Toshkent 2020 yil


Tabiatdagi moddalarning katta geologik aylanma harakati



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Tabiatdagi moddalarning katta geologik aylanma harakati.
Organizmlar 
tog‘ 
jinslarining nurashida, tuproq hosil bo‗lishida, rel‘ef shakllarini o‗zgarishida, 
qazilma boyliklarning paydo bo‗lishida va atmosferaning hozirgi tarkibini vujudga 
keltirishda katta rol o‗ynaydi. 
To‗xtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga 
solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi biosferaning o‗ziga xos
belgisidir. Atmosferada sarf bo‗ladigan kislorod o‗rnini fotosintez va boshqa
jarayonlar natijasida to‗ldirib turiladi. O‗simliklar karbonat angidridni yutib, 
organik mahsulot yaratadi.
Biosferada suvning almashinuvi:
Biosferada suvning almashinuvida tirik 
moddalar katta rol o‗ynaydi. Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, 
fosfor, oltingugurt va boshqalarni aylanib yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, 
moddalarning tabiatda to‗xtovsiz aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati 
juda katta.
Biotik aylanishda million tonnalab fosfor va azot, katta miqdordagi kaliy, 
kaltsiy, temir hamda juda ko‗p miqdorda suv ishtirok etadi. 
Suvning aylanishida bug‘lanish, transpiratsiya jarayonlari muhim ro‗l 
o‗ynaydi. O‗simliklarning yer ustki qismlari tomonidan suvning bug‘lantirilishi 
ko‗tarish kuchini hosil qiladi, tuproqdan eritmalarni oladi. Ular o‗simlikni suv 
bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham ta‘minlaydi. Suv tuproqdan bug‘ holatida 
atmosferaga ko‗tarilib, soviydi, keyin (6.5.1-rasm) kondensatsiyalanib, yomg‘ir 
holida u yana quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
73 
III.3.1.1
-rasm. Tabiatda suvning aylanishi. 
 
Biosferada SO
2
ham davriy aylanadi. Atmosferada 0,03% SO
2
bor. 
Fotosintez jarayonida o‗simlik atmosferadan SO
2
ni yutadi va organik modda hosil 
qiladi va oziq zanjirlari orqali hayvonlarga o‗tadi. Uglerod o‗simliklar va 
hayvonlarning nafas olishi va boshqa 
jarayonlarda ajralib chiqadi. 
V.I.Vernadskiyning ko‗rsatishicha, tirik 
organizmlar biosferada kimyoviy elementlar 
migratsiyasi (ko‗chib yurishi)ning asosiy 
omillaridir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin