Jigar, yurakning endokrin faoliyati Reja: Jigar faoliyati Yurakning endokrin faoliyati



Yüklə 21,68 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü21,68 Kb.
#162287
  1   2

Jigar, yurakning endokrin faoliyati
Reja:
1.Jigar faoliyati
2.Yurakning endokrin faoliyati
Plasenta- bu ona va homila o'rtasidagi asosiy bo'g'in bo'lib, villous gemohorial tipga kiradi. Rivojlanayotgan trofoblast bachadon shilliq qavati va qon tomirlari to'qimalarini yo'q qiladi, lakunalar hosil bo'ladi, bu erda onaning arterial qoni oqadi va keyin lakunalardan qon venoz tizim orqali bachadondan oqib chiqadiPlasenta ikkiga bo'linadi yuzalar. Xomilaga qaragan sirt homila deb ataladi. U silliq amnion bilan qoplangan, u orqali katta tomirlar porlaydi.ona yuzasi platsenta bachadon devoriga qaragan holda. Uning tashqi tekshiruvi davomida kulrang-qizil rang va pürüzlülük e'tiborni tortadi. Bu erda platsenta kotiledonlarga bo'linadi. Plasentaning xomilalik qismi shakllangan quyidagi ketma-ketlikda. Blastotsistning trofektodermasi, embrion rivojlanishning 6-7-kunida bachadonga kirganda, bachadon shilliq qavatiga yopishish qobiliyatiga ega bo'lgan trofoblastga aylanadi. Bunda trofoblastning hujayrali qismi ikki qismga differensiallanadi - hujayra komponenti bilan birga trofoblastning simplastik qismi tashqarida paydo bo'ladi. Bu ikkinchisi, ko'proqligi tufayli farqlangan holat implantatsiyani ta'minlashga va onaning tanasining to'qimalarga genetik jihatdan begona ob'ektni (blastotsist) kiritilishiga qarshi immunitetini bostirishga qodir. Simplastotrofoblastning rivojlanishi va shoxlanishi tufayli birlamchi villi paydo bo'ladi, bu esa trofoblastning bachadon to'qimalari bilan aloqa qilish maydonini oshiradi.

  1. Jigar toksik moddalar, zaharlarni va boshqa zaharli moddalardan qonni tozalash, filtr vazifasini bajaradigan eng muhim ichki organ hisoblanadi. U inson organizmidagi eng kata bez bo’lib, protein, yog’ va uglevod almashinuvi bilan bevosita shug’ullanadi. Detoksifikatsiya, qon, ovqat hazm qilish va chiqarilishiga javob beradi. Ushbu organ bo’lmasa inson tanasi ishlamaydi. Shu sababli tabiatni ifloslanishini oldini olish, atrof-muhit salbiy ta’sirlari tufayli organizm zararlanishini oldini olish zarur. Atrof — muhitning antropogen omil ta’sirida ifloslanishi bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu o’z navbatida inson organizmiga jiddiy ta’sir qiladi. Hozirgi kunda tobora avj olgan ifloslanishlar butun dunyoda har hil kasalliklarni keltirib chiqarishda asosiy omil bo’lib kelmoqda. Birgina O’zbekiston misolida qaraydigan bo’lsak, atmosferaning 40 % gacha bo’lgan qismii zaharli gazlar yani avtomobil dvigatellari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tutunlar tashkil etishini guvohi bo’lamiz. Bu tutunlar o’z-o’zida organizmning nafas olish sistemasiga va boshqa organlarga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Buning natijasida turli kasalliklarni vujudga kelishini kuzatishimiz mumkin. O’pka yallig’lanishi, nafas olish kasalliklari, jigar hujayralarining yallig’lanishi. Organizmning bunday zaharli moddalar bilan kurashuvchi organi jigar hisoblanadi.

Odamda Jigar — organizmdagi eng katta bez (vazni 1200—2200 g). Qorin boʻshligʻida, diafragmaning tagida, oʻng qovurgʻalar va qisman chap qovurgʻalar ostida yotadi. Rangi qizgʻish-qoʻngʻir, kattaroq oʻng boʻlagi bilan kichikroq chap boʻlagi bor. Oʻrta qismining pastki yuzasidagi koʻndalang chuqurcha Jigar darvozasi yoki qopqasi deb ataladi. Shu joydan Jigarga arteriya, darvoza venasi, nervlar kiradi va Jigarning oʻt yoʻli, jigar venasi chiqadi. Bu oʻt yoʻli oʻt pufagidan chiqqan yoʻlga qoʻshilib, oʻn ikki barmoq ichakka quyiladigan umumiy oʻt yoʻlini hosil qiladi.
J. organizmning markaziy biokimyoviy lab.si boʻlib, turli-tuman funksiyalarni bajaradi; J. boʻlmasa, odam, hayvon yashay olmaydi. J. bir sutkada 600—700 g oʻt (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm boʻlishida va oziq moddalarning ichakdan qonga soʻrilishida muhim rol oʻynaydi; oqsillar, yogʻlar va uglevodlar almashinuvida qatnashadi; bundan tashqari, moddalar almashinuvida hosil boʻladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya funksiyasini bajaradi. J.ning maxsus yulduzsimon hujayralari fagotsitozga va anti-telolar hosil qilishga qodir. J. qonni yigʻib tura oladi. J. embrional rivojlanishda qon elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi jami qonning 1/5 qismi J. tomirlariga sigʻishi mumkin. Qondagi ortiqcha suv qisman J.da ajralib chiqib, oʻt va limfa hosil boʻlishiga ketadi. J. oʻtni uzluksiz ishlab, oʻzining oʻt yoʻli orqali chiqaradi; oʻn ikki barmoq ichakka oʻt kirishi ovqatlanish vaqtida boshlanib, meʼda ovqatdan boʻshamaguncha davom etadi. Boshqa vaqtda esa umumiy oʻt yoʻlining halqasimon muskuli (sfinkteri) qisqarib, shu yoʻlning teshigini berkitib turadi. J.da hosil boʻladigan oʻt pufagiga kirgach, quyulib qorayadi, chunki undagi suv va qisman boshqa baʼzi moddalar oʻt pufagi devoridan qonga oʻtadi.
Hazm sistemasidan qonga oʻtgan hamma moddalar J.ga kelib, qisman murakkab moddalar tuzilishiga sarf boʻladi, qisman esa parchalanadi. Masalan, qon bilan kelgan amino kislotalardan qon oqsillari (albuminlar, globulinlar va boshqalar) hosil boʻladi, bir qancha moddalar (fruktoza, galaktoza, laktoza, glitserin)dan J.da glyukoza sintezlanadi, bundan esa glikogen vujudga keladi. Glikogen J. hujayralarida zaxirada turadi va organizm koʻproq energiya sarflayotgan vaqtda glyukozaga aylanib, qonga oʻtadi.
J. pigmentlar almashinuvida qatnashadi; unda gemoglobin yemiriladi va bilirubin hosil boʻlib, eriydigan holga keladi. J.da yogʻsimon moddalar (lipoidlar) ishlanib chiqadi va qon bilan boshqa aʼzo, toʻqimalarga borib, moddalar almashinuvida. qatnashadi. J.da xolesterin, protrombin va geparin ham sintezlanadi.
Qon bilan J.ga keladigan moddalardan baʼzilari organizmga zararli boʻlishi mumkin. Shu moddalarni zararsizlantirish, qisman esa oʻt bilan chiqarib yuborish J.ning vazifasidir. Masalan, qoʻrgʻoshin, mishyak va boshqa zaharli moddalar J.da ushlanib qoladi, soʻngra bezarar organik moddalar (koʻpincha oqsil moddalar) shaklida organizmdan chiqib ketadi. Organizmda oqsillar parchalanishidan hosil boʻladigan ammiak, qisman siydik kislota ham J.da mochevinaga aylanib, organizmdan siydik bilan chiqib ketadi (mochevina esa kamroq zaharli va yaxshi eriydigan moddadir).
Organizmda zararli moddalar koʻplab paydo boʻlganda (maye, hazm aʼzolarining surunkali kasalligida, alkogolizmda) J. funksiyalari buziladi, bu esa ogʻir kasalliklarga olib keladi. J. kasalliklaridan oʻtkir va surunkali yalligʻlanish jarayonlari, shuningdek, parazitar kasalliklar uchraydi (qarang Gepatit, Jigar sirrozi, Exinokokkoz)[1].



  1. Yüklə 21,68 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin