Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
22
Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‗z ―Murojaatnomasi‖ (2017 yil)da
Orol va Orolbo‗yi muammolariga to‗xtalib, ‖Orolbo‗yida
ekologik vaziyatni
yaxshilash yuzasidan aniq choralar ko‗rilib, Moliya vazirligi huzurida Orolbo‗yi
mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilganligi va unga 200 milliard so‗mdan
ortiq mablag‘ yo‗naltirilganligi, ana shu mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta‘minoti, turmush sharoiti
yaxshilanayotganini‖
7
qayd etish o‗rinlidir. Shuningdek, ko‗rilayotgan chora-
tadbirlar hozirgi kun uchun yyetarlicha emasligi,
ekologik xavfsizlik, suv va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish doimo e‘tiborimiz markazida turishi zarur
ekanligini ta‘kidladi.
Muhtaram Prezidentimiz o‗z nutqlarida: ―Suv xo‗jaligi vazirligi 2019 yil
davomida mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv
resurslaridan oqilona foydalanish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqishi lozim
ekanligi, hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5
million gektardan ortiq maydonda
Orolqum sahrosi paydo bo‗lib, buning natijasida, har yili 100 million tonna qum
va tuz havoga ko‗tarilayotgani, bu esa Orol halokatining ―Global muammo‖
ekanini
yana bir bor isbotlayotganligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti-
ning Orolbo‗yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‗yicha ko‗p tomonlama
sheriklik asosida ―Trast fondi‖ning tuzilishi o‗zbek diplomatiyasining katta yutug‘i
bo‗lganligi, biz O‗zbekiston tashabbusini qo‗llab-quvvatlagani uchun Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antonio
Guterrish hamda Birlashgan
Millatlar Tashkiloti institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz, Orol
dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o‗rmonlar barpo etishga alohida e‘tibor
bermoqdamiz.
Agar mustaqillik yillarida O‗zbekiston bo‗yicha 1 million 220 ming gektarga
7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
22 dekabr 2017 yil
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
23
yaqin o‗rmonzor yaratilgan bo‗lsa, shundan 400 ming gektardan ortig‘i
aynan
Orolbo‗yi hududida barpo etilgan. Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus
dasturga ko‗ra, Orol dengizining suvsiz hududida kelgusi yilda yana 500 ming
gektar o‗rmonzor barpo etiladi‖
8
– deb ta‘kidladi.
Dostları ilə paylaş: