Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/27
tarix01.04.2017
ölçüsü2,8 Kb.
#13033
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

MAVZU: “VABO”
Vabo  kasalligi  mavzusini  «ISHBILARMON  O‘YINLAR»
nomli  interaktiv  usul  yordamida  guruhlarda  amaliy  mashg‘ulot
darsini olib borish
SENARIY
Mashg‘ulot o‘yini uchun poliklinika sharoiti yaratiladi. Guruh-
dagi  talabalar  orasidan  BEMOR,  HAMSHIRA,  SHIFOKOR
tayinlanadi va mashg‘ulot o‘yini quyidagi tarzda olib boriladi:
BEMOR —  Mumkinmi?
HAMSHIRA  — Mumkin,  kiring.
BEMOR —  Assalomu alaykum doktor, menga yordam bering,
tobim yo‘q.

273
HAMSHIRA — Anketa to‘latadi: bemorning F.I.Sh., yoshi,
yashash manzili, ish joyi, lavozimi. Bemorga termometr qo‘yadi.
SHIFOKOR — Nima bezovta qilyapti?
BEMOR —  Kechasi bilan ichim 4—5 marta suvdek surdi.
Bugun ertalab nonushtadan oldin 1 marta qusdim, madorim yo‘q.
SHIFOKOR  —  Epidemiologik  anamnez  yig‘ish  maqsadida
bemorga quyidagi savollarni beradi. Bemor kasal bo‘lishdan 2—3
kun oldin xorijda bo‘lganmi yoki bo‘lmaganmi, mehnat faoliyati,
uyining sanitariya holati, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiladimi
yo‘qmi,  ochiq  suv  havzasidagi  suvdan  qaynatmay  iste’mol
qilganmi, xo‘jalik ishlari uchun foydalanganmi, diareya sindromi
bo‘lgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganmi, qayerda va qanday
ovqatlar  iste’mol  qilgan,  horijiy  fuqarolar  bilan  muloqotda
bo‘lganmi, ...
BEMOR —  Pokistonda bir hafta davomida tijorat ishlari bilan
band bo‘lib, kecha Toshkentga qaytib kelganman — deydi. Pokistonda
mehmonxonada  o‘zi  bilan  birga  borganlardan  3—4  tasini  ichi
surganini, ammo dori ichib ahvoli biroz yaxshilanganini aytadi.
SHIFOKOR — Kasallikning tarixiy bayonini yozish maqsadida
— “Kasallik qanday boshlandi?” — deb savol beradi.
BEMOR —  Kechasi soat 22 larda birdan ichim surdi. Birinchi
marta bo‘tqasimon edi, lekin tez orada qaytadan ichim surdi, bu
galgisi suvdek edi.
SHIFOKOR — Isitmangiz ko‘tarildimi, sovuq qotib, qaltira-
dingizmi? Qorningiz og‘riyaptimi?
BEMOR  —    Umuman  isitmam  ko‘tarilmadi,  hozir  ham
36,2°C ekan, qaltiramadim, qornim og‘rimayapti.
SHIFOKOR — Najasingizda qon, yiring, shilliq modda bormi,
ich kelishida kuchanayapsizmi, najasingizning rangi qanaqa, o‘ta
badbo‘y hidmi?
BEMOR  —    Najasimda  qon,  yiring,  shilliq  modda  yo‘q,
badbo‘y hid emas, kuchanmasdan kelyapti.
SHIFOKOR — Hozir ahvolingiz qanday?
BEMOR —  Og‘zim quriyapti, madorim yo‘q, yuragim bezovta
bo‘layapti,  panjalarim  muzlayapti,  boldir  mushaklarim  biroz
tortilayapti.

274
SHIFOKOR — Ilgari siz qaysi kasalliklar bilan kasallangansiz?
Nasliy kasalliklar bo‘lganmi? Dori-darmonlarga, oziq-ovqatlarga
allergiya kuzatilganmi?
BEMOR —  Ilgari tumov, tomoq og‘rig‘i, yoshligimda sariq
kasal bo‘lganman, bir marta ot tepib jag‘ suyagim singan, shifoxo-
nada davolanganman. Allergiya kuzatilmagan. Naslimiz toza.
SHIFOKOR — Bemorni umumiy ko‘ruvdan o‘tkazadi.
HAMSHIRA — Ambulator kartaga ma’lumotlarni qayd qiladi:
bemorning  qo‘l-oyoq  panjalari  muzdek,  terisi  toza,  toshmalar
yo‘q, elastikligi biroz pasaygan, tomir urishi 1 daqiqada 96 marta,
ravon, yurak tonlari biroz bo‘g‘iq, AQB — 100/50, nafas olishi
1  daqiqada  20  marta,  o‘pkasida  —  vezikulyar  nafas  eshitiladi,
qorni  —  tortilgan,  paypaslanganda  og‘riqsiz,  ammo  suvning
shildirashi  sezilyapti,  jigari  va  qora  talog‘i  kattalashmagan,
sigmasimon ichak elastik holatda, og‘riqsiz, Pasternatskiy simptomi,
meningeal belgilar salbiy, umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
BEMOR —  Hojatga borish istagini bildiradi.
SHIFOKOR  —  Hamshiraga  —  bemorning  najasi  “guruch
qaynatilgan suv”ga o‘xshayapti. Bemorda “Forma ¹30” kasalligi
bo‘lsa kerak.
 1, Tezda eshik va derazalarni bekiting.
 2, Bemor qabul qilishni to‘xtating.
 3. Qabulni kutib turgan bemorlarni biri yordamida biron bir
tibbiyot  xodimini  chaqirtirib,  bosh  shifokorga  “Forma  ¹30”
kasalligi aniqlanganligi to‘g‘risida xabar beriladi va himoya kiyimlari,
tezkor profilaktika uchun dori—darmonlar, bemorni parvarishlash
uchun  lozi m  bo‘lg an  predmetlar,  dori —darmonlar,
dezinfeksiyalovchi  dori-vositalar,  najasini  ekish  uchun  ozuqa
muhitlar  so‘raladi.
  4.  Tibbiyot  xodimlari  himoya  kiyimlarini  kiyadi  (II  ti p
kostyum).
  5.  Bemorga  lozim  bo‘lgan  tibbiy  yordam  ko‘rsatiladi  va
epidemiyaga qarshi tartibga rioya qilgan holda bemorning parva-
rishlanishini tashkil qiladi.
  6.  Joriy  dezinfeksiya  qiladi  (najasini,  yuz-qo‘lini  yuvgan
suvlarni,  idish—tuvaklarni  va  parvarishlashda  ishlatilgan  pred-
metlarni).

275
 7. Bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yhatini tuzadi.
 8. Lozim bo‘lsa maslahatchi chaqiradi.
 9. Bemorni sanitar avtotransportida evakuatorlar yordamida
VABO GOSPITALIga yuboriladi. Evakuatorlar vrach yoki o‘rta
tibbiy xodim va 2 ta sanitarkadan iborat bo‘ladi. Ular pijama, jarrohlik
halati,  shapka  yoki  kostinka  o‘ragan  bo‘ladi.  Evakotransport
xodimlari ish tamom bo‘lgach sanitar zararsizlantirishdan (sanitar
obrabotka)  o‘tishadi.
 10, Dezinfeksiya qilishga kelgan xodimlar o‘latga qarshi
II ti p  kostyum va unga qo‘shimcha klienkali narukavnik va fartuk,
respirator  RU—60M  yoki  RPG—67,  A  markali  patron  bilan
kiyishadi va ishga kirishadilar.
ShIFOKOR — Forma ¹ 058 to‘ldirib SESga yo‘llaydi.
MAVZU: 
“DIFTERIYA”
Difteriya  mavzusini  “KIM  KO‘PROQ?  KIM  TEZROQ”
nomli  interaktiv  usul  yordamida  guruhlarda  amaliy  mashg‘ulot
darsini olib borish
Uslubning maqsadi: ma’ruza va amaliy mashg‘ulot bilimlarini
mustahkamlash. Kasallikning qiyosiy tashxisi, tashxisini, davolashi
va tez yordam ko‘rsatishni bilish.
SSENARIY
Davomiyligi 15 daqiqa.
O‘qituvchi 1 daqiqa davomida har bir talabaga savollar beradi.
Shu vaqt ichida to‘g‘ri javoblar hisoblanadi. Qancha ball olganiga
qarab talaba bilimi baholanadi.
 Beriladigan savollar:
1. Difteriya qo‘zg‘atuvchisi qaysi guruhga kiradi?
(Corynebacterium  diphteriae,  bakteriya)
2. Difteriya qo‘zg‘atuvchisining asosiy xossalarini ayting.
(fakultativ aerob. Spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz,
grammusbat,  ekzotoksin  ajratadi)
3. Difteriya tayoqchalari qanday shtammlardan tashkil topgan?
(toksigen shtamm, antigenlarga boy, toksigen bo‘lmagan antigeni
bo‘yicha  toksigenga  yaqin,  toksigen  bo‘lmagan  antigenlari  miqdor
jihatdan turli hil)

276
4. Difteriyaning yuqish yo‘llari?
(havo—tomchi, kontakt, alimentar, uchinchi shaxs orqali)
5. Difteriyada kasallik manbayini ayting.
(bemor odam va bakteriya tashuvchi)
6. Difteriyaning qanday klinik shakllarini bilasiz?
(lokalizatsiyalashgan,  tarqalgan,  kombinirlangan,  toksik)
7. Difteriyaning a‘zolar bo‘yicha qanday shakllarini bilasiz?
(tomoq, burun, jinsiy a’zolar, ko‘z, krup)
8. Tomoq difteriyasining qanday klinik shakllarini bilasiz?
(kataral pardali, subtoksik, toksik, gipertoksik)
9. Tomoq difteriyasi kataral shaklining qanday 2 ko‘rinishini
bilasiz?
( orolchali, karashlar faqat murtaklarda)
10. Tomoq difteriyasi subtoksik shaklining qanday 2 ko‘rinishini
bilasiz?
(edematoz — tomoq shishi, bir tomonlama — Morfen shakli)
11. Tomoq difteriyasi toksik shaklining 2 ko‘rinishini ko‘rsating.
( gemorragik holatlarsiz, gemorragik holatlar bilan: 1-darajasi
— shish bo‘yin o‘rtasigacha; 2-darajasi — shish o‘mrov suyagigacha;
3-darajasi — shish o‘mrov suyagidan pastda joylashadi)
12. Tomoq difteriyasi orolchali shakli uchun qanday harorat
reaksiyasi xos?
(subfebril 38 C gacha, ayrimlarda normal)
13.  Tomoq  difteriyasi  orolchali  shakli  uchun  xos  og‘riq
xarakterini ayting.
(bo‘lmaydi yoki  sust rivojlangan)
14.  Tomoq  difteriyasi  orolchali  shaklida  tomoqning  holati
qanday bo‘ladi?
(o‘rtacha  giperemiya,  karash  nuqtasimon,  yo‘lsimon,  fibrinoz
ko‘rinishida)
15. Tomoq difteriyasi orolchali shaklida qondagi o‘zgarishlar
qanday bo‘ladi?
(leykotsitoz, neytrofilyoz, EChT ning o‘rtacha oshishi)
16. Difteriyada asosiy mahalliy patogenetik mexanizmlar nima?
(epiteliy  nekrozi,  kapillarlar  o‘tkazuvchanligining  oshishi,
ekssudatsiya,  fibrin,  trombokinaza  ta’sirida  fibrinoz  plyonkaning
hosil  bo‘lishi)

277
17. Difteriyada asosiy umumiy patogenetik mexanizmlar nima?
(toksiemiya, qon-tomir sistemasi, buyrak, buyrak usti bezi, nerv
sistemasi, ayniqsa periferik zararlanishi)
18.  Tomoq  difteriyasi  pardali  lokalizatsiya  shakliga  qanday
temperatura xos? ( 38—39°C, ayrimlarda normal)
19. Tomoq difteriyasi pardali shaklida og‘riqlar xarakteri qanday
bo‘ladi? (o‘rtacha)
20.  Tomoq  difteriyasi  pardali  shaklida  limfa  tugunlarining
reaksiyasi (jag‘ osti limfa tugunlari kattalashgan, kam og‘riqli) qanday
o‘tadi?
21. Tomoq difteriyasi pardali shaklida murtaklardagi karashning
xarakteri qanday?
(birinchi kunlarida nozik o‘rgimchak ko‘rininshida, kulrang, oson
ko‘chadi, fibrinozli, keyingi kunlarda qalin, shilliq qavat ustidan chiqib
turadi, kulrang-oq, qiyinchilik bilan ko‘chadi)
22.  Tomoq  difteriyasi  pardali  shaklida  qondagi  o‘zgarishlar
qanday?
(leykotsitoz, mikrofilyoz, EChTning ortishi)
23. Tomoq difteriyasi toksik shaklida temperatura reaksiyasi qanday
bo‘ladi?
(yuqori, 39—40 °C bo‘lishi mumkin)
24. Tomoq difteriyasi toksik shaklida bemorning umumiy ahvoli
qanday?
(og‘ir, holsizlik, adinamiya, yuzning oqarganligi)
25. Tomoq  difteriyasi toksik shaklida  tomoqdagi og‘riqning
xarakteri qabday?
(kuchli, dinamikada kamayishi mumkin)
26. Tomoq difteriyasi toksik shaklida limfa tugunlarining reaksiyasi
qanday o‘tadi?
(jag‘ osti limfa tugunlari kattalashgan, kam og‘riqli)
27. Tomoq difteriyasi toksik shaklida bo‘yin kletchatkasini shishi
qanday namoyon bo‘ladi?
(turli xil darajalarda namoyon bo‘ladi)
28. Tomoq difteriyasi toksik shaklida murtaklarning holati qanday?
(o‘rtacha giperemiya, murtaklarning, yumshoq tanglayning shishi)

278
29. Tomoq difteriyasi toksik shaklida murtaklardagi karash qanday
xarakterga ega?
(fibrinoz,  ikkala  murtaklarga  tarqalgan,  tilchaga,  ravoqlarga
o‘tishi  mumkin)
30. Tomoq difteriyasi toksik shaklida qon o‘zgarishlari qanday
bo‘ladi?
(leykotsitoz, neytrofilyoz, EChT ning ortishi)
31. Hiqildoq difteriyasining boshlanishi qanday?
(sekin-astalik bilan)
32 Hiqildoq difteriyasida harorat reaksiyasi qanday bo‘ladi?
(normal,  subfebril)
33. Hiqildoq difteriyasida yo‘talning xarakteri qanday?
(dag‘al,  «vovullovchi»)
34. Hiqildoq difteriyasida ovozning xarakteri qanday bo‘ladi?
(zo‘rg‘a gapiradi, so‘ng afoniya)
35. Hiqildoq difteriyasida kataral simptomlarning xarakteri qanday?
(bo‘lmaydi)
36. Hiqildoq difteriyasida toshmalar bo‘ladimi?
(bo‘lmaydi)
37. Tomoq difteriyasi orolchali shaklini qaysi kasalliklar bilan
qiyosiy tashxis o‘tkazish kerak?
(follikulyar, lakunar  angina, zamburug‘li—faringomikoz)
38. Tomoq difteriyasi pardali shaklini qaysi kasalliklar bilan
qiyosiy tashxis o‘tkazish kerak?
(Simonovskiy—Rauherusa  ang inasi  bilan,  infeksion
mononukleoz, skarlatinadagi nekrotik angina, leykozdagi nekrotik
angina, murtaklarning sifilisi)
39.  Tomoq  difteriyasi  toksik  shaklini  qaysi  kasalliklar  bilan
qiyosiy tashhis o‘tkazish kerak?
(paratonzillyar  abssess,  epid.parotit,  infeksion  mononukleoz,
skarlatirnali  adenoflegmona)
40. Hiqildoq difteriyasini qaysi kasalliklar bilan qiyosiy tashxis
o‘tkazish  kerak?
(gripp,  paragripp,  adenovirus  infeksiyasi,  qizamiqli  krup,
skarlatinali krup, yot jism, halqum papillamatozi)

279
41. Difteriyada qanday asoratlar bo‘ladi?
(miokardit,  polinevrit,  pnevmoniya,  buyrak  va  buyrak  usti
yetishmovchiligi)
42. Difteriyaning tashxis usullari qanday?
(klinik, epidemiologik, bakterial va serologik)
43. Difteriyani davolashning qanday asosiy usullari bor?
(difteriyaga  qarshi,  antitoksik  zardob,  degidratatsiya  bilan
infuzion terapiya, antibakterial terapiya, stimullovchi terapiya)
44. Difteriyali krupni davolash qanday bo‘ladi?
(tinchlik, toza havo, chalg‘ituvchi terapiya, gormonlar, operativ
davolash)
MAVZU: 
“QIZAMIQ”
“QORA QUTICHA” USULI
1. Qizamiq qo‘zg‘atuvchisi qaysi guruhga kiradi?
—  miksovirus  guruhiga  mansub,  RNK  tutuvchi,  tashqi
muhitga chidamsiz, barcha antibiotiklarga chidamli.
2. Qizamiqni qanday o‘ziga xos asosiy epidemiologik xossalarini
bilasiz?
—  havo  oqimi  bilan  uzoq  masofalarga  tarqalishi  mumkin,
yoriqlardan ham o‘tadi.
3. Qizamiqda kasallik manbayi nima?
— turli xil klinik shakli bilan og‘rigan bemor odam.
4. Qizamiqning yuqumli davri necha kun davom etadi?
— inkubatsion davrning oxiridan boshlab, asoratlanganda esa
toshmalar paydo bo‘lgandan boshlab 10 kungacha.
5. Qizamiq qanday yo‘llar bilan yuqadi?
— havo—tomchi, yo‘talganda va aksa urganda o‘tadi.
6. Qizamiqda kirish yo‘llarini ko‘rsating.
—  yuqori  nafas  yo‘llarining  shilliq  qavati  shuningdek,  ko‘z
kon’yunktivasi bo‘lishi mumkin.
7. Qizamiqda kontagiozlik indeksi nechaga teng?
— kontagiozlik indeki 0,95%ga teng, ko‘proq yosh bolalar 6
oydan 7 yoshgacha kasallanshadi.

280
8. Qizamiqning faslliligini ko‘rsating.
— kuz—qish oylarida.
9. Qizamiqda qanday immunitet qoladi?
— umrining oxirigacha turg‘un.
10. Qizamiqning patogenezi nechta bosqichlardan iborat?
—  virusning  kirishi,  virusemiya,  limfoid  retikulogistiotsitar
hujayralarning zararlanishi.
11. Qizamiq virusi qanday tropizm xususiyatga ega?
— neytrotrop, dermotrop, epiteliotrop.
12. Qizamiqda inkubatsion davr qancha kun davom etadi?
— 9—11 kun, 17 kungacha cho‘zilishi mumkin, immunop-
rofilaktikada 21 kungacha.
13.  Qizamiqning  boshlang‘ich  davrida  qanday  simptomlar
kuzatiladi?
— tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, rinit, kon’yunktivani
gi peremiyasi,   yorug‘likdan  qo‘rqish,   ko‘zdan  yosh   oqishi,
ovozning  bo‘g‘iqlashuvi,  yuzning  biroz  shishganligi,  yumshoq
tanglay shiliq qavatining enantemasi.
14. Boshlang‘ich davri qancha davom etadi?
—  3—4-kun.
15. Filatov—Koplik dog‘lari nechanchi kun paydo bo‘ladi?
— kataral davrning 2—3-kuni.
16. Qizamiqda nechanchi kun toshmalar paydo bo‘ladi?
—  4—5-kun.
17. Qizamiqda toshmalarning o‘ziga xosligi qanday?
—  toshmalarning  etapliligi  xos,  1-kun  yuzda,  bo‘yinda,
2-kun ko‘krakda va qo‘llarda, 3-kun oyoqlarda.
18. Qizamiqda toshmalar xarakterga ega?
— toshmalar makulopapulyoz, o‘zgarmagan teri fonida qo‘shi-
lish tendensiyasi bilan.
19. Qizamiqdagi toshmalar qanday rangda bo‘ladi?
—pushti, qizil,  sianotik.
20. Pigmentatsiya davri nima bilan xarakterlanadi?
— ahvoli yaxshilanadi, kataral holatlar kamayadi, toshmalar
to‘qlashib, pigmentatsiyalanadi.

281
21. Pigmentatsiya necha kun bo‘ladi?
— 1—1,5 hafta.
22. Qizamiqda pigmentatsiya davri nima bilan davom etadi?
— mayda kepaksimon qi piqlanish
 bilan.
23. Qizamiq qanday klinik shakllarga bo‘linadi?
— ti pik,  ati pik.
24. Qizamiq kechishi bo‘yicha qanday bo‘ladi?
— yengil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir shakli.
25. Qizamiqning ati pik shakli qanday bo‘linadi?
—  emlanganlardagi  qizamiq  (mitigirlangan  qizamiq),  yosh
bolalardagi qizamiq, boshqa infeksiyalar bilan birgalikdagi qizamiq,
kattalardagi qizamiq.
26. Yosh bolalar qizamig‘i mitigirlangan kechganda qanday
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?
— inkubatsion davrning cho‘zilishi (17—21 kun), kataral davr
1—2 kun, kataral simptom va rinit kuchsiz ifodalangan, pigmen-
tatsiya davri kuchsiz yoki umuman bo‘lmaydi.
27. Yosh bolalardagi qizamiq kechishining o‘ziga xos xususiyat-
larni ayting?
— kataral davri qisqa 1—2 kun, subfebril harorat, kon’yunk-
tivit va rinit kuchsiz ifodalangan, Belskiy—Filatov—Koplik dog‘lari
doimiy emasligi, toshmalar ko‘p emas tez yo‘qoladi, pigmentatsiya
yaqqol ifodalangan, og‘ir intoksikatsiya, asoratlarning erta rivojla-
nishi.
28. Qizamiqda qanday asoratlar kuzatiladi?
— laringit, faringit, traxeobronxit, pnevmoniya, rinit, sinusit,
stomatit,  ensefalit,  meningit,  blefarit,  keratit.
29. Qizamiqda qanday laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi?
— RTGA, RSK, RN — bu reaksiyalar 2 marta juft zardoblar
bilan bajariladi.
30. Qizamiqda qanday davolash bajariladi?
—  yotoq  rejimi,  ko‘z,  burun  va  og‘iz  bo‘shlig‘ini  parvarish
qilish;
—  ko‘p  suyuqlik  ichish,  sutli,  har  xil  ko‘katlarga  boy,
vitaminlashgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish;

282
— antigistamin preparatlar;
—  simptomatik  davo,  asoratlangan  va  og‘ir  shakllarida
antibiotiklar va glyukokortikosteroidlar.
31. Qizamiq profilaktikasi qanday o‘tkaziladi?
 — Tirik qizamiq vaksinasi bilan faol emlash o‘tkazish (JKV
L—16,  Ruvaks,  MMR  (qizamiq,  qizilcha,  tepki).
— Vaksinatsiya sxemasi — 9 oy va 16 oy.
—  Passiv  immunizatsiya  —  qizamiqqa  qarshi  donor
immunoglobulini, muloqotning 3—5-kuni yuboriladi.
—  Umumiy  epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  —  toshma
toshgandan to 5—kunigacha, asoratlar bo‘lganda esa 10-kunigacha
bemorni izolyatsiya qilish.
— Bolalar muassasalarida 21 kunlik karantin e’lon qilinadi.
32. Qizilchaning qo‘zg‘atuvchisi qaysi guruhga kiradi?
—  virus  RNK  tutadi,  Togaviridae  oilasi,  Rubivirus  turiga
mansub, tashqi muhitga chidamli, antibiotiklarga sezuvchan emas.
33. Infeksiya manbayi nima?
— bemor odam, sog‘lom virus tashuvchi.
34. Qizilchaning yuqumli davri qancha davom etadi?
— 1—2 kun toshma paydo bo‘lgunigacha va toshma paydo
bo‘lgach 5 kundan so‘ng tugallanadi.
35. Qizilcha qanday yo‘llar bilan yuqadi?
— havo—tomchi, shiningdek onadan homilaga o‘tishi mumkin.
36. Qizilchaning kirish yo‘llarini ko‘rsating.
— yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavati.
37. Qizilchada qanday yoshdagilar ko‘proq kasallanadi?
—  2 yoshdan  10  yoshgacha  shuningdek, ko‘pincha  kattalar
ham.
38. Qizilchada qanday immunitet qoladi?
— turg‘un, umrining oxirigacha.
39. Qizilchaning faslliligi?
— qish—bahor oylarida.
40. Qizilcha patogenezining o‘ziga xosligi?
— limfatik va embrional to‘qimani zararlaydi.

283
41. Qizilchada inkubatsion davr qancha davom etadi?
— 11 kundan 24 kungacha (ko‘pincha 16—20 kun).
42. Qizilchada prodromal davr kechishining o‘ziga xosligi?
— ko‘pincha bo‘lmaydi, ayrimlarda 1—2 kun.
43.  Qizilchada  kasallikning  nechancha  kunidan  boshlab
toshmalar paydo bo‘ladi?
— kasallikning 1—3-kunlaridan.
44. Qizilchada ko‘pincha qayerda toshmalar joylashadi?
— yozuvchi yuzalarda, dumbada va bo‘yinda.
45. Qizilchada toshmalar xarakteri qanday bo‘ladi?
— toshmalar mayda, dog‘simon, pushti—qizil rangda.
46. Toshmalar necha kun bo‘ladi?
— 3 kundan 5 kungacha.
47. Qizilchaning kattalarda kechishidagi o‘ziga xos tomonlarini
ayting?
— kasallik og‘ir kechadi, yuqori harorat bilan, bosh va mushak
og‘riqlari, limfa tugunlari keskin kattalashadi.
48. Qizilchada qanday asoratlar bo‘ladi?
— meningokokkli meningoensefalit, homiladorlarda bolasining
majruh tug‘ilishi, bola tashlash, homilaning o‘limi.
49. Qizilchada laborator diagnostikasi?
— RTGA, juft zardob 10 kun interval bilan, periferik qonda
—  leykopeniya,  limfotsitoz,  plazmatik  hujayralarning  paydo
bo‘lishi.
50. Qizilchani qaday davolanadi?
— simptomatik.

284
TALABALAR BILIMINI MUSTAHKAMLASH
UCHUNVAZIYATLI MASALALARDAN NA’MUNALAR
1-vaziyatli masala.
Ich  terlama  bilan  og‘rigan  bemorda  kasallikning  14-kuni
qornining o‘ng yarmida og‘riq paydo bo‘ldi.
Ko‘rikda: tili quruq, kir—kulrang karash bilan qoplangan. Puls
daqiqasiga  120  ta,  ritmik.  Qorni  taranglashgan,  nafas  olishda
qatnashmaydi. Najas va siydik ajratishi tutilishi kuzatilmoqda.
1. Bemor ahvolining og‘irlashishiga sabab nima?
2. Bemorda siz qanday obyektiv tekshiruvlarni o‘tkazishingiz
kerak?
3. Bemorning umumiy qon tahlilida qanday natijalarini ku-
tayapsiz?
4. Qaysi kasalliklar bilan taqqoslash kerak?
5. UASh taktikasi.
2-vaziyatli masala.
Bemor K., 16 yoshda, litsey o‘quvchisi. Kasallik 7 kun oldin
quvvatsizlik, lohaslik, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi
(38°C) bilan boshlangan. Uchastka vrachi O‘RVI tashxisini qo‘yib,
uyda davo buyurgan. Kasallikning 3-kuni isitmasi tushgan, siydik
rangi o‘zgargan. Keyinchalik atrofdagilar bemorning ko‘zi va terisida
sariqlik ko‘rganlar.
Obyektiv: teri qoplamlari va ko‘z skleralari ikterik (++). Yurak
tonlari  bo‘g‘iqlashgan,  puls  daqiqasiga  64  ta,  AQB  100/60
mm.sim.ust., tili  oqish—kulrang karash  bilan qoplangan.  Qorni
yumshoq, o‘ng qovurg‘a ostida og‘riqli. Jigar qovurg‘a ravog‘idan 3
sm, pastda, qattiqlashgan, sezgir. Taloq kattalashmagan. Peshob
— «pivo» rangida. Najasi aholik.
1. Taxminiy tashxis qo‘ying?
2. Qanday laborator tekshiruvlar sizga tashxis qo‘yishga yordam
beradi?

285
3. Qaysi kasalliklar bilan taqqoslash kerak?
4. UASh taktikasi.
3-vaziyatli masala.
Bemor M., 39 yoshda. Kasallikning 12-kuni murojaat qildi.
Shikoyatlari: keskin quvvatsizlik, ko‘ngil aynishi, qayta qusish,
teri  va  sklerasining  sariqligiga.  Kasallikning  birinchi  10  kunida
holsizlik, ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatilgan.
Tana harorati subfebril darajada bo‘lgan.
Obyektiv: teri qoplamlari va sklerasi ikterik (++++). O‘pkada
vezikular  nafas.  Yurak  tonlari  biroz  bo‘g‘iq.  Tili  karash  bilan
qoplangan. Jigar qovurg‘a ostidan +4 sm, chiqqan, qattiqlashgan.
Taloq kattalashgan.
Anamnezida: 2 oy oldin yara kasalligi tufayli, qon yo‘qotganligi
sababli unga qon quyilgan.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz?
2. Qanday laborator tekshiruvlar sizga tashxis qo‘yishga yordam
beradi?
3. Qaysi kasalliklar bilan qiyosiy taqqoslash kerak?
4. UASh taktikasi.
Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin