Simptomatik davolash. Bu usullar bemorni bevosita qilayotgan
u yoki bu alomatlarni yo‘qotish maqsadida qo‘llanadi. Bosh va
qo‘l-oyoq qaqshab og‘rishini qoldirish uchun aspirin yoki tarkibida
shu preparati bo‘lgan dorilar, asfen, askofen, shuningdek, analgin,
pentalgin, amidopirin, butadion, spazmalgon kabi tabletkalar
qo‘llanadi. Aspirin tutgan preparatlarni faqat ovqatdan so‘ng ichish
tavsiya qilinadi. Och qoringa ichilganda bu preparatlar me’da shilliq
qavatiga yemiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘ngil aynab,
qusish to‘xtamasa, serukaldan ukol qilish yaxshi foyda beradi.
37
Qorindagi og‘riqni qoldirish maqsadida papaverin, no-shpa,
bekarbon, spazmalgon, baralgin kabi dorilar tabletka holida yoki
inyeksiyasi buyuriladi. Tana harorati uzoq vaqt yuqori bo‘lib
ketganida analgin dimedrol, novokain eritmalari aralashmasi
inyeksiya qilinib kuniga 1—2 marta yuboriladi. Bolalarda bunday
holda sefikon shamchasini to‘g‘ri ichakka kiritish yoki panadol
suspenziyasidan ichirish samara beradi.
38
II. TROPIK TIBBIYOT
Tropik patologiyaning xususiyatlari
Tropik tibbiyot issiq o‘lkalarda tarqalgan kasalliklar va ularga
xos xususiyatlarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha bilimlarni
o‘z ichiga oladi.
Tropik kasalliklar yer kurrasining ekvatorial, subekvatorial,
tropik va subtropik iqlimiy sharoitli, juda keng hududida tarqalgan.
Tropik hudud — Afrika qit’asining deyarli barcha qismi, Janubiy
va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Okeaniyaning katta
qismi, shuningdek Avstraliyaning shumoliy qismini egallaydi.
Shuningdek, tropik o‘lkalar bilan chegaradosh bo‘lgan —
tibbiy-geografik jihatidan ham tropik, ham mo‘tadil iqlimli sharoitga
xos xususiyatli («oraliq kamar») hududlar ham mavjud.
Tropik o‘lkalar bilan chegaradosh hududlarga — O‘rtayer
dengizi o‘lkalari, Oldingi va O‘rta Osiyo, Uzoq Sharqning katta
qismi, Avstraliya, AQSH ning janubi, Janubiy Amerikaning ba’zi
hududlarini kiritish mumkin. Tropik va subtropik o‘lkalarda yer
yuzi aholisining 3/4 qismi istiqomat qiladi. Aholining ko‘pchilik
qismi taraqqiy etayotgan davlatlar hududida yashaydi.
Tropik kasalliklar — yuqumli, parazitar va yuqumsiz kasalliklar
guruhlariga ajratiladi.
Tropik kasalliklar iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlar
ta’sirida shakillanadi. Aytilgan sharoitlar, kasallikning klinik—
epidemiologik xususiyatlari va mahalliy kasalliklarni geografik tarqa-
lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham tropik yuqumli
va parazitar kasalliklar o‘zining xususiyatlari va ko‘rinishiga ega
bo‘ladi.
Yuqumli-parazitar tropik kasalliklar tropik va subtropik o‘lkalar
aholisi orasida keng tarqalgan.
Ular xalq salomatligiga juda katta putur yetkazish bilan birga,
aholining ish qobiliyatini keskin pasaytirib, ulkan iqtisodiy zarar
ham keltiradi.
39
JSST ning bergan ma’lumotiga ko‘ra (1997-yil) — yer yuzining
90 ta davlatida bezgak bilan har yili 300—500 mln. odam kasallanadi
va 1,5—2,7 mln. odam (ularning 80% i Afrikada) o‘lmoqda. Yevropada
har yili 7000—10000 chetdan kirib kelgan bezgak qayd etilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra ommaviy kasallanish va o‘lim,
ayniqsa bolalar orasida ko‘proq rivojlanayotgan mamlakatlarda
kuzatilmoqda. Har yili qizamiqdan — 2,5 mln, bezgakdan —
1 mln., diareya kasalliklaridan — 5 mln. bolalar o‘lmoqda. Tropik
iqlimli hududlarda, mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda kuzatiladigan
kasalliklarning barchasi va ulardan tashqari, shu o‘lkalarga xos,
bir qancha yuqumli va parazitar kasalliklar uchraydi. Faqat tropik
o‘lkalarning o‘zidagina tarqalgan kasalliklar turi unchalik ko‘p
bo‘lmasada (sariq isitma, denge isitmasi, pappatachi, tropik virusli
gemorragik isitmalar, uyqu kasalligi, amerika tri panosomozi,
shistosomozlar, ankilostomidozlar, filyaridozlar, drukunkulez,
leyshmaniozlar, frambeziya va b.), ular xalq salomatligiga katta zarar
yetkazadi.
Tropik o‘lkalarda uchraydigan ayrim yuqumli kasalliklarning
klinik kechimi mo‘tadil iqlimli o‘lkalardagi shu kasalliklar
kechimidan ancha farq qiladi.
Issiq o‘lkalarda tropik yuqumli va parazitar kasalliklarning
tarqalishi, qator tabiiy va ijtimoiy omillar majmui bilan bog‘liq.
Tropik va subtropik hududlarda tabiiy (yer yuzasining issiqlik
balansi, havo, suv va tuproqning harorati) omillar, shuningdek
ijtimoiy-iqtisodiy (uy-joy, yashash, mehnat sharoitlari, sog‘liqni
saqlash tizimining takomilligi va boshqa.) omillarning ahamiyati
kattadir.
Iqlimiy sharoit
Tropik o‘lkalarning iqlimiy sharoiti juda xilma-xil bo‘lib, u
hududning okeanga yaqinligi, ichki suv xavzalarining mavjudligi,
dengiz sathidan balandligi va o‘ziga xos o‘simlik dunyosi bilan
bog‘liqdir.
O‘lka patologiyasining xususiyatlari barcha hududlarda ham shu
o‘lkaning iqlimiy sharoiti bilan bog‘liq. Tropik hududlarning iqlimi
40
uchun xos umumiy xususiyati — yillik jami issiqlikning
yuqoriligidir. Tropik hududlarning iqlimiy sharoiti xilma-xilligi bilan
ikki ti pga bo‘linadi: 1, Quruq issiqli (arid) va 2, Nam issiqli (gumid)
hududlar. Tropik o‘lkalarning iqlimi issiq. Yillik jami issiqlikning
yuqoriligi, sayyoraning quyi kengliklari uchun xos bo‘lgan, quyosh
radiatsiyasining juda kuchliligi bilan bog‘liq. Iqlimning ikkinchi xos
xususiyati — yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishidir. Yog‘in ko‘p
bo‘ladigan tropik o‘rmon (djungliya) larda namlik juda yuqoridir.
Agar mo‘tadil iqlimli hududlarda yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 1000
mm bo‘lsa, ekvatorial o‘rmonlarda 3—5 va hatto 10 ming ml ga
boradi. Issiq o‘lkalarda yog‘in davrida havoning nisbiy namligi doimiy
yuqori bo‘lib, 80—90%, ba’zan hatto 100% ga yetadi.
Tropik hududlarda yilning fasillarini havoning issiq-sovuqligi
yoki oylar bilan belgilash qiyin. Tropik o‘lkalarga ko‘proq ikki xil:
yomg‘irli va qurg‘oqchil mavsumlar xosdir.
Yuqori haroratning roli
Issiqlikning o‘zi va ayniqsa u yuqori namlik bilan birgalikda
ta’sir etganda organizmning fiziologik jarayonlarida chuqur
o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Issiqlik tana
haroratini idora etuvchi sistema hamda suv-elektrolit almashinuvi
mexanizmiga ta’sir ko‘rsatadi. Issiqlik kuchli chanqov qo‘zg‘atib,
odamni ko‘p suyuqlik iste’mol etishga, shu jumladan mavjud suv
manbalari va ochiq suv havzalaridan suv ichishga majbur etadi.
Qaynatilmagan suv ichilganda ichak infeksiyalari va invaziyalari
bilan zararlanish xavfi ortadi. Ayrim hollarda iqlimiy muhit, tropik
o‘lkalarga xos bo‘lgan ba’zi (issiq urishi, quyoshdan kuyish singari)
kasalliklarning asosiy sababchisi bo‘ladi. Ayniqsa, issiqlikning salbiy
ta’siri tufayli organizmda yuzaga keladigan reaktiv o‘zgarishlarning
ahamiyati muhimdir. Namligi yuqori bo‘lgan tropik sharoitda ko‘p
miqdorda ajralayotgan terning dimlanishi va to‘qimalarning bo‘kishi
(matseratsiyasi), bo‘kkan terida shartli-patogen mikroblarning tez
ko‘payishi, keng tarqalgan zamburug‘lar va treponematozlarning
ayrimlari (frambeziya, penta) bilan zararlanishi tufayli terida der-
matitlar ko‘p rivojlanadi.
41
Namligi yuqori issiq o‘lkalar
Namligi yuqori issiq (gumid) hududlarga — ekvatorial va
subekvatorial doimo namligi yuqori bo‘lgan Afrika (Kongo daryosi
sohili) va Janubiy Amerika (Amazonka daryosi sohili) o‘rmonlari,
Indoneziya, Hindiston yarim oroli, Avstraliyaning shimoliy qismi
kiradi.
Bu hududlar uchun havoning harorati va namligini turg‘un
saqlanishi xos bo‘lib, eng past (24—25°C) haroratli oylar bilan
yuqori haroratli kunlarni farqi uncha katta bo‘lmaydi va haroratning
sutkalik tebranishi 10°C dan dan oshmaydi. Yog‘inning yillik miqdori
2000—4000 mm, havo namligi esa 75—90% bo‘ladi. Bunday iqlimiy
muhit ko‘pchilik mikroblar, parazitar hayvonlar hamda kasallik
manbayi va yuqtiruvchisi bo‘lgan bo‘g‘imoyoqli hasharotlarning
yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Tuproqning yuqori namligi va issiqligi unda geogelmintoz
(askarida, qilbosh gijja) larni tez rivojlanishiga va zamburug‘larni
tez ko‘payishiga yaxshi omil bo‘ladi.
Ochiq havzalardagi suvlarning issiqligi ko‘pchilik hasharot
(chivin, mayda chivin va b.) larni tezlik bilan urchishiga hamda
ayrim (shistosomalar, drakunkulez va b.) invaziyalarning oraliq
xo‘jayini bo‘lmish yumshoq tanli (mollyuska) lar va qisqichba-
qasimonlarni tez ko‘payishiga yaxshi muhit yaratadi.
Issiq iqlimning turg‘unligi, bir qancha virusli va parazitar
kasalliklarni hamda ularni yuqtiruvchi hasharotlarni, masalan:
Afrikada — uyqu kasalligini yuqtiruvchi — sese pashshasi, Amerika
qit’asida — Shagas kasalligini yuqtiruvchi — triatom qandalalari,
odam shistosomozining qo‘zg‘atuvchisi uchun oraliq xo‘jayin
bo‘lmish malyuskalarni va yana ko‘p boshqa hasharotlarni saqla-
nishiga qulay sharoitdir.
Yog‘ingarchilikni ko‘pligi tufayli saqlanib turadigan yuqori
namlik, nisbatan yuqori haroratli (25—30°C) sharoitda havoning
og‘ir dimligini yaratadi va nafas olishni og‘irlashtirib, inson ruxiya-
tiga salbiy ta’sir etadi va ish qobiliyatini pasaytiradi.
Yerlik aholida, bunday iqlimiy sharoitga moslanishni bir qancha
belgilari yuzaga kelgan, masalan: bo‘yning pastligi, terining qoraligi,
42
burunning kengligi, shuningdek, tanada issiqlik ishlab chiqarishni
kamaytiruvchi, issiqlik yo‘qotishni esa ko‘paytiruvchi moslama
belgilar — ter bezlarining ko‘pligi, ko‘p ter chiqarish, asosiy
modda almashinuvi xolesterin miqdori va moy ajratishning pasayishi
kuzatiladi. Shu bilan birga, mahalliy alohida bir qancha kasallik
alomatlari ham kuzatiladi.
Havo namligining yuqoriligi va ko‘p terlash turli xil yuqumli
va yuqimsiz teri kasalliklarining keng tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Mahalliy aholi orasida, yetakchi o‘rin tutgan, parazitar ka-
salliklar, surunkali kechimi va juda tez tarqalishi bilan farqlanadi.
Bu albatta, tabiiy sharoit bilan bevosita bog‘liqdir.
Quruq-issiq (arid) iqlimli o‘lkalar
Bunday iqlimliy o‘lkalar tropik va subtropik sahroli hududlarda
joylashgan — Jazoir, Tunis, Marokko, Misr A.R., Sudan, Arab
yarimoroli, Avstraliya, AQSH, Markaziy va Janubiy Osiyo va
boshqalardir.
Bu o‘lkalar asosan sahroli (Sahara) hududlarda joylashgan
bo‘lib, iqlimiy sharoiti gumid hududlardagidan keskin farq qiladi
— havo harorati yuqori, namligi esa juda kam, quyosh radiatsiyasi
kuchli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan chang-to‘zonli bo‘ronlar kuzatilib
turadi. Yoz oylarida sahrolarda havoning o‘rtacha harorati 25—30°C
dan yuqori bo‘lib, kunduz kunlari soya joyda 40—50°C ga yetadi.
Ayniqsa yilning qish hamda bahor oylarida havo va tuproq
haroratining sutkalik tebranishi keskin bo‘ladi, masalan: Saharada
harorat 30° va 70°C orasida, qish oylarida esa kunduzgi 15—20°C
dan kechasi 4—6°C gacha o‘zgarib turadi. Sahrolarda havo juda
quruq bo‘ladi.
Havoning o‘rtacha oylik namligi 20—30% orasida, yozning
issiq oylarida esa 3% dan 8% gacha bo‘ladi. Sahro iqlimining yana
bir asosiy xususiyati — quyosh radiatsiyasining kuchliligi bo‘lib,
mahalliy aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sahro havosida bulutning deyarli bo‘lmasligi quyosh nurini
to‘siqsiz yerga tushishi va yer yuzasining kuchli qizishi, yerdan
qo‘shimcha issiqlik nurlanishiga olib keladi va odam organizmiga
43
salbiy ta’sir etadi. Yer yuzasini kuchli qizish va uni havoga o‘tishi
tufayli chang-to‘zonli bo‘ronlar va kuchli issiq-quruq shamollar
kuzatilib turadi. Bunday paytlarda odam o‘zini juda yomon xos
qiladi, teri va shilliq pardalar qurshab, bosh og‘riydi, asabiy
jumbushlar kuzatiladi.
Sahro iqlimining organizmga salbiy ta’siri mahalliy aholida va
chetdan kelgan odamlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Mahalliy aholida
evalutsion tarzda bir qancha biologik moslashuvlar majmui yaralgan.
Ular organizmda jadal issiqlik yo‘qotish, tananing ortiqcha qizib
ketishdan va quyosh radiatsiyasidan asrashga moslashgan. Ularning
tana og‘irliklari kam bo‘lgani holda, bo‘ylari uzun, ozg‘in bo‘ladilar,
umumiy modda almashinuvi (10—15% ga) va gaz almashinuvi
pasaygan, yurak urish tezligi kamaygan, xolesterin miqdori past,
moy ajralishi va ter ajralishi kamaygan bo‘ladi. Bularning barchasi
tanada issiqlik ishlanishini kamaytirib, issiqlik yo‘qotishini
kuchaytiradi. Teri pigmentatsiyasining kuchliligi sahro aholisini
quyosh radiatsiyasini kuydiruvchi va konserogen ta’siridan saqlaydi.
Quyoshli kunlarning ko‘p bo‘lishi sababli boshqa, mo‘tadil
iqlimli o‘lkalarga nisbatan tropik o‘lkalarda terini quyoshdan kuyishi
va teri saratoni kasalliklari ko‘p uchraydi. Osiyo va Janubiy
Amerikaning ayrim o‘lkalari mahalliy aholisining kiyinish tarzi
(yopiq kiyim, keng soyabonli bosh kiyimi) ham quyosh radiat-
siyasidan saqlashga moslashgan. Tropik o‘lkalarda chetdan kelgan
odamlarga ultrabinafsha nurlanishning kuchliligi juda ahamiyatlidir.
Teri saratoni Afrika va Avstraliyaning yerli aholisi orasida,
oqtanlilarga nisbatan 27 marta kam uchraydi. Quyosh radiatsiyasining
foydali ta’siri ham bor. Ultrabinafsha nurlanish kuchli bo‘lgan
hudud aholisi orasida gi povitaminoz «D» kam kuzatiladi.
Aholi chiqindi bilan ifloslangan atrof-muhitni infeksiyadan
tozalash (sanatsiyalash) da quyosh radiatsiyasining ahamiyati
beqiyosdir.
Yilning quruq va issiq davrida tuproqqa yoki sabzavot hamda
mevalarga tushgan ichak infeksiyalari, shuningdek havo yo‘li bilan
yuquvchi infeksiyalar va ayniqsa viruslarni ham ko‘payishi va
saqlanishi uchun sharoit keskin kamayadi.
44
Biroq sahroning quruq va issq havosi, sutka davomida
haroratning keskin o‘zgarib turishi, quruq hamda ko‘p changli
havo nafas yo‘llarini qitiqlashi tez-tez shamollash kasalliklariga
sabab bo‘ladi, chunki mahalliy aholining kiyimi ham uy-joy sharoiti
ham havo haroratini qisqa muddatli, biroq ba’zan keskin, tungi
yoki mavsumiy sovib ketishlariga moslashmagan. Havo haroratining
sutkalik farqlanishi 50°C ga yetishi mumkinligini inobatga olmoq
kerak.
Ayrim qurg‘oqchil o‘lkalarda havoning ortiqcha quruqligi va
changliligi yuqori nafas yo‘li a’zolarining barerlik faoliyatini
pasaytiradi, ularni (bronxitlar, rinitlar) va ko‘z shilliq pardasini
zararlaydi (konyunktivitlar).
Bu xastaliklar umumiy kasalliklar va o‘lim majmuida salmoqli
o‘rin tutadi hamda o‘pka sili kasalligini ko‘payishiga omil yaratadi.
Ko‘z kasalliklaridan yuqumli konyunktivitlar va traxoma ko‘p
uchraydi.
Bunday iqlimiy sharoit shilliq pardalar va teriga ta’sir etib,
ularni qurshatadi hamda oqibatda ular onson jarohatlanadi va terida
stafilokokkli (sahro yarasi, fagedenik yara singari) yaralar, teri
difteriyasi, hamda leykoz va boshqa kasalliklarni keng tarqalishiga
sabab bo‘ladi.
Chetdan kelgan odamlarga yuqori haroratdan tashqari, ayniqsa
qumli (hamsina, sirokko, shergi va b.) bo‘ronlar og‘ir ta’sir
etadi, oqibatda bemorning ishtahasi yo‘qoladi, teri qitiqlanib
yallig‘lanadi, yurak-tomir faoliyati buziladi (Morokko bo‘yicha
— shergi sindromi), shuningdek, depressiv, nevrologik va psixik
o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Sahroli hududlardagi ekstremal iqlimiy sharoit chetdan kelgan
odamlar organizmiga salbiy ta’sir etib, ularning salomatligini buzadi
va keyinchalik organizmning qarshi kuchini kamaytirib mavjud
bo‘lgan surunkali kasalliklarning qo‘zg‘alishiga olib kelishi mumkin.
Suvning roli
Tropik issiq o‘lkalarda yog‘inning ko‘p va davomli bo‘lishi
oqibatida ko‘p ochiq suv havzalari paydo bo‘ladi va barcha suv
45
manbalari (daryolar, irmoqlar, dengiz plyajlari, quduqlar), ko‘cha
va hojatxonalar chiqindilari bilan ifloslanadi. Suvning doimiy iliqligi
va namlikning yuqoriligi esa bu suvlarda ichak infeksiyalarini
(amyobiaz, ichburug‘, vabo, tif—paratif kasalligi, salmonellyoz,
leptospiroz va b.), shuningdek, suv havzalarining doimiy yashov-
chilari bo‘lgan — mollyuskalar (shistosoma va b., trematodlar),
qisqichbaqa — sikloplar (dranukul) va boshqalarni saqlanishi hamda
ko‘payishiga juda qulay sharoit yaratadi. Bunday kasalliklarni yuqishi
qaynatilmagan suv ichilganda, cho‘milganda yoki behosdan suv
yutilganda sodir bo‘ladi.
Suv, nafaqat kasallik qo‘zg‘atuvchilari va ularning oraliq
xo‘jayinlarini, balki ularni yuqtiruvchi hasharotlarni ham ko‘payishi
uchun yaxshi omil bo‘ladi. Suv havzalarida juda ko‘p hasharotlar,
jumladan — bezgak, filyaridozlar, sariqli isitma, denge isitmasi
kasalliklarini yuqtiruvchi-chivinlar; onxotserkozni yuqtiruvchi —
mayda pashshalar; di petalonematozni yuqtiruvchi — mokritsalar
va boshqalar ham tez ko‘payadi.
Qurg‘oqchilik davrlarida suv havzalarining soni va hajmi
kamayadi, aholi ko‘pincha yaroqsiz suvni ichishga majbur bo‘ladi.
Suv havzalarida suv kamaygan sari undagi zararli jonzotlar
(masalan: serkariyalar, shistosomalar) ning konsentratsiyasi ortib
boradi, demak yuqish xavfi ham ortadi. Daryo suvlarining kamayishi
oqibatida suvi yaxshi isiydigan ko‘lmaklar paydo bo‘lib, bezgak
chivinlarining tez ko‘payishiga yaxshi omil bo‘ladi.
Binobarin, tropik o‘lkalarda suv, ko‘plab transmissiv kasallik-
lar, ichak infeksiyalari va invaziyalarining keng tarqalishiga imkon
yaratuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tuproqning roli
Tuproqda bir necha xil yuqumli va parazitar kasalliklarning
qo‘zg‘atuvchilari istiqomat qilishlari mumkin.
Odamlar va ko‘pchilik hayvonlarni ajralmalari bilan ifloslangan
tuproqda ayrim o‘tkir yuqumli kasalliklar (qoqshol, kuydirgi,
botulizm) ni qo‘zg‘atuvchi mikroblarning sporalari va hatto ayrim
o‘tkir ichak kasalliklari (iersiniozlar va b.) ning qo‘zg‘atuvchilari
46
saqlanishi mumkin. Ayrim parazitlar, masalan: geogelmintlar
o‘zining rivojlanishida ma’lum bir bosqichni albatta tuproqda
o‘tkazadi. Ayniqsa, inson va hayvonlar chiqindilaridan go‘ng sifatida
foydalanuvchi xo‘jaliklarda ishlovchi aholi orasida sanalgan
kasalliklarni keng tarqalishida tuproqning roli kattadir. Bunday
tuproqlarda bolalarni o‘ynashi, ayniqsa yalang qo‘l va oyoq bilan
tuproqqa ishlov berish, doimiy suv quyiladigan maydonlarda
ishlash, shuningdek xom sabzavot va ko‘katlarni iste’mol qilish bu
kasalliklarni yuqishiga keng yo‘l ochib beradi.
Mo‘tadil iqlimli o‘lkalarga nisbatan tropik o‘lkalarda, iqlimiy
sharoiti qulay bo‘lganligi tufayli, o‘nlab o‘simlik va hayvonat turlari
yashnab yashaydi. Bu holat ko‘plab mikroblar, parazitar hayvonlar
va kasalliklarni yuqtiruvchi, bo‘g‘im oyoqli hasharotlarning yasha-
shiga ham taalluqlidir.
Tuproqning yuqori namligi va issiqligi, unda geogelmint
(askarida, qilbosh va b.) larni jadal rivojlanishi hamda zambu-
rug‘larni tez ko‘payishiga imkon yaratadi. Bunday tuproqda
trepanosomoz kasalliklarini yuqtiruvchi hasharotlar (sese pashshasi
va treatom qandalasi) hamda leyshmaniozni yuqtiruvchi iskabtopar
(maskit) lar ham tez ko‘payadi.
Tropik o‘lkalardagi infeksiya va invaziyalarni tarqalishida
tuproq va suvning taqqosiy roli
(Lisenko A.Ya., 1983)
Tuproq — omillar: ifloslangan qo‘l, yangi sabzavot va mevalar
— kasalliklar: amyobiaz, ankilostomoz, askaridoz, (qorin tifi),
(dizenteriya), (nekatoroz), poliomielit, (strongiloidoz), (qoqshol),
toksokoroz, trixotsefalez.
Yalang oyoq yurish, yalang‘och holda yerda yotish — kasallik-
lar: (ankilostomoz), nekotoroz, stolbnyak, strongiloidoz.
Yuqtiruvchi—hasharotlar yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarining
ko‘payishi — kasalliklar: leyshmaniozlar, papatachi isitmasi, uyqu
kasalligi, Loaoz, tungioz (tunga renitrans burgasi qo‘zg‘atadigan
invaziya).
Ochiq havzalar suvi. Ichish — kasalliklar: amyobiaz, qorin tifi,
dizenteriya, drakunkulez, leptospirozlar, vabo, (shistosomozlar).
47
Cho‘milish — kasalliklar: (leptospirozlar), shistosomozlar.
Suv o‘simliklari, baliq, qisqichbaqa va mollyuskalarni xom
yoki chala xom holatda iste’mol qilish — kasalliklar: fassiolezlar,
fassiolopsidoz, angiostrongilez, difillobotrioz, kapillyarioz, klonor-
xoz, opistorxoz, viverralar, paragonimoz.
Yuqtiruvchi-hasharotlarning ko‘payishi — kasalliklar: denge
isitmasi, sariq isitma, bezgak, filyaridozlar (loaozdan tashqari).
Izoh. Qavs ichida yuqish yo‘li ikkinchi darajali bo‘lgan kasallik-
lar keltirilgan.
Ijtimoiy—iqtisodiy omillarni tropik o‘lkalar
aholisi sog‘ligiga ta’siri
Tropik o‘lkalarda ko‘proq agrar davlatlar joylashgan bo‘lib,
ularning ko‘pchiligida aholining sanitariya madaniyati, tabbiy xizmat
va shuningdek, aholining ovqatlanishi (sifat jihatidan va miqdoran)
past darajada ekanligi ma’lum.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarining
90% aholisining ichimlik suv bilan taominoti — shaharlarda —
76%, qishloqlarda esa 22% ni; chiqindilarni yo‘qotish esa taqriban
75% va 14% ni tashkil etadi.
Sanitariya madaniyatining pastligi, bu o‘lkalarda ko‘pchilik
yuqumli va parazitar kasalliklarning keng tarqalishi hamda binobarin
o‘limning ham ko‘p bo‘lishiga olib keladi. Masalan: rivojlanayotgan
mamlakatlar aholisi orasida umumiy o‘lim, rivojlangan mamla-
katlardagiga nisbatan 4 marta ortiqdir.
Tropik va subtropik o‘lkalarning qishloq joylarida yuqumli kasallik
bilan yotqizilgan bemorlarning 50% ning kasallanishi, sifatsiz suv
iste’moli bilan bog‘liq bo‘ladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlardagiga
nisbatan bolalar o‘limi 5—10%, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda
10—40 marta, onalar o‘limi esa 50—80 marta ortiqdir .
Bolalar o‘limining ko‘pligi tug‘ilishning juda yuqori bo‘lishiga
olib keladi. Bu holat ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarga xos
bo‘lib, ayrim o‘lkalarda yillik tug‘ilish 4—5% va undan ortiqdir.
48
Tug‘ilish va o‘limning mutanosib emasligi rivojlanayotgan
mamlakatlar aholisining juda tez ko‘payib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida aholining yillik o‘sishi
0,5% ni tashkil qilgani holda ko‘pchilik Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi davlatlarida bu ko‘rsatkich 2—3% ni tashkil etadi.
Bu holat, rivojlanayotgan mamlakatlarda bir qancha muammo-
larni, shu jumladan tug‘ilishning cheklash muammosini keltirib
chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |