Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

II.2.1-jadval
Yorug‘lik omiliga ko‗ra hayvonlar quyidagilarga bo‗linadi 
Fotofillar 
Fotofoblar
Evrifob
Stenofob
Yorug‘ sevar 
hayvonlar 
Qorong‘ulikni 
hush ko‗ruvchi 
hayvonlar 
Yorug‘likning 
keng diapozoniga 
moslashgan 
hayvonlar 
Yorug‘likka 
moslashish 
diopazoni tor 
hayvonlar 
Yorug‘lik hayvonlarning ko‗rishi uchun zarur omil hisoblanadi. Atrof- 
muhitni to‗lig‘icha ko‗rish hayvonlarning evolyutsion taraqqiyotiga bog‘liq. 
Masalan, bir hujayrali hayvonlarda ko‗rish organlari yaxshi taraqqiy qilmagan. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
39 
Ba‘zi hayvonlar, masalan, ilonlar spektrning infraqizil qismini sezganligi uchun 
qorong‘uda ham o‗ljasini topadi. 
Ko‗rish organlarining taraqqiy etishi konkret ekologik sharoit va yashash 
muhitiga bog‘liq. G‘orlarda yashaydigan hayvonlarda, yorug‘lik tushmagani 
uchun, ko‗rish organlari ko‗zlari qisman yoki to‗la reduksiyalashgan.
Qushlar uzoq masofalarga, ya‘ni qishlaydigan joylargacha uchganda 
yorug‘lik yordamida, aniq yo‗lni tanlaydi. Bunda yorug‘lik astronomik manbai – 
quyosh va yulduzlarga qarab orientirlanadi. 
Harorat omili.
Harorat asosiy iqlim omillaridan biri bo‗lib, bu hayotiy 
jarayonlar unga bog‘liq. Harorat organizmlarga bevosita va bilvosita ta‘sir 
ko‗rsatadi. U o‗simliklar va hayvonlar ta‘sirida o‗zrarib turadi. Masalan, 
o‗rmonlar ta‘sirida muhit harorati pasayadi. Asalarilar o‗z uyasida harorat 13°S 
gacha pasayganda, muskullari harakati kuchayishi natijasida uya haroratini 20 -
30°S gacha ko‗taradi. Hayvonlar o‗z inlarida ham ma‘lum haroratni saqlaydilar. 
Harorat hayvon va o‗simliklar hayotida, modda almashinish tezligi
fotosintez, transpiratsiya va boshqa bioximik va fiziologik jarayonlar hamda 
ekologik hulq atvor reaktsiyalariga ta‘sir qiladi. 
Sayyoramizda organizmlar katta harorat diapazonida yashaydi. Ko‗p turlar 
uchun 20-30°S ekologik optimum hisoblanadi. Ko‗pchilik gidrobiontlar esa 35°S 
dan baland haroratda yashay olmaydi. Quruqlikda yashovchi issiq sevar 
organizmlar 50°S haroratga ham chidamlidirlar. 
Qisqichbaqalarning bir turi 45-48°S da yashaydi va suv harorati 30°S ga 
tushganda esa o‗lib qoladi. Molyuskalarning ayrim turlari 60°S gacha haroratga 
chiday oladi. Bakteriyalarning ayrim turlari 70-90°S haroratli manbalarda 
uchraydi, sporalari esa 120-140°S gacha chidaydi. Bu hayotning eng baland 
harorat chegarasi hisoblanadi. 
Organizmlarning past haroratga chidamliligi quyidagi ma‘lumotlardan bilib 
olishimiz mumkin. Ko‗pchilik hayvonlar 5°S harorat tushgunicha chidaydi, eng 
tuban harorat 0°S hisoblanadi. Dengizdagi sovuqqa chidamli hayvonlar esa -33°S 
ga, hasharotlar -20 -45 °S ga chidaydi.
Sayyoramizda 5 ta issiqlik zonalari
( II.2.2-jadval) mavjud. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin