Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
Fiziologik moslashuv
. Bargning isib ketishiga qarshi fiziologik moslashuv 
bu–kuchli transpiratsiya, organik kislotalar hosil qilish. Aleksandrov (1975) 
bo‗yicha, issiqlikka chidamlilik, bu – oqsil molekulalarining chidamliligidir. 
Fiziologik moslashuvlardan yana biri bu tuban o‗simliklardagi anabioz 
holatiga o‗tishdir. 
 
O‗simliklar jamoasida salqin joylarni egallash. 
Bahorda, salqin fasldan 
foydalanib issiqda, uyquga ketish – efemerlar, efemeroidlar. 
Haroratning organzmlar xulq – atvoriga ta‘siri natijasida, ular noqulay 
haroratlardan o‗zlari uchun qulay mikroiqlimiy sharoitga qochishlari mumkin. 
Buning natijasida ular katta hududlarga migratsiyalanishi mumkin. 
Poykiloterm hayvonlarda kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiya taraqqiy 
etmagan. Ular noqulay harorat paydo bo‗lishi bilan undan uyalarida yashirinadi
tuproqda, ba‘zilari esa to‗planib turishadi. 
Organizmlar haroratga fiziologik holatni o‗zgartirish orqali ham moslashadi. 
Tinim yoki uyquga ketish 2 xil bo‗ladi: 
a) yozgi tinim harorat baland va namlik kam bo‗lganda;
b) qishki uyquga ketish yoki, tinim olish –harorat past bo‗lganda. 
Tinimga ketish har xil bo‗lishi mumkin. Bunday tinim yaxshi sharoit yoki 
migratsiyaga ham olib kelishi mumkin, Issiq sharoitda yashovchi hayvonlarda esa, 
u sutkalik ritmning o‗zgarishiga olib kelishi mumkin, masalan, cho‗l hayvonlari 
kunduzi dam olib, kechasi aktiv hayot kechiradi. 
Poykiloterm hayvonlar tana haroratini quyoshga qaratib, o‗zgartirib 
boshqaradi. Masalan, chigirtka ertalab quyosh nurlariga tanasining keng tomonini, 
tushda esa tor tomonini qaratadi. 
Harorat va hayvonlar morfologik tuzilishi orasidagi qonuniyatlar mavjud. Bu 
Bergman qonuniyati bo‗lib, u shundan iboratki, sovuq iqlimli joylarda katta 
hajmdagi turlar tarqalgan. Hayvon qancha katta bo‗lsa, uning issiqlik yo‗qotishi 
shuncha kam bo‗ladi. Sovuq iqlimli rayonlarda tarqalgan sut emizuvchi 
hayvonlarda quloq va dum yuzasining qisqarishi kuzatiladi, bo‗yin va oyoqlari 
qisqargan bo‗lib, tanasi erga yaqin joylashadi, ya‘ni oyoqlari kaltaroq bo‗ladi, 
masalan, buni tulkilarda ko‗rish mumkin. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin