlarga endotoksin deyiladi. U tabiatan polisaxarid birikma-
larga  kiradi  va  asosan  grammanfiy  mikroblar  ishlab  chiqiladi.
Masalan,  vabo  kasalligi  vibrioni,  ich  terlama  mikrobida  kuchli
endotoksin mavjud.
Patogen mikrobning odam tanasiga tushish yo‘llari bir xil emas.
Har bir kasallikda mikrobning o‘ziga xos tanaga kirish yo‘li bor.
Tananing  mikrob  kirib,  tarqaladigan  joyi  infeksiyaning  kirish
darvozasi  deb  ataladi.  Gri pp,   qizamiq,   suvchechak,   ko‘kyo‘tal
kabi  kasalliklarda  infeksiyaning  darvozasi  yuqori  nafas  yo‘llari
hisoblanadi. Ichak infeksiyalari: tif—paratiflar, ichburug‘ va vabo
kasalliklari mikrobi og‘iz orqali tushganida xastalik rivojlanadi. Ba’zi
yuqumli kasalliklarda infeksiyaning kirish darvozasi turlicha bo‘lishi

13
mumkin. Masalan, kuydirgi va toun mikroblari odam tanasiga teri,
nafas yo‘llari va og‘iz orqali tushadi. Kasallik mikrobining odam tanasiga
qaysi yo‘l bilan tushishiga ko‘ra har bir yuqumli kasallikda u yoki
bu a’zolar asosan jarohatlanadi. Jumladan, asosan nafas yo‘llari orqali
yuqadigan kasalliklarda  asosan  nafas olish sistemasi, og‘iz orqali
yuqadigan xastaliklarda — ovqat hazm qilish sistemasi jarohatlanadi.
Yuqumli kasallikning ayrim davrlarida tanaga tushgan mikrob
qonga ham o‘tishi mumkin. Bunday holat bakteremiya deyiladi.
Ba’zi  kasalliklarda  bemor  vena  tomiridan  qon  olib  mikroblarni
axtarish,  ya’ni  tashxisot  (diagnostika)  da  foydalanish  shunga
asoslangan. Masalan, tif—paratif kasalliklarida bakteriemiya ro‘y
beradi.  Shuning  uchun  tashxis  qo‘yish  maqsadida,  boshqa
tekshirishlar qatori, bilakdan qon olib, safroli suyuqlikka ekiladi.
Keyinchalik unda kasallik mikrobini topish mumkin.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin